Yoqutxon Nazarqosimovna Xolbekova – oʻzbekistonlik sportchi. Para yengil atletikaning uzunlikka sakrash (T12) yoʻnalishida jahon chempioni.

Faoliyati Jizzax transport, aloqa kasb-hunar kollejida tahsil olgan. Yengil atletikaning kross, yugurish yoʻnalishlari boʻyicha 2009-yilda boʻlgan „Umid nihollari“, „Barkamol avlod“ sport musobaqalarida, Oʻzbekiston chempionatlari va kuboklarida gʻolib boʻlgan.

2014-yilda BAAning Dubay shahrida oʻtkazilgan paralimpiya gran-pri Xalqaro musobaqasida 2 ta oltin medal olgan. Shu yili Janubiy Koreyada oʻtkazilgan Paraosiyo oʻyinlarida (1500 metr) kumush medal olgan.

2016-yilda Tunisda oʻtkazilgan Xalqaro Brilliant ligada (1500 metr) oltin medal sohibasi boʻlgan. Paraosiyo rekordchisi hisoblanadi.

2018-yil 18-27-yanvar kunlari Olmoniyaning Oberrayd shahridagi xalqaro musobaqada changʻi poygasi boʻyicha 6,28,27-soniya natija bilan 2020-yilgi Paralimpiya oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

2020-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarining para yengil atletika boʻyicha ayollar oʻrtasida T12 klassida uzunlikka sakrash dasturida ishtirok etgan Xolbekova 5,32 metr natija bilan 4-oʻrinni egallagan.

Oʻzbekistonning 34 nafar sportchisi qatorida 17-yozgi Paralimpiya oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan.

2024-yilda Yaponiyaning Kobe shahri mezbonlik qilgan para yengil atletika boʻyicha jahon chempionatida oltin medal olgan.

2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarining para yengil atletika boʻyicha ayollar oʻrtasida T12 klassida uzunlikka sakrash dasturida ishtirok etgan Yoqutxon Xolbekova 3.43 metr natija qayd etgan va musobaqani 9-oʻrinda yakunlagan.

Mukofotlari 2014-yilda Zulfiya nomidagi davlat mukofotini olgan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:21-asrda Oʻzbekiston ayol sportchilari Turkum:Paralimpiyachi ayollar