thumb|276x276px|The Rila monastery Kyustendil provinsiyasi (, trl Oblast Kyustendil) — Bolgariyaning janubi-gʻarbiy qismida joylashgan provinsiya boʻlib, umumiy maydoni 3,084.3 km² (Bolgariya Respublikasi umumiy hududining 2,7 %)ni tashkil qiladi. Kyustendil provinsiyasida istiqomat qiluvchi aholi soni 107,673 kishidan iborathttps://www.nsi.bg/EPDOCS/Census2011final.pdf Census 2011 PDF. Geografiyasi Hudud turli xil relyefgalarga ega boʻlib, tepaliklar va togʻlar bilan ajralib turadigan unumdor vodiylar va kanonlardan tashkil topgan. Kyustendilning shimoli-gʻarbiy qismlari „Kyustendilsko kraishte“ (Kyustendil Cornerland) deb nomlanadigan hududlardan iborat boʻlib, transchegaraviy Milevska, Chudinska, Zemenska va sharqda Konyavska togʻli hududlarini oʻz ichiga oladi. Janubda Kyustendilsko krayshte Dragovishtitsa va Bistritsa daryo vodiylari, shuningdek, Lisets togʻigacha choʻzilgan. Mintaqaning janubiy qismini Kamenitsa, Kyustendil va Dupnitsa pasttekisliklari qamrab olgan Osogovo, Vlaxina va shimoli-gʻarbiy Rila togʻlarini oʻz ichiga oladi.
Provinsiya ikkita kichik tumanga boʻlingan. Gʻarbda Kyustendil va sharqda Dupnitsa hududlari joylashgan. Dupnitsa viloyatida Gorno pole (yuqori maydon), Dolno pole (quyi maydon) va Bolgariya imperatori Samuilning akasi Aronni va uning oilasini oʻldirgan Razmetanitsa hududi mavjud.
Hudud granit, gil va maʼdanlarga boy qazilmalarga ega. Osogovoda polimetall rudalar, Bobov dol konlarida qoʻngʻir koʻmirlar qazib olinadi. Gil konlari Chetirtsi, Yahinovo va Dragovishtitsa qishloqlarida joylashgan. Shuningdek, mintaqa oʻzining koʻplab mineral suv buloqlari bilan tanilgan. Ularga misol qilib Kyustendil, Sapareva banyasi, Nevestino va Chetirtsi qishloqlaridagi issiq mineral suv buloqlari hamda hududda topilgan tabiat moʻjizasi — Stobskiy piramidalari (Stob piramidalari) mavjud.
Kamenichka Skakavitsa qishlogʻi yaqinida joylashgan Golemidol daryosi 70 metr balandlikdagi sharsharani hosil qiladi. Dyakovo, Bersin, Drenov dol va Bagrensidagi sunʼiy toʻgʻonlardan, asosan, sugʻorish maqsadlarida foydalaniladi. Anʼanaviy mevachilik uchun unumdor tuproq tarkibiga ega.
Oʻrmon oʻsimliklarida, asosan, bargli va ignabargli oʻrmonlar mavjud. Gabra qoʻriqxonasida (maydoni: 89,5 metrik gektar) soʻnggi qora qaragʻay daraxtlari mavjud. Boshqaruvi
Kyustendil mintaqasi 182 ta aholi punktiga ega boʻlib, toʻqqizta munitsipalitetni oʻz ichiga oladi. Mintaqaning maʼmuriy markazi Kyustendil shahri hisoblanib, uning janubi-gʻarbiy qismi Kyustendil pasttekisligida joylashgan. Shahar Kyustendil munitsipalitetining maʼmuriy markazi hisoblanadi (uning maydoni 923 km² (356 kvadrat mil), bu mintaqaning umumiy hududining 30,2 foizini tashkil qiladi), aholisi 73 346 kishini tashkil etadi. Ulardan 51 300 nafari shahar hududi aholisini tashkil etadi. Kyustendil orqali toʻrtta asosiy transport yoʻnalishi oʻtadi: Shimoliy Makedoniyadan Skopye - Sofiya shosesi boʻylab, Serbiyadan Niš Bosilegrad Kyustendil shosesi boʻylab; Dupnitsa va Kyustendil orqali asrlar davomida Constantinople va Adriatika dengizini bogʻlaydigan eng qadimgi savdo yoʻli oʻtgan. Kyustendil oʻzining tarixiy, ekologik va madaniy merosini saqlab qolishga muvaffaq boʻlgan. Bu zamonaviy Bolgariya maʼmuriy markazi boʻlib, uning kelajagi asosan madaniy turizmni rivojlantirishda va issiq mineral suv manbalari tomonidan zamonaviy reabilitatsiya kurort markazlarida koʻrinadi.
Ushbu mintaqa hududida milliy bogʻlar mavjud. Oʻrta asrlardagi uylar va omborlar yonidan yashil yoʻllar boʻylab sayohatchilar sayr qilish uchun yoʻlaklar barpo qilingan. Bu maskan toza havoda baliq ovlash uchun moʻljallangan. Munitsipalitetlari
Kyustendil provinsiyasi (viloyati) toʻqqizta munitsipalitetdan iborat. Quyidagi jadvalda har bir munitsipalitetning nomlari, asosiy shahar (qalin) yoki qishloq va 2011-yildagi aholi soni koʻrsatilgan. Mulisipatitet Kirilcha aholi. shahar/qishloq Aholi soni. Boboshevo Boboshevo 3,016 Boboshevo 1,383 Bobov dol Bobov dol 10,266 Bobov dol 6,664 Dupnitsa Dupnitsa 44,988 Dupnitsa 33,519 Kocherinovo Kocherinovo 4,506 Kocherinovo 2,190 Kyustendil Kyustendil 60,681 Kyustendil 44,532 Nevestino Nevestino 2,738 Nevestino 629 Rila Rila 3,424 Rila 2,937 Sapareva banya Sapareva banya 8,165 Sapareva banya 4,326 Treklyano Treklyano 547 Treklyano 226
Demografiyasi
2011-yilgi maʼlumotlarga koʻra Kyustendil viloyatida 135,664 kishi istiqomat qilgan, ularning 48,9 foizi erkaklar va 51,1 foizi ayollar hisoblanadi Population by 01.02.2011 by Area and Sex from Bulgarian National Statistical Institute: Preliminary results of Census 2011.
Etnik guruhlarUmummiy aholisi (2011-yilgi maʼlumotlarga asoslanib):136 686 nafarEtnik gruhlar: (2011-yilgi maʼlumotlarga asoslanib):130,615 nafar
Bulgʻorlar: 121 351 (92,91%) nafar Lo'lilar: 8 305 (6,36%) nafar Boshqalar va noaniq boʻlganlar: 959 (0,73%) nafar
2001-yilgi aholi roʻyxatiga koʻra viloyatdagi etnik guruhlar: Population to 01.03.2001 by District and Ethnic Group from Bulgarian National Statistical Institute: Census 2001 Bulgʻorlar : 152,644 (93.9%) nafar Lo'lilar : 8 305 (6,36%) nafar Boshqalar va noaniq boʻlganlar: 1596 (1%) nafar aholini tashkil etadi
Koʻpchilik loʻlilar Bolgariyaning eng katta loʻlilar konsentratsiyasiga ega boʻlgan viloyat markazi Kyustendil shahri chegarasida yashaydi, u yerda ularning soni 5,179 boʻlib, aholining 12,2 foizini tashkil qiladi. Qolganlarning aksariyati ikkinchi yirik shahar Dupnitsada joylashgan boʻlib, u yerda ularning soni 2,333 kishini tashkil etadi.
Tillari 153,242 bulgʻor tili (94.3%) 7,929 roman tillari (4.9%) 1363 boshqalar va noaniq boʻlganlar (0.8%)
Dini Dinlar
2001-yilgi aholini roʻyxatga olish Diniy eʼtiqodi aholi soni % Pravoslav xristianlar 154 637 Protestantlar 928 Musulmonlar 231 Rim katoliklari 76 Boshqalar 1 013 Noaniqlar 5 649 umumiy 162 534100% Yana qarang Bulgariya provinsiyalari Bolgariya munitsipalitetlari Bolgariyadagi shahar va qishloqlar roʻyxati Kyustendil viloyatidagi qishloqlar roʻyxati
Manbalar
Turkum:Bolgariya Turkum:Bolgariya aholi punktlari Turkum:Bolgariya geografiyasi Turkum:Bolgariya geografiyasiga oid chala maqolalar Turkum:Kyustendil viloyati Turkum:Kyustendil viloyati aholi punktlari Turkum:Kyustendil viloyati qishloqlari Turkum:Kyustendil viloyatidagi aholi punktlar Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari