Mazoviya voyevodaligi yoki Mazoviya provinsiyasi yoki Mazovskaya voyevodaligi yoki Mazoviya viloyatiViloyat nomining „Mazowsze“ nomidan olingan boshqa inglizcha tarjimasi „Mazowsze vodiysi“ yoki „Mazowsze viloyati“ variantlaridir.. (polyakcha: województwo mazowieckie, pl) — Polshaning sharqiy qismida joylashgan, Polsha poytaxti Varshavani oʻz ichiga olgan voyevodalik (viloyat).
Mazoviya voyevodaligi 35,579 kvadrat kilometr (13,737 kv. mil) maydonga ega boʻlib, 2019-yilda aholisi 5,411,446 kishini tashkil etgan va bu uni Polshaning eng katta va eng koʻp aholiga ega viloyatiga aylantiradi. Uning asosiy shaharlari Varshava (1.783 million) Varshava metropoliten markazida, Radom (212,230) janubda, Płock (119,709) gʻarbda, Siedlce (77,990) sharqda va Ostrołęka (52,071) shimolda joylashgan. Voyevodalik jami oltita boshqa viloyatlar bilan chegaradosh: shimolda Varmiya-Mazury, shimoli-sharqda Podlyaska, janubi-sharqda Lyublin, janubda Muqaddas Xoch, janubi-gʻarbda Łódź, va shimoli-gʻarbda Kujawy-Pomorze.
Provinsiya nomi hududning anʼanaviy nomi Mazoviya (Polshada Mazowsze, shuningdek, Masoviya deb ham ataladi) ga borib taqaladi, va u taxminan shu hudud bilan geografik mos keladi. Ammo viloyatning janubiy qismi, jumladan Radom, tarixan Kichik Polshaga tegishli boʻlgan; Lomża shahri esa atrofidagi joylar bilan birga tarixan Mazoviyaning bir qismi boʻlgan boʻlsa ham, hozirda Podlyaska voyevodaligi tarkibiga kiradi.
Mazoviya voyevodaligi Polshaning asosiy fan, tadqiqot, taʼlim, sanoat va infratuzilma markazi hisoblanadi. U Polshaning eng past ishsizlik darajasiga ega va juda yuqori daromadli provinsiyasidir. Bundan tashqari, koʻplab tarixiy yodgorliklar mavjudligi va hududining 20% dan ortiq qismini oʻrmonli maydonlar tashkil qilganligi tufayli sayyohlar orasida mashhur. Provinsiyaning Kampinos milliy bogʻi UNESCO biosfera qoʻriqxonasi hisoblanadi.
Tarixi
Ilk Oʻrta asrlarda bu hududda Mazoviya nomli qadimgi polyak qabilasi yashagan. X asrdan boshlab Polshaning tarkibiga kirgan. Płock 1079-yildan 1138-yilgacha Polshaning mintaqaviy poytaxti boʻlgan. Płockdagi Wzgórze Tumskie ('Sobor tepaligi') – Płock qal’asi va 1075-yilda tashkil topgan Polshaning eng qadimiy yepiskopliklaridan biri boʻlgan katolik sobori joylashgan hudud hisobalanadi. U yerda bir qancha polyak monarxlarining sarkofaglari bor va ushbu hudud Polshaning tarixiy yodgorliklari roʻyxatiga kiritilgan. Keyinchalik, Płock, Varshava va Czersk Piastlar sulolasining oʻrta asrlardagi knyazlik qarorgohi boʻlgan.
1505-yilda Radomda Seym (Polsha parlamenti) sessiyasi boʻlib oʻtgan va unda Nihil novi qonuni qabul qilingan. XVI asrda esa Varshavada bir necha Seym sessiyalari boʻlib oʻtgan. Keyinroq, 1596-yilda qirol Sigismund III Vasa Polsha poytaxtini Krakovdan Varshavaga koʻchirdi.
XVIII asrning oxiridagi Polsha parchalanganidan soʻng bu hudud mustamlaka hukmronligiga qarshi bir necha qoʻzgʻolonlarga guvoh boʻlgan. Bular 1794-yilgi Kościuszko qo‘zg‘oloni, 1830–1831-yillardagi Noyabr qoʻzgʻoloni va 1863–1864-yillardagi Yanvar qoʻzgʻoloni.
Ikki jahon urushi oraligʻida bu hudud qayta tiklangan mustaqil Polsha davatining bir qismi boʻlgan. 1920-yilda bu hudud Sovet Rossiyasi tomonidan bosib olingan. Ammo Polsha Varshava jangidagi gʻalaba tufayli oʻz mustaqilligini saqlab qolgan. Hozirgi kunda viloyatning janubiy qismi tez suratlarda sanoatlashib, Polshaning Markaziy Sanoat mintaqasining bir qismiga aylangan.
Ikkinchi jahon urushi davrida bu hudud Germaniya tomonidan bosib olingan, bosqinchilar bu yerda polyaklar va yahudiylarga nisbatan genotsid siyosatini olib borgan. Hududda aholining majburan koʻchirilishi, tinch aholi va harbiy asirlarning qirgʻinlari amalga oshirilgan. Jumladan bunday qirgʻinlar Ciepielów, Śladów, Zakroczym, Ostrów Mazowiecka, Palmiry, Firlej, Ochota va Wolada sodir etilgan. Germaniya koʻplab qamoqxonalar, majburiy mehnat lagerlari va taxminan 700 000–900 000 odam oʻldirilgan Treblinka qirgʻin lagerini hamda polyak, italyan, fransuz, sovet va ruminiyalik harbiy asirlar uchun bir nechta lagerlarni boshqargan.
Mazoviya viloyati 1999-yil 1-yanvarda, Polshaning 1998-yilda qabul qilingan mahalliy boshqaruv islohoti natijasida, sobiq Varshava, Płock, Ciechanów, Ostrołęka, Siedlce va Radom viloyatlaridan tashkil topgan.
Maʼmuriy boʼlinishi Mazoviya voyevodaligi 42 okrugga boʻlingan, shu jumladan beshta shahar okruglari va 37 ta quruqlik okruglari. Ular 314 ta gmina (munitsipalitet) ga boʻlinadi, ular 85 ta shahar gminasini oʻz ichiga oladi.
Pastdagi jadvalda belgilangan okruglar raqamlar bilan tasvirlangan. Xaritadagi raqamInglizcha va polyakcha nomlariHududiAholisiMarkaziBoshqa shaharlariBarcha griminalariShahar okruglar 1 VarshavaWarszawa 1,783,3211 (2) Ostrołęka52,0711 (3) Płock 119,7091 (4) Radom 212,2301 (5) Siedlce77,9901Qishloq okruglari 2Ostrołęka okrugipowiat ostrołęcki 88,717Ostrołęka *Myszyniec113Płock okrugipowiat płocki110,987Płock *Gąbin, Drobin, Wyszogród, Bodzanów15 4Radom okrugipowiat radomski 152,190Radom *Pionki, Iłża, Skaryszew, Jedlnia-Letnisko, Przytyk13 5Siedlce okrugipowiat siedlecki81,265Siedlce *Mordy13 6Żuromin okrugipowiat żuromiński38,688ŻurominBieżuń, Lubowidz6 7Mława okrugipowiat mławski 72,906Mława10 8Przasnysz okrugipowiat przasnyski 52,676PrzasnyszChorzele7 9Ciechanów okrugipowiat ciechanowski 89,460CiechanówGlinojeck9 10Sierpc okrugipowiat sierpecki 52,077Sierpc7 11Maków okrugipowiat makowski 45,076Maków MazowieckiRóżan10 12Ostrów Mazowiecka okrugipowiat ostrowski 72,558Ostrów MazowieckaBrok11 13Płońsk okrugipowiat płoński 87,183PłońskRaciąż, Sochocin, Nowe Miasto, Czerwińsk nad Wisłą12 14Pułtusk okrugipowiat pułtuski 51,862Pułtusk7 15Wyszków okrugipowiat wyszkowski 74,094Wyszków6 16Gostynin okrugipowiat gostyniński 45,060GostyninSanniki5 17Nowy Dwór okrugipowiat nowodworski 79,256Nowy Dwór MazowieckiNasielsk, Zakroczym6 18Legionowo okrugipowiat legionowski 117,751LegionowoSerock5 19Wołomin okrugipowiat wołomiński 247,288WołominZąbki, Marki, Kobyłka, Zielonka, Radzymin, Tłuszcz, Jadów12 20Węgrów okrugipowiat węgrowski66,037WęgrówŁochów9 21Sokołów okrugipowiat sokołowski 53,992Sokołów PodlaskiKosów Lacki9 22Sochaczew okrugipowiat sochaczewski 85,024Sochaczew8 23Warsaw West okrugipowiat warszawski zachodni117,783Ożarów MazowieckiŁomianki, Błonie7 24Mińsk okrugipowiat miński 154,054Mińsk MazowieckiSulejówek, Halinów, Kałuszyn, Mrozy, Siennica, Cegłów, Dobre, Latowicz13 25Łosice okrugipowiat łosicki 30,895Łosice6 26Żyrardów okrugipowiat żyrardowski 75,787ŻyrardówMszczonów, Wiskitki5 27Grodzisk Mazowiecki okrugipowiat grodziski 94,962Grodzisk MazowieckiMilanówek, Podkowa Leśna6 28Pruszków okrugipowiat pruszkowski 165,039PruszkówPiastów, Brwinów6 29Piaseczno okrugipowiat piaseczyński 186,460PiasecznoKonstancin-Jeziorna, Góra Kalwaria, Tarczyn6 30Otwock okrugipowiat otwocki 124,241OtwockJózefów, Karczew, Osieck8 31Grójec okrugipowiat grójecki 98,334GrójecWarka, Nowe Miasto nad Pilicą, Mogielnica10 32Garwolin okrugipowiat garwoliński 108,909GarwolinŁaskarzew, Pilawa, Żelechów, Maciejowice14 33Białobrzegi okrugipowiat białobrzeski 33,524BiałobrzegiWyśmierzyce6 34Kozienice okrugipowiat kozienicki 60,253KozieniceMagnuszew, Głowaczów7 35Przysucha okrugipowiat przysuski41,721PrzysuchaOdrzywół, Gielniów8 36Zwoleń okrugipowiat zwoleński 36,222Zwoleń5 37Szydłowiec okrugipowiat szydłowiecki39,766SzydłowiecJastrząb5 38Lipsko okrugipowiat lipski 34,028LipskoSolec nad Wisłą, Sienno, Ciepielów6* seat not part of the county
Shaharlar va kichik shaharchalar Voyevodalik 10ta shahar va 78ta shaharchani oʻz ichiga oladi. Pastda ular aholi sonining kamayish tartibida keltirilgan (2019-yilgi rasmiy maʼlumotlarga koʻra):
Siyosati
Mazoviya voyevodaligi hukumatini Polsha Bosh vaziri tomonidan tayinlanadigan provinsiya voyevodi (gubernatori) boshqaradi. Keyin voyevodga oʻz vazifalarini bajarishda voyevodalikning marshali yordam beradi, u voyevodeylik ijroiya organi uchun tayinlangan maʼruzachi boʻlib, sejmik (provinsiya majlisi) tomonidan saylanadi. Mazoviyaning hozirgi voyevodi Konstanty Radziwiłł hisoblanadi.
Mazoviya Sejmi 51 aʼzodan iborat.
Voyevodlar Muddat boshlanishiMuddat tugashiVoyevodPartiyaBoshqa yuqori lavozimlari1999-yil 1-yanvar2001-yil 20-oktyabrAntoni PietkiewiczAWSVoivode of Kalisz (1990–1991)2001-yil 21-oktyabr2006-yil 10-yanvarLeszek MizielińskiSLDMasovian vice-marshal (1998–2001)2006-yil 10-yanvar2007-yil 17-yanvarTomasz KozińskiPiSMayor of Praga-Południe (2002–2006)2007-yil 18-yanvar2007-yil 1-fevralWojciech DąbrowskiPiSMayor of Żoliborz (2004–2006)2007-yil 15-fevral2007-yil 29-noyabrJacek SasinPiSDeputy PM (since 2019), MP (since 2011)2007-yil 29-noyabr2015-yil 8-dekabrJacek KozłowskiPOVice-Chairman of Poland 20502015-yil 8-dekabr2019-yil 11-noyabrZdzisław SipieraPiSMayor of Wola (2005–2006), MP (2019–2023)2019-yil 25-noyabr2023-yil 31-martKonstanty RadziwiłłPiSMinister of Health (2015–2018), MP (2015–2019)2023-yil 31-mart2023-yil 13-dekabrTobiasz BocheńskiPiSŁódź Voivode (2019-2023)2023-yil 13-dekabrAmaldaMariusz FrankowskiPOMarshallik mahkamasida Mazoviya Voyevodaligi strategiyasi va mintaqaviy rivojlanish boʻyicha direktor oʻrinbosari (2007-2011) Varshava shahar kengashi raisi (2018-2023)
Qoʻriqlanadigan hududlar
Qoʻriqlanadigan hududlarga bir Milliy Bogʻ va toʻqqizta landshaft bogʻlari kiradi. Ular quyida keltirilgan:
Kampinos milliy bogʻi (UNESCO tomonidan biosfera qoʻriqxonasi deb belgilangan)
Bolimów landshaft bogʻi (qisman Łódź voyevodaligida joylashgan)
Brudzeń landshaft bogʻi
Bug landshaft bogʻi
Chojnów landshaft bogʻi
Górzno-Lidzbark landshaft bogʻi (qisman Kuyaviya-Pomeraniya va Varmiya-Mazuriya voyevodaliklarida joylashgan)
Gostynin-Włocławek landshaft bogʻi (qisman Kuyaviya-Pomeraniya voyevodaligida joylashgan)
Kozienice landshaft bogʻi
Mazoviya landshaft bogʻi
Podlaskie Bug daryosi darasi landshaft bogʻi (qisman Lublin voyevodaligida joylashgan)
Tarixiy shakllanishi
Mazoviya voyevodaligi (1526–1795) Mazoviya voyevodaligi, 1526–1795-yillarda (polyakcha: Województwo Mazowieckie) Polsha Qirolligi va Polsha-Litva Hamdoʻstligining maʼmuriy hududi boʻlgan. XV asrdan Polsha-Litva Hamdoʻstligi parchalanishigacha (1795) mavjud boʻlgan. Mazoviya viloyati Płock va Rava voyevodaligi bilan birgalikda Mazoviya provinsiyasini (prowincja) tashkil qilgan.
Mazoviya voyevodaligi (1816–1837) Mazoviya voyevodaligi Kongress Polshasining voyevodaliklaridan biri boʻlgan. U Varshava departamentidan tashkil topgan va keyinchalik Mazoviya gubernatorligiga aylantirilgan.
Transport vositalari
Uchta yirik xalqaro avtomobil yoʻli voyevodalik orqali oʻtadi: Kork–Berlin–Poznan–Varshava–Minsk–Moskva–Omsk (Yevropa yo'li E30), Praga–Vrotslav–Varshava–Bialystok–Helsinki (E67) va Pskov–Gdansk–Varshava–Krakov–Budapesht (E77).
Hozirda hududda avtomagistral mavjud boʻlib, A2 avtomagistrali mintaqani, shu bilan birga poytaxtni, Yevropaning qolgan qismi bilan bogʻlaydi. Ushbu avtomagistral voyevodalik orqali gʻarbdan sharqqa oʻtib, uni Belarus va Germaniya bilan bogʻlaydi. Biroq, Polshani Belarus bilan bogʻlash uchun Varshavaning sharqiy qismida A2 hali qurilmagan. S7 tezkor yoʻli Polshaning shimolidan janubga oʻtib, Varshava orqali oʻtadi, S8 esa Varshavani qoʻshni shimoliy-sharqiy viloyatdagi Bialystok bilan bogʻlaydi, shuningdek, u Litvagacha boradigan Via Baltica yoʻlining bir qismini tashkil etadi va janubi-gʻarbdagi Vrotslavga ham olib boradi. S17 esa Varshavani janubi-sharqda joylashgan Lublin bilan va undan keyin Ukrainaga bogʻlash uchun qurilmoqda.
Mintaqada faoliyat yurituvchi ikki asosiy temir yoʻl tashuvchisi – mintaqaviy Koleje Mazowieckie va milliy PKP Intercity. Polshadagi eng band oʻnta temir yoʻl stansiyasidan uchtasi voyevodalikda joylashgan: Warszawa Centralna, Warszawa Wschodnia, Warszawa Zachodnia.
Mintaqadagi asosiy xalqaro aeroport bu Varshava Frederik Shopin aeroporti hisoblanadi.
Iqtisodiyoti