Ruben (, Standard Rəʾūven, Tiberian Rŭʾūḇēn) Yoqubning ayoli Leaxning olti oʻgʻlining tongʻichi boʻlgan. Ibtido kitobiga koʻra u (Yoqubning katta oʻgʻli) Isroilning Ruben qabilasi asoschisi hisoblanadi.
Bibliyadagi manbalarda Ibtido kitobida Ruben haqida qisqacha maʼlumot yozilgan. U otasining kanizagi va oʻzining oʻgay onasi Bilxa bilan jinsiy aloqada boʻlgani haqida soʻz boradi. Oʻlim toʻshagida yotgan Yoqub Rubenga „Bundan keyin aslo ustun boʻlmaysan. Otangning yotogʻiga sen kirding, Toʻshagimga chiqib uni bulgʻading“, – degan. Rubenning bu xatti-harakati Yoqubni gʻazablantirgan edi. Rubenning oilasi Ibtido 46:9 ga koʻra, Rubenning toʻrtta oʻgʻli boʻlgan: Xanoʻx, Palluv, Xazron va Karmi. Yoshua 15:6 ga koʻra, Ruben oʻgʻli Boxanning toshi Yahudo qabilasiga ajratilgan yerning chegarasi boʻylab nuqtani belgilab qoʻygan. Manbalar
Turkum:Yoqubning farzandlari