“Zarapetyan koʻchasi” – Navoiy shahrining markazida joylashgan koʻchalardan biri. Koʻcha Navoiy shahrining janubida, “Zarafshon” mahallasida joylashgan boʻlib, sovet davri quruvchisi Zarap Zarapetyan sharafiga shunday nomlangan.

Joylashuvi “Zarapetyan koʻchasi” “Oʻzbekiston” hamda “Tolstoy” koʻchasining kesishmasida joylashgan.

Korxona va tashkilotlar “Zarapetyan koʻchasi”da “Beeline” kompaniyasining Navoiy filiali, Bulungʻur savdo ishlab chiqarish korxonasi, Muruntou savdo ishlab chiqarish korxonasi, Navoiy viloyati qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi, Qizilqum futbol klubi, Sogdiana sport majmuasi kabi korxona va tashkilot binolari joylashgan.

Tanqidlar Koʻcha nomi eski sovet davridan qolgani va arman millatiga mansub shaxs sharafiga nomlangani sababli ham baʼzan tanqidlar markazida boʻlib turadi.

Manbalar

Turkum:Navoiy shahridagi koʻchalar