Elisabeth Osterwalder – shveysariyalik togʻ changʻisi bilan shugʻullanuvchi paralimpiya sportchisi. U 1984-yilgi Qishki Paralimpiya oʻyinlarida Shveysariya shaʼnini himoya qilgan. Elisabeth jami yettita medalni qoʻlga kiritgan.

Faoliyati Elisabeth Osterwalder 1976-yilda Örnsköldsvik shahrida boʻlib oʻtgan Qishki Paralimpiya oʻyinlarida gigant slalom IV A yoʻnalishi boʻyicha qatnashib, 3:02:07 vaqt natijasi bilan oltin medalni qoʻlga kiritgan.

Elisabeth Osterwalder 1980-yilda Geylo shahrida boʻlib oʻtgan Qishki Paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan. U gigant slalom 2B yoʻnalishida 3:39:11 va slalom 2B yoʻnalishida 2:07:16 vaqt natijalari bilan oltin medallarni qoʻlga kiritgan.

Elisabeth Osterwalder 1984-yilda Insbrukda boʻlib oʻtgan Qishki Paralimpiya oʻyinlarida ham ishtirok etgan. LW4 superkombinatsiyalangan poygada kumush medalni qoʻlga kiritgan (7’08" 33) va ayollar oʻrtasidagi LW4 da toʻrtinchi oʻrinni egallagan.

Shuningdek, Elisabeth Osterwalder 1980-yilda Arnxemda boʻlib oʻtgan yozgi Paralimpiya oʻyinlarida yengil atletika boʻyicha Paralimpiya musobaqalarida qatnashgan, yadro uloqtirish boʻyicha C1 (6,01 m) yoʻnalishida oltin medal, C1 nayza uloqtirishda kumush medal (natija 14,94 m) va C1 disk uloqtirish bahslarida bronza (natija 14,02 m) medallarga sazovor boʻlgan. Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Shveysariyalik ayol togʻ changʻichilari Turkum:Shveysariyalik ayol sportchila Turkum:Shveysariyalik ayol nayza uloqtiruvchilar Turkum:Shveysariyalik ayol yadro uloqtiruvchila