Magda Amo Rius (1973-yil 23-iyulda Barselonada tugʻilgan) – yengil atletikachi va Ispaniyalik togʻ changʻi sporti bilan shugʻullanuvchi paralimpiya sportchisi. Uning koʻzlari koʻrmaydi. Magda Amo Rius B2 tipidagi changʻichi. U 1992-yilgi Qishki Paralimpiya oʻyinlarida qatnashib, gigant slalom poygasida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Magda Amo Rius 1994-yilgi Qishki Paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan va pastga tushish poygasida kumush medalni qoʻlga kiritgan. U 1996-yil yozgi Paralimpiya oʻyinlarida ham qatnashgan. Magda Amo Rius uzunlikka sakrash bahslarida eng uzoq masofaga sakragan. U 1998-yilgi Qishki Paralimpiya oʻyinlarida togʻ changʻisi yoʻnalishida ishtirok etgan va Gigant, Super Gigant, Slalom va pastga tushish poygalarida oltin medalni qoʻlga kiritgan. Manbalar
Turkum:1973-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ispaniyalik ayol Turkum:Ispaniyalik ayol paralimpiyachila Turkum:Ispaniyalik ayol togʻ changʻichilari Turkum:Barselonalik sportchilar