Sayfiddin Gaziyevich Irmatov – 1953-yil 22-fevralda Toshkent shahrida tavallud topgan. Yoshlik davrida „Paxtakor“, „Spartak“ va „Avtomobilchi“ jamoalarida toʻp surgan. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti. Karyerasi Sayfiddin Irmatov yoshlik davrida „Paxtakor“, „Spartak“ va „Avtomobilchi“ jamoalarida top surgan. Shundan soʻng „Paxtakor“ bolalar-oʻsmirlar sport maktabi va futbol boʻyicha Respublika Oliy sport mahorati maktabida yoshlarga futbol boʻyicha saboq bergan. Keyinchalik futbolda hakam sifatida ham faoliyat olib borgan. 2022-yilda „Oʻzbekiston sport faxriysi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.

Vafoti Sayfiddin Irmatov 2024-yil 14-avgustda vafot etgan.

Yana qarang Ravshan Irmatov

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistonda vafot etganlar Turkum:Oʻzbekistonlik futbol hakamlari Turkum:Toshkent sport kishilari