Ryuju Nagayama (, 15-aprel 1996-yil) – yapon dzyudochisi, 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining bronza medali sovrindori, dzyudo boʻyicha Yaponiya chempionatlari chempioni va sovrindori, Jahon chempionati sovrindori, 2022-yilgi Osiyo chempioni.

Karyerasi 2011-yilda Nagayama kadetlar oʻrtasidagi Yaponiya hamda jahon chempionatida gʻolib chiqqan. 2012-yilda kumush medal sohibi, 2013- va 2015-yillarda esa oʻsmirlar oʻrtasidagi Yaponiya chempionatida gʻolib chiqdi. 2012-yilda oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida eng yuqori pogʻonaga koʻtarilgan. 2016-yilda bronza medali sohibi, 2017—2018-yillarda esa kattalar oʻrtasida Yaponiya chempioni boʻlgan. 2018-yilda jahon chempionatining bronza medali sohibi boʻlgan. Nagayama nufuzli xalqaro turnirlarning koʻp karra gʻolibi va sovrindori.

Tokioda boʻlib oʻtgan 2019-yilgi jahon chempionatida Nagayama uchinchi oʻrin uchun kurashda hamyurti Naohisa Takatoni yengib, bronza medalini qoʻlga kiritdi.

2024-yilda Parijda boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida Nagayama uchinchi oʻrin uchun kurashda turkiyalik sportchi Solih Yildizni magʻlub etib, bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Manbalar

Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi dzyudochilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1996-yilda tugʻilganlar Turkum:15-aprelda tugʻilganlar