Mequitta Ahuja (1976-yil) – Maryland shtatining Baltimor shahrida yashovchi, kelib chiqishi afro-amerikalik va janubiy osiyolik boʻlgan zamonaviy amerikalik feminist rassom. Ahuja afsona va qahramonlik mavzularini oʻziga xoslik bilan uygʻunlashtirgan avtoportret asarlarini yaratadi.

Hayotining dastlabki davri

Mequitta Ahuja Michigan shtatining Grand Rapids shahrida tugʻilgan. Otasi hindistonlik va onasi afro-amerikalik boʻlgan. Ahuja Konnektikutda oq tanlilar jamiyatida oʻsgan va afro-amerikalik jamoalarining madaniyati bilan kam aloqada boʻlgan. Uning shu muhitda tarbiyalanishi ijodida umumiy mavzudir.

Ahuja 1998-yilda Massachusets shtati Amherst shahridagi Hampshire kollejida bakalavr darajasini va 2003-yilda Chikagodagi Illinoys universitetida magistr darajasini oldi. Illinoys universitetida unga rassom Kerri James Marshall ustozlik qildi.

Faoliyati 2007-yilda Nyu-York shahridagi Ahujaning debyut koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi. Ahuja sanʼati avtoportret texnikasi orqali irq, jins va oʻziga xoslik kabi masalalarning ijtimoiy qurilishini oʻrganadi. Oʻz rasmlarini yaratish uchun Ahuja ijro, fotografiya va rasm chizishni oʻz ichiga olgan uch bosqichli jarayonga tayanadi. Ahuja kostyumlar, rekvizitlar va pozalarni oʻz ichiga olgan bir qator koʻrinishlarni ishlab chiqishdan boshlaydi.

Ahuja oʻzining rasmlarini feministik ekanligini takidlaydi. Oʻz ishlarida qatʼiy ayol obrazi mavjudligiga ishora qiladi va shaxsiyat masalalarini koʻrib chiqishda tez-tez afro-amerikalik va janubiy osiyolik ildizlariga murojaat qiladi. Ahujaning asarlari Amerika Qoʻshma Shtatlari, shuningdek, Parij, Bryussel, Berlin, Hindiston, Dubay va Milanda namoyish etilgan. 2010-yilda Ahuja ARTnewsning fevral sonida „Tomosha qilish kerak boʻlgan rassom“ sifatida tanilgan va yillar davomida u oʻz sanʼati uchun koʻplab mukofotlar, jumladan 2011 yilda Tiffany Foundation mukofoti va 2009 yilda Joan Mitchell Grant sovrindori tilga olinadi. 2018-yilda u Guggenheim memorial jamgʻarmasining Guggenheim stipendiyasiga sazovor boʻldi.

Manbalar

Havolalar

https://www.theparisreview.org/blog/2018/06/11/notations/ http://www.tiwani.co.uk/artists/mequitta-ahuja-tiwani-contemporary/