Red Shoes (koreyscha: 빨강 구두) – Choi Myung-gil, So Yi-hyun va Park Yoon-jae ishtirok etgan 2021-yilgi Janubiy Koreya teleseriali. Serial rejissyor Park Gi Xyon va Xvan Sun Yon tomonidan suratga olingan. Voqealar rivoji sevgi va muvaffaqiyat izlab otasi va ukasini tashlab ketgan yuraksiz onasidan qasos olmoqchi boʻlgan qiz haqida hikoya qiladi. Ushbu dramaning premyerasi KBS2 telekanalida 5-iyul kuni boʻlib oʻtdi va 2021-yil 10-dekabrgacha har ish kuni soat 19:50 da (Janubiy Koreya vaqti bilan) efirga uzatildi.

Syujeti Serial voqealari sevgi va muvaffaqiyat izlab otasi va akasini tashlab ketgan yuraksiz onasidan qasos olishga qattiq ishtiyoqi bor Kim Jem-ma atrofida sodir boʻladi.

Choy Myon Gil birinchi muhabbati bilan turmush qurganidan keyin oilasini tashlab ketgan Kim Jem-Maning sovuq yurakli onasi Min Xi Kyonni rolini ijro etadi. Kim Jem-ma otasining oʻlimi bilan bogʻliq sirlarni aniqlashga va qasos olishga intiladi. Yun Gi Sok xotinining xiyonati tufayli sevgiga ishonmaydi, lekin Kim Jem-mani sevib qoladi. Yun Xyon Seok esa Yun Gi Seokning kenja ukasi boʻlib, u erkin qalb sohibi hamda oʻta jozibali bola boʻladi.

Serialning nomini yozuvchi Xvan Sun Yon quyidagicha izohlaydi: "Bosh qahramon ayol eri tomonidan uyidan haydalgan kuni yoshligida bir yigit sovgʻa qilgan „qizil tufli“ni kiyib chiqdi. Qiziga qoldirgan soʻnggi sovgʻasi esa oʻsha „qizil tufli“ning bogʻichi boʻladi. „Qizil tufli“ ona uchun „umid“ boʻlsa, qiz uchun „qasos“ boʻladi".

Rollarda Choi Myung-gil – Min Hee-kyeong rolida So Yi-hyun – Kim Jem-ma rolida Park Yoon-jae – Yoon Gi-seok rolida Shin Jung-yoon – Yoon Hyeon-seok rolida Jung Yoo-min – Kwon Hye-bin rolida

Ishlab chiqarilishi Translatsiyasi So Yi Xyun 2021-yilning may oyida qasos olish seriyasida ishtirok etishi tasdiqlangan. U oxirgi marta 2016-yilda KBS telekanalining „Ayollar sirlari“ dramasida koʻrinish bergan edi. Bu uning besh yildan keyingi qaytishi boʻldi. 18-may kuni KBS studiyasida ssenariy oʻqish sessiyasi boʻlib oʻtdi. Ssenariy muallifi hisoblangan Xvang Soon-Young ushbu dramagacha uchta drama, 2013-yil „Ruby Ring“, 2014-yil „Two Mothers“ va 2015-yil „The Great Wives“ serialini yozgan edi. Jung Yoo Min va Park Gi Xyonni film rejissyorligida uchinchi marta birga ishlashlari edi. Ularning oldingi ikkita seriyasi: „Unasked Family“ (2019) va „My Lilac“ (2020) boʻlgan. Birinchi umumiy skript oʻqish sessiyasi 14-iyunda boʻlib oʻtdi. Suratga olinishi 16-iyun kuni KBS telekanali filmni suratga olish jarayonlaridan ilk kadrlarni chiqardi. 19-avgust kuni esa teleserial suratga olish joyidan COVID-19 bilan kasallanishning tasdiqlangan holati haqida xabar berildi. Oʻsha odam bilan aloqada boʻlgan aktyor esa karantinga yuborildi.

Mukofotlari Yil Mukofot Turkum Mukofotni yutgan shaxs Natija Manba2021-yilKBS Drama AwardsKundalik dramadagi eng yaxshi aktrisa So Yi-hyun Choi Myung-gil Eng yaxshi aktrisa Kundalik dramadagi eng yaxshi aktyor Sunwoo Jae-duk 2022-yilAPAN Star Awards Seriallardagi eng yaxshi aktrisaChoi Myung-gil Seriallardagi eng yaxshi aktrisaSo Yi-hyun

Manbalar