Mabel Ida Albertson (1901-yil 24-iyul – 1982-yil 28-sentyabr) – amerikalik televideniye, sahna, radio va kino aktrisasi. „Bewitched“ teleserialida Phyllis Stephens obrazini gavdalantirgan.

Hayoti Meybel Ida Albertson 1901-yil 24-iyulda Massachusets shtatining Haverhill shahrida, Rossiyadan kelgan yahudiy muhojirlar boʻlgan Flora va Leopold Albertsonlar oilasida tugʻilgan. Uning ukasi aktyor Jack Albertson boʻlib u „Willy Wonka & the Chocolate Factory“ filmida Joe buva rolini ijro etgan. Ularning onasi aktrisa boʻlgan. Otasi esa poyabzal fabrikasida ishlab, oilasini boqqan.

Albertson shou-biznesdagi karyerasini 13 yoshida boshlagan. Oʻshanda u pianino chalish orqali har bir spektakldagi ijrosi uchun 5 dollardan gonnarar olgan. Keyinchalik, Kaliforniyaga koʻchib oʻtgan va Pasadena Playhouse teatrida ijod bilan shugʻullangan.

Mabel Albertson 81 yoshida altsgeymer kasalligidan vafot etgan. Uning jasadi olovda yoqilgan va kuli Tinch okeaniga sochilgan.

Karyerasi Albertson odatda ikkinchi darajali komediya rollarni ijro etgan. Koʻpincha bemaʼni yoki eksantrik keksa ayol yoki bosh qahramonning haddan tashqari himoyalangan qaynonasi sifatida koʻrinish bergan. Buning eng yorqin misoli „Hexe“ filmidagi Elizabet Montgomerining nevrotik qaynonasi roli hisoblanadi. Boshqa teleseriallarda u bosh qahramonlar Tom Ewell va Dick Van Dykening onalarini oʻynagan. Uning boshqa taniqli kino rollari orasida Robert Redford va Jeyn Fonda bilan birga „Barefoot in the Park“ filmidagi Garriet xola (1967) va „Whatʼs Up, Doc?“ (1972) filmidagi Barbra Streisand va Rayan OʻNeal bilan birgalikda ijro etgan rollari ham bor. Albertson 1970-yillarning oʻrtalaridan boshlab aktrisalikdan uzoqlasha boshlagan.

Filmografiyasi Yil Film Rol Qoʻshimcha1928-yil Gang War Prologuedagi jurnalist 1939-yil Mutiny on the Blackhawk Widow 1952-yil About Face Carter Akkreditatsiya qilinmagan1952-yil My Pal Gus Frisbee Akkreditatsiya qilinmagan1953-yil Adventures of Superman Kate White 1953-yil She's Back on Broadway Velma Trumbull 1953-yil So This Is Love Mary Garden 1954-yil About Mrs. Leslie Sims 1954-yil Black Widow Sylvia Akkreditatsiya qilinmagan1955-yil Ma and Pa Kettle at Waikiki Teresa Andrews 1955-yil The Cobweb Regina Mitchell-Smyth 1956-yil Ransom! Partridge 1956-yil Forever, Darling Society Reporter 1957-yil Four Girls in Town Conway 1957-yil Man Afraid Maggie 1958-yil The Female Animal Irma Jones 1958-yil The Long, Hot Summer Elizabeth Stewart 1958-yil Home Before Dark Inez Winthrop 1959-yil The Hangman Amy Hopkins 1959-yil Donʼt Give Up the Ship Trabert 1959-yil The Gazebo Chandler 1959-yil Have Gun Will Travel Madame Chalon 1960-yil All the Fine Young Cannibals McDowall 1961-yil All in a Nightʼs Work Kingsley Sr 1962-yil Period of Adjustment Alice McGill 1966-yil A Fine Madness Chairwoman 1967-yil Daniel Boone Abigail Adam 1967-yil Barefoot in the Park Harriet 1970-yil On a Clear Day You Can See Forever Hatch 1972-yil Whatʼs Up, Doc? Van Hoskins

Manbalar

Havolalar

Mabel Albertson scrapbook, 1933-1939, held by the Billy Rose Theatre Division, New York Public Library for the Performing Arts

Turkum:Amerikalik aktrisalar