Jacqueline Lourdes Corrales Blanco-Davao (1964-yil 11-fevral; Cebu, Filippin) – filippinlik aktrisa, aerobika boʻyicha oʻqituvchi. 1980—1990-yillarda turli xil janrlarda suratga olingan „Hihintayin Kita sa Langit“ (1991), „Si Aida, Si Lorna, o Si Fe“ (1989), „Misis Mo, Misis Ko“ (1988) va „Palabra de Honor“ (1983) kabi filmlarda bosh rollarni ijro etib, mashhurlikka erishgan.

Karyerasi Blanco 1982-yildan boshlab 1986-yilda shou bekor qilinguniga qadar „Student Canteen“ shousining peshin vaqtida efirga uzatiladigan sonlarida boshlovchilik qilgan. Shuningdek, u xuddi shu shou efirga uzatiladigan tarmoqdagi yakshanba kungi „GMA Supershowi“ musiqiy shousida ham muntazam ishtirok etib borgan. 1999-yilda „Saan Ka Man Naroroon“ drama seriyasida bosh antagonist rolini oʻynaganidan keyin ancha mashhur boʻlib ketgan. Uning televizion chiqishlari orasida 2008-yildan 2016-yilgacha efirga uzatilgan „Valang Tulugan“ shousi ham mavjud. „Vampire ang Daddy Ko“ sitkomida esa Blanco va uning onasi Pilita Corrales Sonya Venturaning qari hamda yosh versiyalari rolini oʻynashgan.

Blanco 2007-yil iyun oyida Filippin universitetining sanʼat assotsiatsiyasi yoʻnalishiga oʻqishga kirgan. Oʻsha vaqtlarda u The Philippine Star gazetasida maqola yozib yurar edi.

2000-yillardan beri u asosan dramalarda rol ijro etib keladi.

Shaxsiy hayoti Blanco mashhur qoʻshiqchi va aktrisa Pilita Korralesning qizi hisoblanadi. Uning Ramon Christopher Gutierrez ismli akasi ham bor.

Blanco 1989-yilda filippinlik aktyor Ricky Davaoga turmushga chiqqan. 2023-yilga kelib esa ular ajralishganligini eʼlon qilishgan. Ularning uchta farzandi bor.

Filmografiyasi Yil Film Rol Rol turi Ishlab chiqaruvchi kompaniya Manba(lar) 1982-yil My Only Love Trixie Bosh rol Viva Films 1987-yil |Kung Aagawin Mo ang Lahat sa Akin Gladys Andrada 1988-yilMisis Mo, Misis KoCynthia VillanuevaBosh rol Isusumbong Kita sa DiyosSEIKO Films 1991-yil Hihintayin Kita sa Langit Sandra Bosh rol Reyna Films 1996-yil Magic Temple Ravenal Star Cinema 2007-yil Ouija Raquel, Ruth’s mother Bosh rol GMA FilmsViva Films 2010-yil |Working Girls Maura Abesamis Ikkinchi darajali rol Viva FilmsGMA FilmsUnitel Pictures Shake, Rattle and Roll 12: Mamanyika Gail Bosh rol Regal Entertainment, Inc.Regal Multimedia, Inc. 2012-yil A Secret Affair Catelyn „Cate“ Montinola Ikkinchi darajali rol Viva Films 2013-yil Alfredo S. Lim (The Untold Story) Mother Superior Ikkinchi darajali rol CM FilmsViva Films My Lady Boss Diana GMA Films Regal Films 2014-yil Trophy Wife Sally Viva Films 2015-yil Your Place or Mine? Amanda Saavedra Para sa Hopeless Romantic Nikkoʻs mother Star Cinema Viva Films Chain Mail Tessie Bosh rol Viva Films 2016-yil Bob Ongʻs Lumayo Ka Nga Sa Akin: Asawa ni Marie Señorita Onor Ikkinchi darajali rol

Manbalar

Havolalar

Turkum:Filippinlik aktrisalar