Cynthia Turner (1932-yil, Valletta – 1-fevral 2021-yil, Msida) – maltalik ayol pianinochi. U Maltaning eng mashhur pianinochisi va mashhur musiqachilaridan biri boʻlgan.
Cynthia Turner 1967-yil 15-noyabrda, Manoel teatridagi qirollik spektaklida qirolicha Elizabeth II uchun pianinoda musiqa ijro etgan.
Cynthia Turner Malta, Italiya, Fransiya, Germaniya va Misr sahnalari, kabel radiosi, radio va televideniyeda pioninoda musiqa ijro etish orqali chiqish qilgan.
Cynthia Turner bir nechta mukofotlarga sazovor boʻlgan. U L’Order des Palmes Académiques chevalier dans (Akademik qoʻllar ordeni) bilan taqdirlangan va Londondagi Qirollik musiqa akademiyasining aʼzosiga aylangan.
1987-yilda Malta ayollar milliy kengashi Bice Mizzi Vassallo musiqa tanlovini tashkil qilgan vaqtda, Cynthia Turner tashkiliy qoʻmita aʼzosi boʻlgan va tanlovning barcha mavsumlari uchun hakamlar hay’atiga raislik qilgan.
2004-yilda Cynthia Turner Malta davlatining eng yuqori darajali mukofotlaridan biri boʻlgan, Milliy xizmatlari uchun ordeni bilan taqdirlangan.
Shaxsiy hayoti Cynthia Turner 1932-yilda Valetta shahrida tugʻilgan. U Muqaddas Yurak monastiri maktabiga tahsil olgan. U Anthony Caruana bilan turmush qurgan. Cynthia Turner va Anthony Caruananing ikki nafar oʻgʻli bor: Nicholas va Christopher. Shuningdek, Cynthia Turnerning besh nafar nabirasi ham bor, ularning ismlari Paul, Philip, James, Michael va Mischka.
Vafoti Cynthia Turner Maltadagi COVID-19 pandemiyasi paytida, son va bilagini sinishi sababli davolanayotgan bir vaqtda, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallanib qolgan. Cynthia Turner 2021-yil 1-fevralda 88 yoshida vafot etgan.
Manbalar
Turkum:2021-yilda vafot etganlar Turkum:1932-yilda tugʻilganlar Turkum:Maltalik ayol musiqachilar Turkum:Maltalik pianinochilar Turkum:Maltalik ayol pianinochilar Turkum:Valettalik musiqachilar