Abu Dali () Suriyaning Idlib muhofazasida joylashgan Maarrat an-Nuʼman okrugining At-Tamana nohiyasidagi qishloq. Suriya Markaziy Statistika Byurosi (CBS) maʼlumotlariga koʻra, 2004-yil aholini roʻyxatga olishda Abu Dali aholisi 1,168 kishini tashkil qilgan.
Suriya fuqarolar urushi davrida hududni hukumatga sodiq qabila yetkachilari nazorat qilgan. Mazkur qishloqda urushning dastlabki yillarida koʻp zoʻravonliklar sodir boʻlmay, isyonchilar va hukumat kuchlari qoʻl ostidagi hududlar oʻrtasida mahalliy iqtisodiy markaz vazifasini bajarganSyrian forces enter one of Islamic State group's last strongholds, France24, 6 October 2017. U yerda 2014-yildan boshlab Milliy mudofaa kuchlari (hukumat tarafdori) garnizoni joylashtirilganAbu Dali “a free zone” between the opposition and the regime… a Syrian deputy facilitates operations, Enab Baladi 29/06/2016. Garnizonni 2017-yil oktyabr oyida Tahrir ash-Shom (HTS) kuchlari qamal qilganThe state of Syria’s northwest , Syria Direct, 28 November 2017. HTS suratga olgan hujumda yuzlab askar, bir nechta mototsikl, mashina va tanklar mahalliy mudofaani yorib o‘tganini ko‘rish mumkin. Hujum hukumat va HTS oʻrtasida uzoq davom etgan quruqlikdagi jangga sabab boʻlib, hukumat va Rossiya harbiy samolyotlari hududdagi HTS nishonlariga hujum qilgan. Suriya armiyasi 2017-yil dekabr oxirida hududni qayta egallagan.
Manbalar
Turkum:Maarrat an-Nuʼman okrugi aholi punktlari Turkum:Suriya aholi punktlari Turkum:Idlib muhofazasi aholi punktlari