William Eric Gallas (17-avgust 1977-yil) – fransiyalik sobiq professional futbolchi, himoyachi pozitsiyasida oʻynagan. U oʻz futbolchilik kareyerasining koʻp qismini Fransiya va Angliya klublarida oʻtkazgan va Avstraliyada A-ligasi klubi Perth Gloryda oʻz faoliyatini yakunlgan. Gallas Fransiyada karyerasini boshladi, 2001-yilda esa ingliz klubi Chelsea bilan shartnoma imozladi. U 2006-yilda boshqa futbolchiga almashtirilgan holda Arsenalga borib qoʻshildi. Keyinchalik u 2010-yilda yana bir London klubi Tottenham bilan shartnoma imzolaydi.
Uning karyerasi muvaffaqiyatli oʻtgan, shu jumladan 2005 va 2006-yillarda Premyer Liga titullari qoʻlga kiritadi. 2007-yilda u Arsenal jamaosining sardori etib tayinlandi, ammo 2008-09-yilgi mavsumda bergan intervyusida jamoa aʼzolarini tanqid qilganidan soʻng sardorlik undan olib qoʻyiladi. U 2009-10-yilgi mavsum soʻnggida shartnoma muddati tugagach klubni tark etadi va keyinchalik ashaddiy raqiblari Tottenhamga borib qoʻshildi. Bu klubni 2012-2013-yilgi mavsum oxirida shartnomasi tugaganida tark etadi. U 2014-yilning 16-oktabrida isteʼfoga chiqdi.
Klublardagi faoliyat
Faoliyatining ilk yillari Fransiya futbol akademiyasini bitirgan Gallas 1996-yilda ikkinchi diviziondagi Caenda professional karyerasini boshladi. Keyinchalik 1997-yilda u Marseillega oʻtdi, u yerda u toʻrt mavsum davomida toʻp surdi. U UEFA chempionlar ligasidagi debyutini Marseilleda oʻtkazadi, 1999-yil oktyabr oyida esa oʻsha yilgi chempion Manchester Yunaytedga qarshi oʻyinda esa ilk golini kiritadi va oʻsha oʻyinda jamoasi 1-0 hisobda gʻalaba qozonadi.
Chelsea thumb|William Gallas „Chelsea“ va „Inter“ afsonalari oʻrtasidagi oʻyinda Chelsining murabbiyi Claudio Ranieri 2001-yilda Gallasni 6,2 million funt sterlingga Marseilledan sotib oldi. U London klubi tarkibida 13 raqamni tanladi, chunki bu Marsieille shahrining pochta kodi edi. Ranieri boshchiligida Gallas Marsel Desailly va keyinchalik Jon Terry bilan markaziy himoyada sherik boʻlgan. Terry bilan hamkorlikda 16 oʻyin davomida darvozasi daxsizligini saqlab qoladi. U baʼzida chap qanot himoyachisi sifatida ham oʻynagan. Ranieri dacrida Gallas terma jamoa safida ham debyut qiladi. Gallas 2001-yil avgust oyida Newcastle Unitedga qarshi Jon Terry oʻrniga maydonga tushgan holatda debyut qiladi. Uning birinchi golini Angliya kubogida Tottenham Hotspur qarshi kiritiladi. Chelsea 2002-yilgi Angliya kubogi finalida ishtirok etdi, u oʻyinda Gallas asosiy tarkibda maydonga tushadi va jamoasi magʻlubiyatga ucharydi.
Arsenal thumb|Gallas muxlislariga minnatdorchilik bildirmoqda Gallas Arsenal bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi. U yaqinda pensiyaga chiqqan Dennis Bergkampdan keyin boʻsh qolgan 10-raqamni oldi.
Gallas Gunners tarkibida 2006-yil 9-sentyabr kuni Middlesbrough qarshi 1-1 hisobida yakunlangan uy oʻyinida chap qanot himoyachisi sifatida debyut oʻyinini oʻtkazadi va 23-sentyabr kuni Sheffield United qarshi Arsenal tarkibidagi birinchi golini kiritdi.
Gallas 2007-yil 9-avgustida Arsenal sardori sifatida belgilanadi, Kolo Touré vice-kapitanlikni oʻz zimmasiga oldi. Biroq, koʻpchilik Gilberto Silva sardorlik bogʻichini taqishini kutganligi sababli bu baʼzi bahs-munozaralarga sabab boʻldi. Arsenal kapitanligi sifatida uning birinchi oʻyini 2007-yil 12-avgust kuni Fulham qarshi boʻlib oʻtdi. Gallas 19-avgust kuni Blackburn Rovers qarshi oʻyinda jarohat oladi va 20-oktyabr kuni safga qaytadi. 3-noyabr kuni Emirates stadion oʻtkazilgan Arsenal-Manchester United bahsida u oʻz darvozasini ishgʻol etadi. Soʻnggi daqiqalarda Londonliklar tomonidan kiritilgan gol esa oʻyin durrang bilan yakunlanishini taʼminlaydi.
2010-yil 17-fevral kuni Gallasning Stamford Bridgedagi Chelseaga qarsi oʻyini Arsenal safidagi futbolchining 100-oʻyini boʻladi. Gallas klubni shu yili yozda erkin agent sifatida tark etadi. Himoyachi klub safida jami 142 ta oʻyin oʻtkazgan va 17 ta gol muallifiga aylangan.
Tottenham Hotspur thumb|Gallas(oʻngda) Cesc Fàbregasga qarsi, 2010-yil 2010-yil 20 avgust kuni Tottenham Hotspur menejeri Harry Redknapp Gallas klubga qoʻshilishi haqidagi xabarlarni tasdiqladi. Transfer 22-avgust kuni rasman eʼlon qilindi, Gallas ushbu klub bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Gallasning Londonnig bu klubiga transfer himoyachinlantirdi.
Gallas 11-sentabr kuni West Bromwich Albion jamoasiga qarsi oʻyinda oʻz debyutini oʻtkazadi va ushbu oʻyin 1-1 hisobida yakunlanadi. 20-noyabr kuni jamoa sardorlari Ledley King va Michael Dawson jarohat olishi natijasida, Gallas sardorlik bogʻichi bilan ilk bahsini sobiq klubi Arsenalga qarshi Emirates stadionida oʻtkazadi va ushbu oʻyinda Tottehnam 1993-yildan beri birinchi marotaba liga oʻyinida derbida gʻolibi boʻladi.
Perth Glory 2013-yil 23-oktabrda Gallas Perth Glory bilan bir yillik shartnoma imzolaydi va Avstraliya A-ligasida toʻp surgan birinch fransuz futbolchiga aylanadi. Bu davrda Alessandro Del Piero, Emile Heskey va Shinji Ono kabi boshqa koʻplab yulduzlar ham bu ligada oʻynayotgan edi. 2013-14-yilgi mavsum oxirida u isteʼfoga chiqadi. A-ligada jami 14 oʻyinda maydonga tushib va bitta gol muallifiga aylangan.
Terma jamoadagi faoliyati thumb|Gallas UEFA Yevropa chempionati-2008 turnirida Fransiya tarkibida Gallas Fransiya U-18 jamoasi Yevropa chempionatida gʻolib boʻlganida jamoa tarkibida boʻlgan. U shuningdek, 1997 yilgi FIFA Jahon chempionati U-20da Fransiya yoshlari jamoasida Thierry Henry, Devid Trezeguet, Nikolas Anelka, Mikael Silvestre va Villi Sagnol bilan birga oʻynadi.
2002-yil oktyabr oyida Gallas Sloveniyaga qarshi UEFA Yevro 2004 saralash oʻyinida Fransiya tarkibida debyut qiladi. 2005-yil avgust oyida Gallas milliy terma jamoa safidagi debyut golini Kot-dʼIvuarga qarshi oʻyinda kiritadi.
2011-yil 6-iyun kuni 33 yoshida terma jamoa safida 84 ta oʻyin oʻtkazib 5 ta gol kiritgan holda Fransiya safida faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi.
Statistikasi
Klub +KlubMavsumLigaUmumiyDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarCaen1995-96Liga 21601901996-97Liga 1180210Umumiy340400Marseille1997-98Liga 130301998-99Liga 13004201999-2000Liga 12203112000-01Liga 1302322Umumiy8521083Chelsea2001-02Premyer Liga3014122002-03Premyer Liga3844842003-04Premyer Liga2904512004-05Premyer Liga2824622005-06Premyer Liga345455Umumiy1591222514Arsenal2006-07Premyer Liga2132932007-08Premyer Liga3144242008-09Premyer Liga2323662009-10Premyer Liga263354Umumiy1011214217Tottenham Hotspur2010-11Premyer Liga2703602011-12Premyer Liga1501802012-13Premyer Liga191241Umumiy611781Perth Glory2013-14A-liga151151Jami statistika4552860836
Terma jamoa Milliy choyYilOʻyinlarGollarFransiya2002302003802004150200511120061512007702008100200992201061Umumiy845
Sovrinlari Caen
Liga 2: 1995-96
Chelsea
Premyer Liga: 2004-05, 2005-06 Futbol ligasi kubogi: 2004-05 FA Community Shield: 2005-yil
Fransiya
FIFA Konfederatsiyalar kubogi: 2003 FIFA Jahon chempionati finalchisi: 2006
Shaxsiy sovrinlar
Liga 1 yil kashfiyoti: 1999 PFA yil jamoasi: 2002-03, 2005-06 (Premyer Liga) ESM yil jamoasi: 2007-08
Manbalar
Havolalar
Turkum:1977-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Fransiyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak qanot himoyachilari Turkum:Erkaklar futbol markaziy himoyachilari Turkum:Tottenham Hotspur F.C. futbolchilari Turkum:Arsenal F.C. futbolchilari Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari Turkum:Olympique de Marseille klubi futbolchilari Turkum:UEFA Yevro 2004 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2008 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2006 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2010 oʻyinchilari Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari