Alisher Ilxamovich Abdullayev (1988-yil 11-fevral, Qoʻqon, Fargʻona viloyatida tugʻilgan) — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli taʼlim texnologiyalarini rivojlantirish markazi Direktori.
Taʼlim Maʼlumoti oliy
2006–2010-yil Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Fargʻona filiali bakalavr bosqichi.
2010–2012-yil Toshkent axborot texnologiyalari universiteti magistratura bosqichini tamomlagan.
Mehnat faoliyati
2012–2013 — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti elektron tijorat kafedrasi assistenti.
2013–2017 — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti axborot texnologiyalari kafedrasi assistenti.
2017–2019 — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻquv jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boshqarmasi boshligʻi.
2019–2021 — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi.
2021–2021 — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boshqarmasi boshligʻi.
2021–2022 — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi taʼlim muassasalarida elektron taʼlimni joriy etish markazi direktori.
2022–2024 — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli taʼlim texnologiyalarini rivojlantirish markazi direktori
Mukofotlari
2011-yil Oʻzbekiston belgisi koʻkrak nishoni.
2021-yil Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 29 yilligi.
2022-yil Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi.
2023-yil Oʻzbekiston Respublikasi „Oliy taʼlim aʼlochisi“ koʻkrak nishoni.
Qoʻshimcha faoliyat
Sunʼiy intellekt kengashi aʼzosi >
Manbalar
Havolalar edu.uz — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy veb-sahifasi e-edu.uz — Raqamli taʼlim texnologiyalarini rivojlantirish markazining rasmiy veb-sahifasi