Spina bifida (lotinchada: spaɪnə ˈbɪfɪdə – ajralgan umurtqa pogʻonasi) Oxford Learner's Dictionary. – Homiladorlikning erta rivojlanish davrida umurtqa pogʻonasi hamda orqa miya atrofidagi membranalarning toʻliq yopilmagan tugʻma nuqsoni"Spina Bifida: Condition Information". 2012-11-30. Archived from the original on 2015-05-18..
Uning uchta asosiy turlari bor: spina bifida occulta, meningotsel va miyelomeningotsel. Meningotsel va miyelomeningotsel turlarini spina bifida cystica guruhiga kiritish mumkin. Spina bifidaning eng koʻp uchraydigan joyi umurtqa pogʻonasining pastki bel umurtqalari yoki kamdan-kam hollarda koʻkrak va boʻyin umurtqalari sohalarida uchraydi Deming, Laura (2011). Pediatric life care planning and case management (2nd ed.). Boca Raton, FL: CRC Press. p. 392. ISBN 9781439803585..
Occulta turi faqat yengil belgilar bilan kechadi. Unda umurtqa pogʻonasi boʻshligʻida tuklar, chuqurchalar, dogʻlar va shish hosil boʻlishini koʻrish mumkin. Meningotselda ham belgilar yengil koʻrinishda boʻlib, umurtqa pogʻonasi boʻshligʻida suyuqlik qopchasi ham hosil boʻladi „How do health care providers diagnose spina bifida?“. 2012-11-30. Archived from the original on 18 May 2015. Retrieved 8 May 2015.. Miyelomeningotsel eng ogʻir turga kirib, ochiq spina bifida deb ataladi. Unda uchrovchi belgilar boshqa organlarning ham kasalliklariga sabab boʻladi. Oʻz vaqtida davolanmaslik yurish qobiliyatining yomonlashuvi, siydik pufagi va ichakni nazorat qilishning buzilishi, miyada suyuqlik toʻplanishi (gidrosefaliya), lateks allergiyasi kabi ogʻir asoratlarga olib kelishi mumkin „Are there disorders or conditions associated with spina bifida?“. 2012-11-30. Archived from the original on 18 May 2015. Retrieved 8 May 2015..
Spina bifida atrof-muhit omillarining tasiri natijasida irsiy kelib chiqadigan kasallikdir. Kasallikka chalingandan keyingi avlodlarga irsiylanish 4% ga teng hisoblanadi "How many people are affected by or at risk for spina bifida?". 2012-11-30. Archived from the original on 18 May 2015. Retrieved 8 May 2015.. Homiladorlik davrida yoki unda oldin ham ovqat ratsionida folat (Vitamin B9)ning yetarli boʻlmasligi spina bifida tugʻma tuqsoni kelib chiqishiga asosiy sabab boʻladi Castillo-Lancellotti, C; Tur, JA; Uauy, R (May 2013). „Impact of folic acid fortification of flour on neural tube defects: a systematic review“. Public Health Nutrition. 16 (5): 901–11. doi:10.1017/s1368980012003576. PMC 10271422. PMID 22850218.. Agar ona homiladorlikda yetarli miqdorda folat isteʼmol qilmagan boʻlsa, davo chorasi sifatida foliy kislotasi qoʻshib beriladi „Neural Tube Defects (NTDs): Overview“. 2012-11-30. Archived from the original on 9 May 2015. Retrieved 8 May 2015..
Boshqa keltirib chiqaradigan omillardan dori vositalari, semizlik, diabet kabilar boʻlishi mumkin. Ushbu tugʻma nuqsonni erta aniqlash uchun tugʻruqdan oldingi qon testi, amniyosintez, ultratovush tekshiruvlari kabilar amalga oshiriladi. Amniyosintezda yuqori darajada alfa-fetoprotein (AFP) aniqlansa spina bifidaga tahmin qilish mumkin „How do health care providers diagnose spina bifida?“. 2012-11-30. Archived from the original on 18 May 2015. Retrieved 8 May 2015..
Spina bifida ham anensefaliya va ansefalotsele kabi miya anomal rivojlanish tugʻma nuqsonlaridan biriga kiradi. Ochiq spina bifidani tugʻilishdan oldin yoki keyin jarrohlik yoʻli bilan yopish mumkin. Gidrosefaliya boʻlganida esa shunt qoʻyiladi, orqa miya jarohatini jarrohlik yoʻli bilan davolanadi. Davolash uzoq choʻziladigan bemorlarda harakatlanishga yordam beradigan qurilmalar yoki siydik tutolmaslikda maxsus kateterlardan foydalaniladi "What are the treatments for spina bifida & related conditions?". 2012-11-30. Archived from the original on 18 May 2015. Retrieved 8 May 2015..
Spina bifida bilan tugʻilish ehtimol turli davlatlarda turlicha hisoblanadi. Rivojlangan davlatlarda, jumladan AQShda bu koʻrsatkich 1000 ta tugʻilgan bolaning 0.4% ida uchraydi Canfield, MA; Honein, MA; Yuskiv, N; Xing, J; Mai, CT; Collins, JS; Devine, O; Petrini, J; Ramadhani, TA; Hobbs, CA; Kirby, RS (November 2006). „National estimates and race/ethnic-specific variation of selected birth defects in the United States, 1999–2001“. Birth Defects Research. Part A, Clinical and Molecular Teratology. 76 (11): 747–56. doi:10.1002/bdra.20294. PMID 17051527.. Hindistonda har tugʻilgan 1000 ta boladan 1,9% iga taʼsir qiladi Bhide, P; Sagoo, GS; Moorthie, S; Burton, H; Kar, A (July 2013). „Systematic review of birth prevalence of neural tube defects in India“. Birth Defects Research. Part A, Clinical and Molecular Teratology. 97 (7): 437–43. doi:10.1002/bdra.23153. PMID 23873811.. Yevropaliklarda xavf afrikaliklarga qaraganda yuqori boʻladi.
Turlari
Spina bifida occulta
„Occulta“ soʻzi lotinchada „yashirin“ degan maʼnoni bildiradi. Bu spina bifidaning eng yengil shakli "Are There Different Types Of Spina Bifida?". SBA. Archived from the original on 5 May 2014. Retrieved 22 February 2012.. Occultada baʼzi umurtqalarning tashqi tomoni yopilmay qoladi, umurtqa suyagi ichida yoriqlar paydo boʻladi. Ular juda kichik boʻlgani uchun orqa miya tashqariga chiqmaydi. Tashqi tomondan qaraganda teri normal koʻrinadi, baʼzan oʻsha sohada chuqurcha yoki tuklar koʻp boʻlishi mumkin Foster, Mark R. „Spina Bifida“. Archived from the original on 2008-05-13. Retrieved 2008-05-17.. Occulta turi bilan ogʻrigan bemorlar koʻp hollarda oʻzlari buni sezishmaydi, chunki kasallik bunda belgilarsiz va xavfsiz kechadi. Lekin har doim ham shunday boʻlmay, rentgenologik tadqiqotlarda bel ogʻriqlar sababi ham boʻlishi mumkinligi aniqlangan Taskaynatan MA, Izci Y, Ozgul A, Hazneci B, Dursun H, Kalyon TA (2005). „Clinical significance of congenital lumbosacral malformations in young male population with prolonged low back pain“. Spine. 30 (8): E210–13. doi:10.1097/01.brs.0000158950.84470.2a. PMID 15834319. S2CID 21250549. Avrahami E, Frishman E, Fridman Z, Azor M (1994). „Spina bifida occulta of S1 is not an innocent finding“. Spine. 19 (1): 12–15. doi:10.1097/00007632-199401000-00003. PMID 8153797..
Meningotsel
Meningotsel (talaffuzi: mɪˈnɪŋɡəˌsiːl) – meningeal kista. Spina bifidaning eng kam uchraydigan shakli. Bunda bitta rivojlanish nuqsoni sabab miya pardasining umurtqalar orasida churralanishiga sabab boʻladi. Bunda asab tizimiga hech qanday zarar yetmaydi va shuning uchun ham sogʻliq bilan bogʻliq muommolar koʻp kuzatilmaydi. Meningotsel sabablari teratoma, sakrokoksiks, presakral boʻshliqning boshqa oʻsmalari hamda Kurrarino sindromi ham boʻlishi mumkin.
Miyelomeningotsel
Miyelomeningotsel – orqa miya bifidasining yana bir turi hisoblanib, u koʻpincha eng ogʻir asoratlar bilan kechadi, miya pardalari va nervlarni siqilishiga olib keladi "Myelomeningocele". NIH. Retrieved 2008-06-06.[permanent dead link]. Miyelomeningotsel embrion rivojlanishining uchinchi haftasida, nerv naylari shakllanishi, yoriqlarining yopilishida paydo boʻladi. Orqa miyani qoplaydigan miya pardalari ham teshiklardan chiqib, miya suyuqligi, orqa miyaning boshqa qismlari, nerv ildizlari kabilar bilan birlashib oʻrab turuvchi xalta hosil qiladi Saladin, K. S. (2010). Anatomy & Physiology: Unity of Form and Function. Mc_Graw Hill. p. 482. ISBN 9780077905750.. Kasallikning kelib chiqishiga sabab boʻluvchi omillarga kaltsiy kanal blokatorlari, karbomazepin, sitokalazinlar, gipertermiya va valpik kislota kabilar kiradi M. Memet Ö̈zek (2008). Spina bifida : management and outcome. Milan: Springer. p. 58. ISBN 9788847006508..
Miyelosel
Miyelosel – umurtqa miya bifidasining yana bir ogʻir shakli. Zararlangan toqimalar bunda yassilashadi, nerv toqimalari plastinkasimon boʻlib, pardasiz rivojlanadi. Natijada, ochiq nerv toqimalari bolalarda meningit kabi miya infeksiyalariga koʻproq moyil boʻlib qoladi. Orqa miyaning va nervlarning umurtqadan chiqadigan qismlari shikastlanishi va toʻgri rivojlanmasligi oqibatida orqa miya nuqsoni yuzaga keladi. Sezuvchanlikning pasayishi, son-tizza, oyoq nervlari deformatsiyalari, mushaklar tonusining yoqolishi va falajlik holatlari kuzatiladi.
Kelib chiqish sababi
Spina bifida irsiy boʻlib, atrof-muhitning homila rivojlanishiga salbiy taʼsiri oqibatida kelib chiqadi. Bu kasallik bilan tugʻilgan bolada keyingi avlodlarda kasallik uchrash ehtimoli 4% ga teng "How many people are affected by or at risk for spina bifida?". 2012-11-30. Archived from the original on 18 May 2015. Retrieved 8 May 2015.. Homiladorlik davrida foliy kislotasining kamligi, antiseizur dorilar, semizlik, diabet, spirtli ichimliklar koʻp isteʼmol qilish ham asosiy sabablarga kiradi „it is more often due to direct toxicity of the alcohol on the marrow. The macrocytosis of alcoholism usually reverses only after months of abstinence from alcohol“. Archived from the original on 2014-07-15.. Aynan spirtli ichimliklar isteʼmoli foliy kislotasini organizmda soʻrilmasligiga sabab boʻladi va buning oqibatida spina bifida kelib chiqish xavfi kuchayadi. Spina bifida bilan qizlar koʻproq tugʻiladi "Spina bifida Risk factors – Mayo Clinic". www.mayoclinic.org. Archived from the original on 2016-11-29. Retrieved 2016-11-29..
Patofiziologiyasi
Spina bifida nerv naychasining yondosh tarmoqlarini birlashtira olmaslik oqibatida yoki umurtqaning nerv yoylari shakllanishidagi nuqsonlari sabab uchrovchi patologik churrasi. Nerv naychasi embrion rivojlanishining birinchi oyida shakllanadi Standring, Susan (2016). Gray’s Anatomy. Elsevier. p. 241. ISBN 978-0-7020-5230-9.. Normal holatda naychaning hosil boʻlishi homiladorlikning 23 va 27-kuniga toʻgʻri keladi. Bu davrdagi tashqi taʼsir oʻzgarishlari tufayli naycha toʻliq shakllanmasa unda nuqsonlar paydo boʻladi. Shu qatorda tugʻma saraton, gipertoniya, ateroskleroz kabilar ham aynan erta rivojlanish bosqichlari va atrof muhitning oʻzaro salbiy tas’iri tufayli kelib chiqadi Holmes LB (1988). „Does taking vitamins at the time of conception prevent neural tube defects?“. JAMA. 260 (21): 3181. doi:10.1001/jama.260.21.3181. PMID 3184398. Milunsky A, Jick H, Jick SS, et al. (1989). „Multivitamin/folic acid supplementation in early pregnancy reduces the prevalence of neural tube defects“. JAMA. 262 (20): 2847–52. doi:10.1001/jama.262.20.2847. PMID 2478730..
Oldini olish
Spina bifidaning kelib chiqishida yagona sabab boʻlmaganligi uchun ham uning aynan oldini olish yoʻllari mavjud emas. Biroq, foliy kislotasi oziq-ovqat bilan yetarli miqdorda berilganda kasallik xavfi kamayishi mumkin. Foliy kislota manbalariga donli mahsulotlar, quritilgan loviya, sabzavot va mevalar kiradi. Ammo bularning oʻzi foliy kislotasi yetishmovchiligida kerak boʻladigan 400 mikrogram foliyning oʻrnini qoplab bera olmaydi Tinker, Sarah C; Hamner, Heather C.; Cogswell, Mary E.; Berry, Robert J. (2012). „Usual folic acid intakes: a modelling exercise assessing changes in the amount of folic acid in foods and supplements, National Health and Nutrition Examination Survey, 2003–2008“. Public Health Nutrition. 15 (7): 1216–1227. doi:10.1017/S1368980012000638. ISSN 1475-2727. PMID 22455758.. Dunyo miqyosida bugʻdoy uni foliy bilan boyitiladi va bu yiliga 50 ming nerv naychasini togʻri shakllanishiga yordam beradi. Bu yoʻl bilan tugʻma nuqsonlarning 230 mingtasini oldini olish mumkin Kancherla, Vijaya; Wagh, Kaustubh; Johnson, Quentin; Oakley, Godfrey P. (15 August 2018). „A 2017 global update on folic acid-preventable spina bifida and anencephaly“. Birth Defects Research. 110 (14): 1139–1147. doi:10.1002/bdr2.1366. ISSN 2472-1727. PMID 30070772. S2CID 51894506..