Zarema Xalilova () – qrim-tatarlardan boʻlgan amerikalik qoʻshiqchi, qoʻshiq muallifi va aktrisa. U SSSRdagi etnik tozalash davrida Qora dengizdan badargʻa qilingan qrim tatarlari Oʻzbekistonga deportatsiya qilingan bir paytda tavallud topgan. Faqat 1989-yilda, SSSR parchalanganidan soʻng, Qrim tatarlariga Qrimdagi vatanlariga qaytishga ruxsat berilgan.

Biografiya Ukrainaning Kiyev shahridagi Milliy teatr, kino va televideniye universitetida drama teatri va kino aktyorligi boʻyicha bakalavr darajasini olgan. Zarema turk tilida koʻplab qoʻshiqlar yozgan va 2007-yilda „Sony BMG Music Entertainment Turkey“ bilan ovoz yozish shartnomasini imzolagan. U bir yilga Istanbulga yashash uchun koʻchib oʻtgan. Zarema u yerda oʻzining turkiy tilidagi debyut albomini chiqargan va Yevropadagi tanqidchilarning olqishiga sazovor boʻlgan. Uning „Attack“ klipi Turkiyadagi koʻplab telekanallarda birinchi raqamli musiqiy video maqomiga chiqqan. Klip Kral TV, Genç TV, MTV, Number One TV va Viva! telekanallarida va Youtube.com saytida 400 000 marta koʻrilgan Turkiyadagi birinchi video boʻlgan.

Xalilova 2008-yil oxirida Kaliforniyaning Los-Anjeles shahriga koʻchib oʻtgan va 2012-yilda AQSh fuqaroligini olgan. U ingliz tilida ham koʻplab qoʻshiqlar yozgan, ularning bir qismi Amerikaning koʻplab radiostansiyalarida katta eʼtiborga sazovor boʻlgan.

Teatr va kino yoʻnalishi boʻyicha maʼlumotga ega boʻlgan Zarema AQShda aktyorlik karyerasini ham davom ettirgan. Hollywooddagi Stella Adlerning aktyorlik kursini tugatgan va mashhur aktyorlar bilan tahsil olgan. U 2009-yilda Amerika televidenie va radio sanʼatkorlari federatsiyasiga aʼzo boʻlgan.

Rus, turk, ukrain, qrim-tatar va ingliz tillarini yaxshi biladigan Zarema Gollivuddagi koʻplab mashhur filmlar va telekoʻrsatuvlarda suratga tushgan.

Taʼlim va faoliyati

Zarema Ukrainaning Kiev shahridagi Teatr, kino va televideniye Milliy universiteti tahsil olgan hamda u yerda dramatik teatr va kino aktyorligi boʻyicha bakalavriatni tamomlagan.

Keyingi yili Zarema taniqli ukrainalik musiqa prodyuseri Mixail Nekrasov bilan uchrashib, u bilan hamkorlikda „Savash“ va „Hop Soyle“ qoʻshiqlarini yozdi. Turk tilida yozilgan bu ikkala qoʻshiq ham tanqidga uchragan boʻlsada musiqa kanallari va Yevropa, Osiyo, Kanada va Isroilning koʻplab mamlakatlaridagi tungi klublarda keng tarqalgan. Qoʻshiqchi Zarema turli radiostansiyalar va teledasturlarda jonli chiqishlar qildi.

Zarema ijro etgan „Savash“ va „Hop Soyle“ kuyining muvaffaqiyati shundaki, u Sony ismli turkiyalik qoʻshiqchi eʼtiborini tortdi hamda oxir-oqibat oʻzining turk tiidagi debyut albomini yozish uchun Sony bilan ovoz yozish shartnomasini imzoladi. Musiqa va soʻzlarini oʻzi yozib, soʻng turkiyalik afsonaviy prodyuser Ozan Colakoglu va uning ishlab chiqaruvchi kompaniyasi, Sarı Ev (Sariq uy), hamda Mustafo Checheli, Ozgur Buldum boshqa taniqli turk ishlab chiqaruvchilari uningning debyut albomini yaratdi va targʻib qilishdi.

Zarema Atak uchun Kiyevda taniqli ukrainalik video rejissyor Alan Badoyev bilan klip suratga oldi. Video koʻpchilik tomonidan koʻrilib, Zarema turkiyaliklar orasida YouTubeʼda 400 000 tomoshadan oshgan birinchi qoʻshiqchi boʻldi. 2008-yilda uning videosi Turkiyaning barcha eng mashhur musiqa kanallari, jumladan Kral, Genc TV, Viva TV, Number One TV va Dream TV kanallarida birinchilikni qolga kiritdi.

Zaremaning musiqasi ommaviy axborot vositalarida katta shov-shuvga sabab boʻlib, koʻplab gazetalarda chop etildi, qolaversa, jurnallar, jumladan, Hurriyet, Milliyet, Sabah, Vatan, Takvim va boshqalarning muqovasida chiqadi.

Zarema oʻz albomini targʻib qilishda dunyoning koʻplab taniqli joylarida konsertlar bergan holda, Bokuda 10 000 tomoshabin, Ozarbayjon va Moskvadagi 20 000 ming kishilik Olimpiyada stadionda chiqish ham qildi .

Manbalar

Turkum:1983-yilda tugʻilganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Amerikalik qoʻshiqchilar Turkum:Amerikalik aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar