Abdurahmon ibn Avf jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Qibray tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi. Oʻzbekiston Respublikasining qatur boshqa hududlarida Abdurahmon ibn Avf jome masjidi nomi bilan faoliyat yuritadigan boshqa masjidlar ham mavjud.

Joylashuvi va faoliyati Abdurahmon ibn Avf jome masjidi Toshkent shahri hududidagi Yashnobod tumani, Tuzel mavzesidagi Toshisti mahalla fuqarolar yigʻini, Tuzel koʻchasi 18 A-uyda joylashgan. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun 0.20 gektar joyda 400 kishiga yaqin boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, ziyoratchilar uchun maxsus alohida xonalar barpo etilgan. Mazkur masjidga Tuzel qishloq fuqarolar yigʻini, Toshisti mahalla fuqarolar yigʻini, Jarboshi mahalla fuqarolar yigʻini, Mohirlar mahalla fuqarolar yigʻini, Tovkant tepa mahalla fuqarolar yigʻini, Bahor mahalla fuqarolar yigʻini, Katta olmos mahalla fuqarolar yigʻini, Tuzel-3 mahalla fuqarolar yigʻini, T. Joʻrabek mahalla fuqarolar yigʻini, Isteʼdod mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Muhammadyusuf domla Xushvaqtov hisoblanadi.

Tarixi Abdurahmon ibn Avf jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli maʼlumotlar yetarli emas. Mustaqillik yillarining dastlabki paytlarida mahalliy aholining faollari, nuroniylar, homiylar tashabbusi bilan jome masjid binosi qayta remont qilindi va namozxonlarga havola qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 2004-yil 7-dekabr kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan.

Manbalar

Turkum:Qibray tumani masjidlari