Nurbopa Umurzoqov (1907-yil, Olmaota viloyati, Rayimbek tumani, Jambil qishlogʻi – 1947-yil 20-may, Toshkent) – sovet davlat arbobi.

Hayoti Nurbopa Umurzoqov 1907-yilda Olmaota viloyati, Rayimbek tumani, Jambil qishlogʻida tugʻilgan. Kelib chiqishi Katta juzning alban urugʻiga borib taqaladi.

Taʼlimi U 1918—1920 va 1923—1926-yillarda Jarkent maktab-internatida oʻqigan. Keyinchalik 1926—1927-yillarda viloyat partiya-sovet maktabida oʻqigan, shuningdek, 1930—1933-yillarda Toshkentdagi Lenin Kommunistik universitetni tamomlagan.

Partiyadagi faoliyati 1937-yil 28-oktabrda Qozogʻiston SSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasining qarori bilan Nurbopa Umurzoqov Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi raisi etib 30 yilga saylandi. Oʻsha yilning dekabr oyida Umurzoqov SSSR Oliy Soveti deputati boʻlgan, 1938-yil yanvar oyida esa SSSR Oliy Soveti Prezidiumi Raisining oʻrinbosari etib saylandi.

1938-yildan Timiryazev nomidagi Moskva qishloq xoʻjaligi akademiyasida tahsil olgan.

1939—1945-yillarda Boshqird ASSR, RSFSRning Stavropol va Krasnodar oʻlkalarida sovxozlar direktori boʻlgan.

1945—1946-yillarda Oʻzbekiston SSR gʻallachilik va chorvachilik sovxozlari xalq komissarining oʻrinbosari boʻlgan. 1946-yilda Oʻzbekiston SSR chorvachilik vazirining oʻrinbosari boʻldi. 1938-yilda Umurzoqov va Qozogʻiston SSRning boshqa kommunistik rahbarlariga qarshi koʻplab anonim bayonotlar olina boshladi. Shu munosabat bilan 1939-yilda Nurbopa deputatlik mandatidan mahrum qilinib, Boshqird Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasining olis sovxozlardan biriga rahbar qilib yuboriladi.

Ulugʻ Vatan urushidan keyin RSFSR Qishloq va chorvachilik vazirligida ishlagan. Nurbopa Umurzoqov 1945-yildan umrining oxirigacha Oʻzbekiston SSR Markaziy partiya qoʻmitasida boʻlim mudiri oʻrinbosari lavozimida ishladi.

1947-yil 20-mayda haydovchisi qoʻlida fojiali tarzda halok boʻldi.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʼzolari Turkum:Toshkentda vafot etganlar Turkum:1947-yilda vafot etganlar Turkum:20-mayda vafot etganlar Turkum:1907-yilda tugʻilganlar