Denis Filippovich Rzanin (1910-yil 1-sentyabr – 1989-yil 6-dekabr) – Qizil Armiya serjanti, Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (1944).

Biografiyasi Denis Filippovich 1910-yil 1-sentyabrda Tambov viloyatining Korostelovo qishlogʻida (hozirgi Muchkapskiy tumani) tavallud topgan. Boshlangʻich maktabni tugatgach, Toshkent shahrida yashab, haydovchi boʻlib ishlagan.

1942-yilda Qizil Armiya safiga chaqirilgan. Oʻsha yildan Ulugʻ Vatan urushi frontida xizmat qilgan. 1943-yildan VKP(b) aʼzosi boʻlgan.

Rzanin 1943-yil noyabrgacha 3-Ukraina fronti 6-armiyasi 245-gvardiya minomyot diviziyasining BM-13 jangovar mashinasining haydovchisi boʻlgan. U Dnepr jangida oʻzining mardonavor xarakatlari bilan ajralib turgan. 1943-yil 17-noyabrda Dneprning Xortitsa orolining yaqinidan kesib oʻtayotganda, mashinadagi ponton shikastlangan. Denis teshikni tezda tuzatishga muvaffaq boʻlgan va bu „Katyusha“ni suv toshqinidan qutqarib qolgan.

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 22-fevraldagi farmoni bilan „Qizil Armiya nemis bosqinchilariga qarshi kurash frontida qoʻmondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajargani, koʻrsatgan jasorati va qahramonligi uchun“ askar Denis Rzanin Lenin ordeni, „Oltin Yulduzli“ medali va Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

Urush tugaganidan keyin Denis demobilizatsiya qilingan. U Toshkentda yashab ijod qilgan. 1989-yil 6-dekabrda vafot etgan va Toshkent Qahramonlar xiyobonidagi harbiylar qabristoniga dafn etilgan.

Shuningdek, Rzanin 1-darajali Vatan urushi ordeni, Qizil Yulduz ordeni va bir qator medallar bilan taqdirlangan.

Xotirasi thumb| Ussuriysk shahri, UVVAKU Jangchi-haydovchi, Sovet Ittifoqi Qahramoni Rzanin nomi Ussuriysk Oliy harbiy avtomobil qoʻmondonlik bilim yurtining xotira devorida abadiylashtirilgan.

Manbalar

Turkum:Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʼzolari Turkum:Harbiy qabristonga dafn etilganlar (Toshkent) Turkum:Jasurlik uchun medali bilan mukofotlanganlar Turkum:Qizil Yulduz ordeni sohiblari Turkum:1-darajali Vatan urushi ordeni sovrindorlari Turkum:Lenin ordeni sohiblari Turkum:Sovet Ittifoqi Qahramonlari Turkum:Serjantlar (SSSR) Turkum:Toshkentda vafot etganlar Turkum:1989-yilda vafot etganlar Turkum:6-dekabrda vafot etganlar Turkum:1910-yilda tugʻilganlar Turkum:1-sentyabrda tugʻilganlar