Falastin yerlari yoki Falastin hududlari — sobiq Falastinda Britaniya mandatining ikki hududi boʻlib, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili (jumladan, Sharqiy Quddus) hamda Gʻazo sektoridan iborat. Bu ikki hudud 1967-yilda sodir boʻlgan Olti kunlik urushdan beri Isroil okkupatsiyasi ostida qolmoqda. Xalqaro sud Gʻarbiy Sohil, jumladan, Sharqiy Quddusni „Ishgʻol ostidagi Falastin hududi“ () deb nomlaydi. Sud 2004-yilda eʼlon qilgan izohda aynan shu atama ishlatilgan "International Court of Justice Reports of Judgments, Advisory Opinions and Orders — Legal Consequences of the Construction of a Wall in the Occupied Palestinian Territory Advisory Opinion of 9 July 2004 ". Retrieved 11 August 2013. 1999-yilning oktyabridan to 2012-yilning dekabriga qadar Birlashgan Millatlar Tashkiloti hamda boshqa xalqaro tashkilotlar „Ishgʻol ostidagi Falastin hududi“ atamasini Falastin milliy maʼmuriyati nazorati ostidagi hududlarga nisbatan qoʻllagan, ammo 2012-yilda Falastin BMTning aʼzo boʻlmagan kuzatuvchi davlatiga aylanganidan keyin, BMT Falastin Davlati atamasini qoʻllay boshlagan. Yevropa Ittifoqi ham „ishgʻol ostidagi Falastin hududi“ atamasidan foydalanadi. Isroil hukumati hamda uning tarafdorlari esa „munozarali hududlar“ atamasini ishlatadi.
Manbalar
Turkum:Isroil–Falastin mojarosi Turkum:Falastin Davlati