Dmitriy Mixaylovich Xolendro (1921–1998) – Sovet rus yozuvchisi, ssenariynavis, Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi. SSSR Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi (1950).
Biografiyasi Xolendro 1921-yil 2-dekabrda (boshqa maʼlumotlarga koʻra 2-noyabr) Toshkent shahrida (hozirgi Oʻzbekiston) xizmatchi oilasida tavallud topgan.
Asarlar yozishni 1938-yilda boshlagan. 1939-yilda MIFLIga oʻqishga kirgan. Shu bilan birga Qizil armiya safiga chaqirilgan. Ulugʻ Vatan urushi yillarida „Vperyod za Rodinu!“ gazetasida katta adabiy rahbar boʻlib faoliyat olib borgan. Kerchensko-Eltigenskaya qoʻnish operatsiyasi ishtirokchisi va 1944-yildan KPSS(b) aʼzosi boʻlgan.
Yozuvchi Dmitriy Mixaylovich 1950-yilda SSSR Yozuvchilar uyushmasi aʼzo boʻldi. 1951-yilda Konstantin Paustovskiyning Rostov-Donda adabiy seminarida qatnashdi.
1956-yilda A. M. Gorkiy nomidagi Adabiyot instituti qoshidagi oliy kursni tamomlagan. Dmitriy „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasi va Yalta kinostudiyasi bilan hamkorlik qilgan. Yozuvchining koʻpgina asarlari Qoradengiz mavzulariga bagʻishlangan.
Xolendro 1998-yilda vafot etgan. U Moskvadagi Donskoye qabristoniga ota-onasi va ukasining yoniga dafn etilgan.
Ijodi
1949–1950-yillar oraligʻida „Gori v svetu“ romanini yozgan.
Xolendro 1959-yilda „Opasniy mis“, 1960-yilda „Klarens va Juletta“, „Poyezdka v Sayat“ (1966-yilda suratga olingan „Sayyod qoʻngʻirogʻi“ filmi ssenariysi asosida, 1972-yilda hikoyaga aylantirilgan), 1967-yilda „Svadba“ va 1967-yilda „Stariy Chudak“ nomli qissalar yozgan.
Dmitriy Mixaylovich 1951-yilda „More shumit“, 1954-yilda „Doroga v step“, 1960-yilda „Ranneye utro“, 1980-yilda „Sloboda“ va 1983-yilda „Plavni“ nomli hikoyalar toplamini yozadi.
Mukofotlari Dmitriy Mixaylovich 1-darajali Vatan urushi ordeni va ikkita Qizil Yulduz ordeni bilan taqdirlangan.
Manbalar
Turkum:Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʼzolari Turkum:“Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan” medali sohiblari Turkum:„1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali sohiblari Turkum:Hurmat Belgisi ordeni sohiblari Turkum:Qizil Yulduz ordeni sohiblari Turkum:1-darajali Vatan urushi ordeni sovrindorlari Turkum:Rossiya ssenariychilari Turkum:SSSR ssenariychilari Turkum:Alifbo boʻyicha yozuvchilar Turkum:1998-yilda vafot etganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:1921-yilda tugʻilganlar Turkum:2-dekabrda tugʻilganlar