Axtem Shevketovich Seitablayev (, , , 1972-yil 11-dekabrda tugʻilgan) – asli qrim-tatarlardan boʻlgan ukrainalik aktyor, ssenariynavis va rejissyor. 2013-yili „Haytarma“, 2017-yilda „Anotherʼs Prayer“ kabi bir qancha nufuzli filmlarning rejissyori. U Qrimning Rossiya Federatsiyasi tomonidan anneksiya qilinishiga qarshi ekanligini bildirgan. Uning bir qancha taniqli qrim tatarlari taqdiri haqidagi filmlari butun sobiq Sovet Ittifoqida olqishlangan. Ammo, qattiqqoʻl rus millatchilari tomonidan tanqid qilingan.
Hayoti Axtem Seitablayev 1972-yili Yangiyoʻl shahrida (Oʻzbekiston SSR) tugʻilgan. Stalin davrida uning ota-onasi Sovet hukumati tomonidan surgunda boʻlib, Oʻzbekistonga deportatsiya qilingan. Chunki, qrim tatarlar Stalin davrida universal surgunni boshdan kechirgan bir nechta etnik guruhlardan biri boʻlgan. U Oʻzbekistondagi maktabda oʻqib, 1989-yilda Qayta qurish davrida Qrimga qaytib kelguniga qadar oilasi bilan birga boʻlgan. U yerda 1992-yili Qrim madaniy-maʼrifiy maktabini tamomlagandan soʻng, kinodagi faoliyatini boshlagan.
Faoliyati 1992-yildan 2004-yilgacha Simferopol davlat Qrim-tatar teatrida ishlagan. Teatrda bir nechta spektakllarni, shu jumladan Aleksandr Pushkin asarlarini ijro etgan. 2005-yilda Dneprning chap qirgʻogʻidagi Kiyev akademik drama va komediya teatrida ish boshlaydi. 2009-yilda oʻzining birinchi filmi „Quartet for Two“ filmini sahnaga qoʻygan.
Axtem 2018-yil 29-mayda Rossiya nazorati ostidagi Qrimda hibsga olingan kinorejissyor Oleg Sentsovni qoʻllab-quvvatlab bayonot bergani sababli.
Oilasi Aktrisa Ivanna Diadiura bilan turmush qurib, ularning turmushidan uchta farzandi boʻlgan. Katta qizi – Nazli, aktrisa, raqqosa va model boʻlib, „Haytarma“ da ham rol oʻynagan.
Filmografiyasi
Aktyor Aktyorlik faoliyati Yil Film Rol 2003-yil Mamay Oʻrtanchi akasi Umay 2004-yil Moskovskaya saga (qism) Tatarskiy triptikh Stambulskiy soxti / Rustem 2005-yil Muhtarʼs return-2 Safiullin 'Zoloti khloptsi (qism) Navizhena Avtoturargohning xavfsizlik xodimi 2006-yil Bohdan-Zynoviy Khmelnytskyi Muhtarʼs return−3 Timur Xazov Zhinocha robota z ryzykom dlia zhyttia Artem Polonskiy 2007-yil Zhaha ekstrymu Nikita 2008-yil Prityazhenie Arkadiy (Aleksandr Nikolaevichning oʻgʻli) 2009-yil Osinni kvity Meshochnik poezdda 2011-yil Temni vody (qism) 2012-yil Actor, or the Love not after playwright (tugallanmagan) 2012-yil Svaty-6Murat Vladlenovich (Bukovel egasi) 2012-yil Haytarma Amet-xon Sulton 2015-yil Hvardiya Tatar Tsentralna likarnya Rustam Agalarov 2016-yil Ya z toboyu AndriyDen nezalezhnosti. Vasyl StusVasil StusSkhidni solodoshchiIbrahim Na liniyi zhyttia Sergey Zadorojniy 2017-yilPravylo boyuQora kiyimdagi odam 2017-yil Chujaya molitva 2018-yil Spisok zhelaniy Leonid Kaufman (shahar hokimi)
Direktor Direktorlik faoliyati Yil Film 2013-yil Haytarma 2017-yil Cyborgs: Heroes Never Di Anotherʼs Prayer
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ukrainalik aktyorlar Turkum:Ukraina kishilari Turkum:XXI asr ssenariychilari