Xelena Kagan (25-sentyabr 1889-yil, Toshkent, Turkiston oʻlkasi) – shifokor, isroillik pediatriya kashfiyotchisi. Quddusda ishlagan. Hadassa tashkiloti homiyligida ishlagan. Xelena bolalarni ota-onalarining dinidan qatʼi nazar beminnat davolagan.

Tarjimai holi Xelena Kagan Toshkentda (hozirgi Oʻzbekiston) Rigalik yahudiy er-xotin Moshe va Miriam Kagan oilasida tavallud topgan. Ularning Noax ismli oʻgʻli ham bor edi. Uning otasi, muhandis, nasroniylikni qabul qilishdan bosh tortgan va shu sababli ishidan ayrilgan. Biroq, ota-onasi Xelena va uning akasi uchun maktab taʼlimiga pul topdilar va bolalar 1905-yilda maktabni tugatdilar .

Kagan Bern Konservatoriyasining Musikschule da fortepiano chalishni oʻrgangan. Soʻng Bern universitetida pediatriya boʻyicha tahsil olgan va uni 1910-yilda tugatgan.

Kagan 1936-yilda Budapesht torli kvarteti aʼzosi boʻlgan skripkachi Emil Xauzerga turmushga chiqdi va Quddus musiqa va raqs akademiyasiga asos soldi. U 1978-yil 22-avgustda farzand koʻrmay vafot etdi.

Tibbiyotdagi oʻrni Xelena Kagan 1914-yil bahorida Quddusga koʻchib oʻtdi. Tibbiyot bilan shugʻullanish uchun litsenziya ololmadi va uyida klinika ochishga qaror qildi. Yosh arab va yahudiy ayollarni akusherlik va hamshiralikka oʻrgatdi .

1916-yilda vabo epidemiyasi tarqalgani sababli soʻnggi ikki erkak shifokor Usmonli hukumati tomonidan shahardan chiqarib yuborilgandan soʻngIt Takes a Dream: The Story of Hadassah. Gefen Publishing House Ltd., Kagan litsenziya oldi va kichik bolalar shifoxonasida pediatr boʻlib ishlay boshladi. UUsmonlilar imperiyasidagi yagona ayol shifokor edi. Xelena 1925-yilgacha pediatriya boʻlimi mudiri sifatida kasalxonani boshqargan .

Mukofotlari Xelena 1975-yilda jamiyat va davlat rivojiga qoʻshgan alohida hissasi uchun Isroil mukofoti bilan taqdirlangan. Bikur-Xolim kasalxonasining pediatriya boʻlimi va Quddusdagi Katamonim shahridagi jamoat markazi 1962–1968-yildan beri uning nomi bilan atalgan. Kagan umrining oxirgi yillarida sogʻliqni saqlash boshqarmasi maslahatchisi boʻlib faoliyat yuritdi.

Manbalar

Turkum:1978-yilda vafot etganlar Turkum:24-sentyabrda vafot etganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:1889-yilda tugʻilganlar Turkum:25-sentyabrda tugʻilganlar Turkum:22-avgustda vafot etganlar