Sergey Konstantinovich Pokatilov (; 30-dekabr 1950-yil, Ashxobod – 11-avgust, 1979-yil, Kamianske) – sovet va oʻzbek sobiq futbolchisi, darvozabon pozitsida oʻynagan.

Tarjimayi holi Sergey Turkmaniston SSR futboli maktabi tarbiyalnuvchisi hsioblanadi. Sergeyning birinchi murabbiylari V. Kuznetsov va S. Zolotarev undagi iqtidorni payqab Ashxobodning „Quruvchi“ jamoasiga tavsiya qilshgan. Dastlabki faoliyatini 18 yoshida, 1968-yilda Ashxobodning „Stroitel“ jamoasi tarkibida boshlagan. „Stroitel“ jamoasi darvozasini 5 yil davomida himoya qilganidan soʻng, 1974-yilda Oʻzbekiston SSRning bayroqdor jamoasi, Toshkentning „Paxtakor“ klubi tarkibiga oʻtgan. 1975-yilgi mavsumda jiddiy jarohat oldi va uzoq vaqt davolanishiga toʻgʻri kelgan. Oʻz sport formasini tiklagan Sergey yana „Paxtakor“ klubida mashgʻulotlardagi mehnati evaziga birinchi darvozabon boʻlish huquqini qoʻlga kiritagan. 1977-yilda jamoa SSSR Oliy Ligasiga qaytganida, Sergey jamoaga katta yordam berdi, bir qancha oʻyinlarni, ayniqsa, ikkinchi davrada juda yaxshi saviyada oʻtkagan. Sergey toshkentliklar klubi tarkibida 6 yil davomida oʻynagan.

Manbalar

Havolalar

Sergey Pokatilov Footballfacts saytida futbolchi profili

Turkum:30-dekabrda tugʻilganlar Turkum:1950-yilda tugʻilganlar Turkum:Ashxobodda tugʻilganlar Turkum:11-avgustda vafot etganlar Turkum:1979-yilda vafot etganlar Turkum:Kamianskeda vafot etganlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Turkmanistonlik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Kopetdag futbol klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Dneprodzerjinsk osmonida 1979-yil 11-avgustda aviahalokatda halok boʻlganlar