Mirzayusuf Hakimovich Rustamboyev (, 15-oktyabr, 1953-yil, Jambul, Qozogʻiston SSR) – oʻzbek huquqshunosi, yuridik fanlar doktori, professor. 2021-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshligʻi. 2001-yildan 2012-yilgacha Toshkent yuridik instituti rektori.
Biografiya 1975-yilda Toshkent universitetining yuridik fakultetini bitirgan.
1977—1983-yillarda Oʻzbekiston SSR prokuraturasida ishlagan.
1983—2001-yillarda Toshkent yuridik institutida metodistdan prorektor lavozimigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtdi.
2001—2012-yillarda Toshkent davlat yuridik instituti rektori boʻlgan.
2001—2002-yillarda davlat boshqaruvini demokratlashtirish va referendum oʻtkazish boʻyicha respublika ishchi guruhi aʼzosi.
2005—2010-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi, Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari boʻlgan.
2021-yil 22-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshligʻi etib tayinlandi va unga polkovnik harbiy unvoni berildi.
„Shaxsga qarshi jinoyatlar“, „Oʻzbekiston Respublikasining jinoyat huquqi“ darsliklari muallifi. Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti va yuridik ensiklopediyasi tahrir hay’ati aʼzosi boʻlgan.
Oilasi Oʻgʻli Sardor Rustamboyev – diplomat, siyosiy fanlar nomzodi. 2018-yildan 2024-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining Fransiya va Portugaliyadagi, 2024-yildan Hindistondagi elchisi.
Mukofotlari 2002-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yurist faxriy unvoni berilgan
2021-yilda Toshkent davlat yuridik universitetining faxriy professori unvoni bilan taqdirlandi.
2022-yilda 2-darajali „Shon-sharaf“ ordeni bilan taqdirlangan.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari