San José (ispancha talaffuzi:[saŋ xoˈse]) – Urugvay davlatining departamentlaridan biri. Poytaxti San José de Mayo shahri. Gʻarbda Koloniya departamenti, shimolda Flores departamenti va sharqda Florida, Kanelones va Montevideo departamentlari bilan chegaradosh. Departamentning janubiy chegaralari Rio de la Platadagi qirgʻogʻi boʻylab oʻtgan.
Aholisi
2011-yilgi statistik maʼlumotlarga koʻra, San José departamentida 108,309 (53,998 erkak va 54,311 ayol) nafar aholi va 43,023 ta xonadon mavjud. Oʻsha vaqtda San José departamentining 16,471 nafar aholisi qishloqlarda yashagan.
San José departamentining 2010-yildagi maʼlumotlar asosidagi demografik koʻrsatkichlari:
Aholi oʻsish sur’ati: 0.941% Tugʻilish darajasi: 14.60 tugʻilish/1000 kishi Oʻlim darajasi: 8.44 oʻlim/1000 kishi Oʻrtacha yoshi: 33.2 (32.1 erkaklar/34.2 ayollar) Tugʻilganda kutilayotgan umr koʻrish: Umumiy aholi: 77.72 yosh Erkaklar: 73.90 yosh Ayollar: 81.61 yosh Uy xoʻjaligining oʻrtacha daromadi: oyiga 24,747 peso Aholi jon boshiga shahar daromadi: oyiga 9,928 peso
Asosiy shahar markazlari Shahar / Qishloq Aholi soni San José de Mayo 36,743 Ciudad del Plata 31,145 Delta del Tigre Villas 20,239 Libertad 10,166 Playa Pascual 6,870 Rodríguez 2,604 Ecilda Paullier 2,585 Santa Mónica 1,662 Puntas de Valdez 1,491 Monte Grande 1,287 Rafael Perazza 1,277 Safici 1,087 2011-yildagi maʼlumotlarga asoslangan.
Boshqa shahar va qishloqlari Shahar / Qishloq Aholi soni Ituzaingó 771 Raigón 738 Villa María 620 Capurro 517
Manbalar
Havolalar INE map of San José Department San José Department, Enciclopedia Geográfica del Uruguay Junta Departamental de San José Nuestra Terra, Colección Los Departamentos, Vol.1 „San José“
Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Urugvay departamentlari