Saudi Aramco (Arabcha: أرامكو السعودية ʾArāmkū as-Suʿūdiyyah), rasman Saudi Arabian Oil Group yoki qisqacha Aramco, asosiy ulushi Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan egalik qilinadigan saudiya neft va tabiiy gaz shirkatihttps://www.aramco.com/en/who-we-are/overview/our-history#:~:text=Aramco%20traces%20its%20beginnings%20to,The%20work%20began%20right%20away. 2022-yil holatiga koʻra, shirkat daromadi boʻyicha dunyodagi eng katta ikkinchi kompaniyadir. Saudi Aramconing bosh qarorgohi Dhahran shahrida joylashgan. Shirkat global korporatsiyalar tarixida bir necha bor eng katta yillik daromadga ega kompaniyaga aylangan. Saudi Aramco butun dunyodagi aniqlangan eng katta ikkinchi xom neft zaxiralariga ega va bu 270 milliard barreldan ortiq(43 milliard kub metr)ni tashkil etadi. Shu bilan birga shirkat butun dunyodagi barcha neft ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ichida eng katta kunlik neft qazib olish hajmiga ega. Shirkatga 1933-yilda Kaliforniyada asos solingan va 1952-yilda shtab-kvartirasini Saudiya Arabistoniga koʻchirganhttps://www.aramco.com/en/who-we-are/overview/our-history#:~:text=Aramco%20traces%20its%20beginnings%20to,The%20work%20began%20right%20away.

Saudi Aramco dunyodagi eng yirik yagona uglevodorod tarmogʻi – Master Gas Systemni ham boshqaradi. Saudi Aramco 2013-yilda xom neft ishlab chiqarish hajmi 3,4 milliard barrelni (540 million kub metr) tashkil etgan va shirkat Saudiya Arabistonidagi yuzdan ortiq neft va gaz konlarini nazorat qiladi. Shu jumladan ushbu konlarda jami 288,4 trillion standart kub fut tabiiy gaz zaxiralarini mavjud. Sharqiy provinsiya hududlarida Saudi Aramco eng koʻzga koʻringan quruqlikdagi va offshordagi eng katta konlar Ghavar va Safaniyada neft ishlab chiqaradi.

2019-yil 11-dekabr kuni Tadawul fond birjasida shirkat aksiyalari savdosi boshlandi. Bitta aksiyaning qiymati 35,2 saudiya riyoligacha koʻtarilib, shirkatning bozor kapitalizatsiyasi 1,88 trillion AQSH dollarini tashkil etdi. Savdolar davom etgan ikkinchi kunda Saudi Aramconing bozor qiymati 2 trillionlik marrani zabt etdi. Butun Tadawulning bozor kapitallashuvi 2,22 trillion AQSh dollariga teng boʻlgan. 2023 yilgi Forbes Global 2000 roʻyxatida Saudi Aramco dunyodagi ikkinchi eng yirik aksiyadorlik jamiyati sifatida qayd etilgan.

Tarixi Saudi Aramconing kelib chiqish tarixi Birinchi jahon urushidagi neft taqchilligi hamda 1920-yildagi Birlashgan Qirollik va Fransiya oʻrtasidagi San Remo Petroleum Agreement bitimiga binoan Amerika Qoʻshma Shtatlari kompaniyalarining Mesopotamiyadan chiqarib yuborilishiga borib taqaladi. AQSh mamuriyati 1921-yilda savdo kotibi Gerbert Guver boshlagan „Ochiq eshiklar siyosati“ni qoʻllab quvvatlardi. Standard Oil of California (SoCal) xorijdan yangi neft manbalarini qidirayotgan oʻsha AQSH shirkatlari qatorida edi.

SoCal 1932-yil 30-mayda oʻzining shoʻba kompaniyasi Bahrain Petroleum Co. (BAPCO) orqali Bahraynda neft qazib olishni boshladi. Bu voqea Arabiston yarimorolidagi istiqolli neft havzalariga qiziqishni oshirdi. 1933-yil 29-mayda Saudiya Arabistoni hukumati Iraq Petroleum Co.dan raqobatda oʻtib ketish uchun SoCal shirkatiga imtiyoz berdi. Ushbu konsessiya SoCalga Saudiya Arabistonida neft qidiruv operatsiyalarini amalga oshirishga ruxsat berdi. SoCal ushbu imtiyozni oʻzi toʻliq egalik qiluvchi California-Arabian Standard Oil (CASOC) shoʻba korxonasiga topshirdi. 1936-yilda kompaniya neftni topishda muvaffaqiyatsizlikka uchragani sababli, Texas Company (Texaco) shirkati imtiyozning 50% ulushini sotib oldi. Toʻrt yillik samarasiz izlanishlardan soʻng, birinchi muvaffaqiyatli neft qudugʻi 1938-yilda Dhahrandagi Dammam № 7 nomli burgʻulash maydonida topildi. Bu quduqdan zudlik bilan kuniga 1500 barreldan ortiq (240 m3/kun) chiqa boshladi va bu shirkatga burgʻulash ishlarini davom ettirish uchun ishonch bagʻishladi. 1944-yil 31-yanvarda shirkat nomi California-Arabian Standard Oil Co.dan Arabian American Oil Co. (yoki Aramco)ga oʻzgartirildi. 1948-yilda, Standard Oil of New Jersey (keyinchalik Exxon) shirkatning 30% and Socony Vacuum (keyinchalik Mobil) esa shirkatning 10% ulushini sotib oldi. SoCal va Texaco esa teng miqdorda 30%dan ulushlarini saqlab qolishdi. Ushbu yangi kelgan kompaniyalar Iraq Petroleum Co.ning ham aksiyadorlari edilar va bu kelishuvga erkin kirishlari uchun Red Line Agreementdagi chekloʻvlarni olib tashlashlari kerak edi.

1949-yilda ARAMCO Abu-Dabi amirligiga bostirib kirdi va bu Abu Dabi va Saudiya Arabistoni oʻrtasida chegara mojarosiga sabab boʻldi. 1950 yilda qirol Abdulaziz oʻz mamlakatining neft obyektlarini milliylashtirish bilan Aramcoga tahdid qilish orqali Aramkoni foydasini teng ikkiga boʻlishga boʻsim qildi.

Shunga oʻxshash hodisa bir necha yil oldin Venesueladagi Amerika neft kompaniyalari bilan ham sodir boʻlgan edi. Amerika hukumati AQSHning Aramco shirkatidagi aʼzo kompaniyalarga qirol Abdulazizga berilgan foydaga teng miqdordagi soliq imtiyozlarini berdi. Yangi tartibdan koʻp oʻtmay shirkatning bosh qarorgohi Nyu Yorkdan Dhahranga koʻchirildi. 1951-yilda shirkat dunyodagi eng yirik offshor kon boʻlgan Safaniya neft konini topdi. Aramco 1957-yilda bir-biriga bogʻlangan kichik neft havzalarini topdi va bu quruqlikdagi eng katta neft konidir.

1975-yilda Saudiya Arabistonining ikkinchi besh yillik iqtisodiy rejasiga Master Gas Plan loyihasi ham kirardi. Tabiiy gaz gazni yoqish oʻrniga uni elektr energiyaga aylantirish uchun ishlatilina boshlandi. Reja associated gazdan foydalanishni nazarda tutgan edi, ammo 1985 yilga kelib, Aramco kuniga bir milliard standart kub fut non-associated gazni kiritishga muvaffaq boʻldi. Ushbu non-associated gaz neft qazib oluvchi Arab Zonasidan 650 metr (2130 fut) pastda joylashgan ohaktosh qatlami boʻlgan Kuff qatlamidan qazib olingan. 1994-yilda Aramco shirkati Jawf qumtoshi qatlamining chuqurrogʻida gazni topdi va uni qayta ishlash uchun Hawiyah va Haradhda zavodlar qurdi. Bu Master Gas Systemning quvvatini kuniga 9,4 milliard standart kub futga oshirdi.

Olti kunlik urush 1973-yilda AQSh Olti kunlik urush paytida Isroilni qoʻllab-quvvatlagani sababli, Saudiya Arabistoni hukumati Aramco aktivlarining 25% „ishtirok ulushini“ oʻzlashtirib oldi. Saudiya hukumati 1974-yilda ishtirok ulushini 60%ga oshirdi va 1976-yilga kelib qolgan 40% ulushga ham ega chiqdi. Aramco 1988-yilgacha Saudiya Arabistoni hukumati nomidan Saudiya Arabistoni neft konlaridagi oʻzining imtiyozli ulushini oʻz ichiga olgan sobiq Aramco aktivlarini boshqarishda davom etdi. 1988-yilning noyabr oyida qirollik farmoni bilan sobiq Aramco (yoki Saudi Aramco) aktivlarini nazorat qilish uchun Saudiya Arabistoni hukumati yangi neft shirkati – Saudi Arabian Oil Company tashkil etdi va Aramco va uning sheriklaridan neft va gaz konlari tortib olib, Saudiya Arabistoni neftini boshqarish va operatsion nazoratini ushbu shirkatga topshirdi. 1989–90-yillarda Ar-Riyoddan janubdagi uchta hududda yuqori sifatli neft va gaz konlari topildi: poytaxtdan 124 km janubi-sharqda joylashgan Ragʻib hududida.

Koʻrfaz Urushi 1990-yilning sentyabr oyida Fors koʻrfazi urushi boshlanganidan soʻng, Aramco Iroqqa kiritilgan savdo embargosi va Quvaytga bostirib kirilishi ​​tufayli jahon bozoriga yetib bormayotgan neftning oʻrnini bosishi kutilgandi. Bu esa global neft bozorini barqaror ushlab turish uchun kuniga qoʻshimcha 4,8 million barrel (Mbpd) ishlab chiqarishni anglatardi. Bundan tashqari, Aramco BMT birlashgan kuchlarining barcha aviatsiya va dizel ehtiyojlarini taʼminlashi ham kutilgandi. Aramco 146 Harmaliyah, Khurais, and Ghawar neft quduqlarini gaz va neftni ajratish zavodlari va 1980-yillarda neft narxining qulashi paytida ishdan chiqqan tuzli suvni tozalash quvurlari bilan birga qayta ishga tushirdi. Kundalik ishlab chiqarish 1990-yil dekabr oyida 5,4 Mbit/sn iyulda 8,5 Mbit/sgacha koʻtarildi.

1990-yildan boshlab Aramco Osiyo bozorida ham xom neft sotishni kengaytirishga kirishdi. Shu jumladan, Janubiy Koreya, Filippin va Xitoy bilan kelishuvlarga erishildi. 2016 yilga kelib, Aramco xom neft savdosining taxminan 70%i Osiyo bozori hissasiga toʻgʻri keldi.

2000-yillar 2001-yil may oyida Saudiya Arabistoni Gas Initiative rejasini eʼlon qildi. Bu loyiha sakkizta yirik bozor kapitalizatsiyasiga ega neft va gaz kompaniyalari bilan gazning yuqori oqimidagi maydonlarda toza gazni qidirish uchun uchta qoʻshma korxona tuzishni taklif qilardi. Core Venture 1 oʻz ichiga janubiy Ghawar and shimoliy Rubʼ Al-Khali, Core Venture 2 oʻz ichiga Qizil dengiz, Core Venture 3 esa Shaybah and Kidan hududlarini oʻz ichiga olardi. 2003-yilda Royal Dutch Shell va TotalEnergies Saudi Aramco bilan Core Venture 3 boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻydi. 2004-yilda Core Venture 1 uchta alohida qoʻshma korxonaga aylandi. Saudi Aramco Lukoil bilan oʻzida 20 foiz ulushni saqlab qoladigan birinchi, Sinopec bilan ikkinchi va Repsol bilan uchinchi qoʻshma korxonalarni tashkil etdi.

2004-yilga kelib, Aramco kuniga 10 million barrrel neft ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan boʻlsa, kompaniya mavjud quvvatdan kuniga 8,6 million barrel ishlab chiqargan. 2005-yilda Aramco ishlab chiqarish va qayta ishlash quvvatini oshirish hamda burgʻulash qurilmalari sonini ikki barobarga oshirish orqali kunlik qazib olish quvvatini sutkalik 12,5 million barrelgacha oshirishni koʻzda tutgan 50 milliard AQSh dollarlik besh yillik rejani ishga tushirdi.

2005-yilda Saudi Aramco 781 milliard AQSH dollariga teng bozor kapitalizatsiyasi bilan dunyodagi eng yirik kompaniyaga aylandi.

2008-yil iyun oyida xom neft narxi bir barrel uchun 130 AQSh dollaridan oshib ketganida Aramco ishlab chiqarish hajmini kuniga 9,7 million barrelgacha oshirishini eʼlon qilgan. 2009-yil yanvar oyida narxlar keskin tushib ketganidan soʻng, Aramco ishlab chiqarishni kuniga 7,7 million barrelgacha qisqartirishini eʼlon qilgan.

2011-yilda Saudi Aramco Karan Gas Field konidan gaz qazib olishni boshladi. Shirkat kondan kuniga 400 million standart kub futdan ortiq gaz chiqarardi.

2016-yil yanvar oyida Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Al Saud davlat kompaniyasining aksiyalarini roʻyxatga olinishini va aksiyalarning 5% atrofidagi qismini sotilinishi hamda bu orqali Saudiya Arabistoni uchun yirik suveren jamgʻarmasini yaratish imkoniyatini koʻrib chiqayotganini maʼlum qilgan.

2017-yilning 26-aprelida Saudiya Arabistoni xavfsizlik kuchlari Yaman hududidan Aramco neft tarqatish markaziga kelayotgan boshqaruvchisiz kema hujumining oldini olgan.

The Wall Street Journal 2018-yil sentyabr oyida Aramco xalqaro texnologiya firmalariga sarmoya kiritish uchun 1 milliard AQSh dollari miqdoridagi venchur kapitali fondini koʻrib chiqayotganini xabar bergan.

2019-yil iyun oyida Financial Times xabarida Aramco vazirlik xarajatlarini koʻtarayotganini aytilgan. Nashrning qoʻshimcha qilishicha xarajatlar Energetika vaziri Xolid Al-Falihning kompaniya bilan bogʻliq va diplomatik safarlari, shuningdek, hashamatli mehmonxonalarda tunashini ham oʻz ichiga olgan. Biroq, hukumatparast nashrning bildirishicha Falihning olib borayotgan siyosati uning xarajatlaridan ancha koʻproq qoʻshimcha neft daromadlarni olib kelgan.

2019-yil sentyabr oyida Saudiya Arabistoni Yosir Al-Rumayyanni Aramco boshqaruvi raisi etib tayinladi. Al-Rumayyan 2015-yildan buyon qirollikning suveren jamgʻarmasi rahbari lavozimida ishlab kelayotgan Xolid Al-Folih oʻrniga ushbu lavozimga tayinlangan.

2012-yilgi kiber hujum Aramco kompyuterlari 2012-yilning 15-avgust kunida kompyuter virusi tomonidan hujumga uchradi. Ertasi kuni Aramco zararlangan kompyuterlarning hech biri toʻgʻridan-toʻgʻri neft ishlab chiqarish bilan bogʻliq tarmoqning bir qismi boʻlmaganligi va kompaniya tez orada toʻliq ish faoliyatiga qaytishini eʼlon qilgan. Xakerlar kompyuter virusi tarqalishi uchun javobgarlikni oʻz zimmalariga olgan. Virus neft va energetika sanoatidagi kompaniyalarga zarar yetkizgan. „Cutting Sword of Justice“ nomli guruh Saudi Aramconing 30 000 ish stantsiyasiga uyushtirilgan hujum uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olgan.