Viktor Vladimirovich Mahmudov () — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining kotibi boʻlgan oʻzbek harbiy rahbari va xavfsizlik xizmati xodimi. Bu lavozimga 2013-yil 21-sentyabrda tayinlangan.

Biografiyasi 1968-yilda harbiylar oilasida tug‘ilgan. Uning otasi Vladimir Mahmudov (general) Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi boshlig‘i bo‘lgan. Uning bobosi Nosir Mahmudov O‘zbekiston Kompartiyasi Qoraqalpog‘iston qo‘mitasining birinchi kotibi bo‘lgan.

Viktor Mahmudov 1990-yilda Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurtini tamomlagan. 2008-yil 9-oktyabrdan 2010-yil 9-iyungacha Toshkent harbiy okrugi qoʻshinlari qoʻmondoni boʻlgan. 2010-2013-yillarda Oʻzbekiston Mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari va Bosh shtab boshligʻi lavozimlarida ishlagan. 2013-yilda Birinchi Prezident Islom Karimov Farmoni bilan Xavfsizlik kengashi kotibi etib tayinlangan.

2015-yil 14-yanvarda general-leytenant unvoni berilgan.

2020-yil 14-avgustda Otabek Umarov oʻrniga O‘zbekiston triatlon federatsiyasi raisi etib saylandi.

2002-yilda 2-darajali Shon-sharaf ordeni bilan mukofotlangan.

2026-yil 22-avgustda 1-darajali Shon-sharaf ordeni bilan mukofotlangan.

Manbalar

Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekiston generallari Turkum:Oʻzbekiston Bosh shtab boshliqlari Turkum:Toshkentlik harbiy xizmatchilar Turkum:Shon-sharaf ordeni sohiblari Turkum:Oʻzbekiston hukumati