Abu Ahmad as-Sogʻarjiy ( — Abu Ahmad Hasan ibn Ali ibn Jabroil as-Sog‘arjiy) — muhaddis, roviy va mirishkor dehqon.
Abu Ahmad as-Sog‘arjiy ko‘p fazilat sohibi va fiqh ilmi bilimdoni bo‘lib, bo‘sh vaqtlarida dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Manbalarda qayd etilishicha, Abu Ahmad as-Sogʻarjiy hanafiy mazhabi asoschisi Abu Hanifa Noʻmon ibn Sobitning maslakdoshlaridan hisoblangan.
Hadislari Abu Ahmad as-Sogʻarjiy ustozi Abu Umayya Abbos ibn Tayyib as-Sog‘arjiy va Ahmad ibn Hishom al-Ishtixoniylardan hadis ilmini puxta o‘zlashtirgan va ulardan hadis rivoyat qilgan. O‘z navbatida, Abu Ahmad as-Sogʻarjiydan ko‘plab allomalar hadis rivoyat qilganlar.
Vafoti Taxminan 970-yil (hijriy 360-yil)dan keyin oltmish yoshdan oshib vafot etgan.
Adabiyotlar
As-Sam’oniy. Al-Ansāb. — Bayrut: „Dor al-fikr“, 1998. VII, 462; Y. Isayev, A. Abbosov. Ishtixoniy allomalar. — Samarqand: „Munis design group“, 2016. 45; O‘rta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi. — Samarqand: „Imom Buxoriy xalqaro markazi“, 2016. 357.
Manbalar