Nazmi Nidal Nazmi Albadawi (; ; AQShning Shimoliy Karolina shtatida tugʻilgan) — amerika va falastin futbolchisi, hujumkor yarim himoyachi. Falastin terma jamoasida oʻynagan.
Biografiyasi Nazmi Albadawining oilasi Tarshihalik falastinliklar hisoblanib, ular Quvaytda yashashgan. Ammo Iroqning bosib olinishi va undan keyingi Fors koʻrfazi urushi tufayli ular Quvaytdan qochishga majbur boʻlganlar. AQShga kelib, ular Caryga (Shimoliy Karolina) joylashishgan.
Faoliyatining boshlanishi 2010—2013-yillarda Shimoliy Karolina universitetida oʻqiyotganda Nazmi Albadawi universitetning „NCAA“ futbol jamoasida oʻynagan.
2012 va 2013-yozgi kollej mavsumlarida Nazmi Albadawi Milliy premyer ligada „Carolina RailHawks“ yoshlar jamoasi safida oʻynagan.
Klublardagi faoliyati 2019-yil 21-noyabrda Albadawi „North Carolina“ futbol klubi bilan 2020-yilgi mavsum uchun shartnoma imzolagan. 2021-yil 3-fevralda u 2021-yilgi mavsum uchun yangi shartnoma imzolagan. 2021-yil 3-sentabrda Nazmi Albadawi futboldan ketishini eʼlon qilgan. 11-sentabr kuni „New England Revolution II“ futbol klubiga qarshi xayrlashuv uchrashuvida u dubl qayd etgan, natijada u USL ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.
2018-yil 15-yanvarda Nazmi Albadawi „Cincinnati“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi. 14-aprel kuni „Baytlahm Stil“ futbol klubiga qarshi oʻyinda „Cincinnati“ futbol klubi safidagi debyut oʻyinida u gol urdi.
Xalqaro faoliyati 2018-yilning noyabr oyida Albadawi Falastin terma jamoasida oʻynash niyati borligini maʼlum qilgan.
U Falastin terma jamoasi safida 16-noyabr kuni Pokistonga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida gʻalaba toʻpini kiritgan (2:1).
Nazmi Albadawi Osiyo Kubogi-2019 musobaqasida Falastin terma jamoasi tarkibiga kiritilgan. U terma jamoa safida ikkita oʻyinda ishtirok etgan.
Statistikasi №SanaJoyRaqibHisobNatijaTurnir12018-yil 16-noyabr"Faysal Husayniy", Rum, Falastin2 :12:1Oʻrtoqlik uchrashuvi JamoaYilOʻyinlarGollarFalastin201821201970Jami91
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Amerikalik erkak futbolchilar Turkum:Falastinlik erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar