Cecilio Andrés Domínguez Ruiz (; 1994-yil 11-avgustda Paragvayning Asunsion shahrida tugʻilgan) — paragvaylik futbolchi, „Santos Laguna“ futbol klubi va Paragvay terma jamoasi hujumchisi.

Jamoalardagi faoliyati Cecilio Domínguez „Sol de América“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2011-yil 20-noyabrda „Guarani“ futbol klubi bilan oʻyinda u debyut qildi. 18-dekabr kuni „Serro Porteño“ futbol klubiga qarshi bahsda Cecilio Domínguez „Sol de América“ safida ilk golini raqib darvozasiga kiritdi. 2014-yilda Cecilio Domínguez „Nacional“ futbol klubi safida ijara asosida oʻynagan va u jamoasining Libertadores kubogi finaliga chiqishga yordam berdi.

2015-yilda u „Serro Porteño“ futbol klubiga oʻtdi. 31-yanvar kuni „Libertad“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Cecilio Domínguez yangi klubi safida debyut qildi. Oʻsha oʻyinda Domínguez „Serro Porteño“ futbol klubi safida birinchi golini kiritdi. 11-fevral kuni Libertadores kubogi doirasida Venesuelaning „Deportivo Táchira“ jamoasiga qarshi oʻyinda Domínguez gol urgan. 2016-yilda Sudamerikana kubogi bahslarida Cecilio Domínguez Kolumbiyaning „Santa Fe“, „Independiente Medellin“ va „Atlético Nacional“ jamoalariga qarshi oʻyinlarda oltita gol urdi va turnirning eng yaxshi toʻpurari boʻldi. 29-aprel kuni Cecilio Domínguez Libertadores kubogi doirasida Argentinaning „Boca Juniors“ jamoasiga qarshi oʻyinda gol urdi. Oʻsha yili u Paragvay chempionatining eng yaxshi toʻpurari boʻldi.

2017-yil boshida Cecilio Domínguez meksikaning „América“ futbol klubiga koʻchib oʻtdi. 29-yanvar kuni „Veracruz“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Meksika premyer ligasida debyut qildi. Xuddi shu uchrashuvda Cecilio Domínguez „América“ futbol klubi tarkibidagi ilk golini urdi.

2019-yil boshida Cecilio Domínguez Argentinaning „Independiente“ futbol klubiga oʻtgan.

Xalqaro faoliyati 2013-yil boshida Cecilio Domínguez Argentinada boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatining kumush medali sovrindori boʻldi. Turnirda Argentina, Boliviya, Peru, Ekvador, Urugvay va ikki marta Kolumbiya va Chili bilan oʻyinlarda maydonga tushgan. Argentinaliklarga qarshi kechgan bahsda Cecilio Domínguez gol urdi.

Oʻsha yilning yozida Cecilio Domínguez Turkiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Mali, Meksika va Iroq jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

2014-yil 10-oktyabrda Cecilio Domínguez Shimoliy Koreyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Paragvay terma jamoasi safida debyut qildi.

Statistika JamoaMavsumLigaMilliy kubokXalqaro kubokJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolC. Sol de América201121——212012242——2422013255——2552014383——383Jami891100008911C. Nacional2014——2020Jami00002020C. Cerro Porteño2015376—2139720163219—1074226Jami6925001288133C. América2016—20176320—812017—2018338504342112018—201919255—247Jami5813125437425Independiente2018—20198132431562019—20202121050272Jami2934293428Guaraní2020——3232Jami00003232Umumiy faoliyatida24552167301629179

Manbalar

Turkum:Paragvaylik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1994-yilda tugʻilganlar Turkum:11-avgustda tugʻilganlar