Leandro Trossard ((talaffuzi: Liyondro Trossart) 1994-yil 4-dekabrida Belgiyaning Waterschei shahrida tugʻilgan) — Belgiyalik professional futbolchi, Premer liga vakili „Brighton & Hove Albion“ klubi va Belgiya terma jamoasi aʼzosi. Trossard „Genk“ yoshlar akademiyasi tarbiyalanuvchisi ham hisoblanadi.
Klubdagi faoliyati
Genk Trossard 2010-yilda „Bocholt“ akademiyasidan KRC Genk yoshlar akademiyasi tarkibiga qoʻshilgan. 2012-yilda kattalar jamoasi tarkibiga oʻtib,13-may kuni „KAA Gent“ ga 3:1 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinning 87-daqiqasida Steve Prters oʻrniga maydonga tushiriladi. Bu daqiqalar Trossard uchun oʻsha mavsumda ligada oʻynagan yagona daqiqlari boʻlib qoladi. Bir necha mavsum davomida u doimiy ravishda ijara asosida boshqa jamoalarda yuradi.
2013-yilning yanvarida Trossard „Lommel United“ ga ijaraga berib yuboriladi. „Lommel“ jamoasi tarkibida 12 oʻyinida 7 ta gol kiritishga erishadi. Uning „Lommel“dagi debyut oʻyini 2013-yilning 3-fevralida „Sint-Truiden“ga qarshi safardagi oʻyinida boʻladi. Oʻsha oʻyinning 63-daqiqasida Tomas Jutten oʻrniga maydonga tushgan. Oʻyinda „Lommel United“ jamoasi 1:0 hisobida magʻlubiyatga uchraydi. Aytish mumkinki, uning ijara davridagi eng ajoyib oʻyinlaridan birini „KFC Dessel Sport“ga qarshi (3:2) bahsda „Soeverein“ Stadionida 2000 muxlis qarshisida namoyish etadi. Trossard oʻsha oʻyinning 11, 60 (penaltidan) va 74-daqiqalarida gol urib xet-trikni amalga oshiradi va 88-daqiqada zaxiraga olinadi.
2013-yil iyul oyida Trossard KVC Westerloga ijaraga beriladi va 17 ta oʻyinda u 3 ta gol kiritishga erishadi. Debyut oʻyinini 2013-yilning 3-avgustida AFC Tubize bilan oʻyinda oʻtkazadi. Jamoa tarkibidagi dastlabki golini esa 2013-yilning 9-avgustida sobiq jamoasi Lommel United ustidan mehmonda 0:2 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinining 74-daqiqasida kiritadi.
2014-yilning iyulida Trossard yana Lommel Unitedga ijara asosida qaytib keladi. U liganing 33 oʻyinida 16 marta raqib darvozasini ishgʻol qilib, gol urishni davom ettiradi. 2015-yilning 22-martida Racing Mechelenni 6:0 hisobida magʻlub etgan oʻyinda „Lommel“ uchun oʻzining ikkinchi xet-trikiga erishadi. Uning gollari 33, 61 va 69-daqiqalarda kiritiladi. Oʻsha mavsumda „Lommel“ning yuqori ligaga koʻtarilishiga atiga toʻqqiz ochko kamlik qiladi.
2015-yil iyul oyida Trossard bu safar „Leuven“ga ijaraga beriladi. „Luven“ tarkibida 30 ta oʻyinda u 8 ta gol kiritishga muvofiq boʻladi. Eng qizigʻi aynan Genk bilan 2015-yilning 25-iyulida safardagi oʻyinda „Luven“ tarkibida 61-daqiqada Johan Cruizet oʻrniga zaxiradan maydonga tushirilib dubyet oʻyinini oʻtkazadi va 3:1 hisobida magʻlubiyatga uchraydi. Uning „Leuven“ tarkibidagi birinchi goli 2015-yilning 16-avgustida Charleroi SC jamoasi ustidan 2:0 hisobidagi gʻalaba qozonilgan oʻyinning 85-daqiqasida amalga oshiriladi. U yana zaxiradan 82-daqiqada Johan Cruizet oʻrniga maydonga tushiriladi va 85-daqiqada gol uradi.
Brighton & Hove Albion 2019-yil 26-iyun kuni Brighton & Hove Albion Mett Klark Portsmouth FC dan kelganidan soʻng, Trossard bilan toʻrt yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qiladi. Bu klubning 2019-yil yozidagi ikkinchi muhim xaridi boʻladi Trossard 17-avgust kuni Chagʻalaylar (Brighton & Hove Albionni muhlislar „The Seagulls“ yani „Chagʻalaylar“ deb atashadi) safida debyut qiladi va West Ham Unitedga qarshi oʻyinda hisobni tenglashtiradi. Trossard 2019—2020-yilgi mavsumda Norwich Cityga qarshi oʻyinlarda ikkita gol uradi, birinchisi 2019-yil 2-noyabrda uydagi 2:0 hisobidagi gʻalabada va yana 2020-yilning 4-iyulida mehmonda 0:1 hisobidagi muhim gʻalabada Brighton & Hove Albionga quyi uchlikdan uzoqlashishga yordam beradi.
2021-yil 31-yanvar kuni Trossard Tottenham Hotspur ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda yagona golni uradi va Chagʻalaylarning APL 2020—2021-yilgi mavsumda mezbondagi ilk gʻalabasini qoʻlga kiritishga katta hissa qoʻshadi. Trossard Brighton & Hove Albion tarkibida 3-fevral kuni Brighton & Hove Albionning amaldagi chempion Liverpool ustidan 0:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinida 1982-yildan beri APL doirasida ilk bor Enfilddagi gʻalabasini qoʻlga kiritishda katta hissa qoʻshadi. Oʻsha oʻyinda Stiven Alzatning yagona goliga assistentlik qiladi. 2021-yil 14-mart kuni Trossard chagʻalaylar bilan birga Sautgempton ustidan mehmonda 2:1 hisobida gʻalabaga erishadi va bu Brighton & Hove Albionning Premer-liga tarixidagi Sautgemton ustidan qozonilgan dastlabki gʻalabasini taʼminlaydi. Brighton & Hove Albion 2021-yilning 18-may kuni APL doirasidagi Manchester Cityga qarshi baxsda 0:2 hisobida magʻlubiyatga uchrayotgan oʻyinida Trossardning 50-daqiqadagi golidan kiyin oʻziga xos qaytish (Come back)ni amalga oshiradi va yakunda Brighton & Hove Albion 3:2 hisobida gʻalaba qozonadi.
2021—2022-yilgi mavsumdagi ilk golini 11-sentabrda Premer-liganing yangi aʼzosi Brentfordga qarshi safar oʻyinning 90-daqiqasida kiritadi va bu oʻyin taqdirini hal qilgan golga aylanadi. 2021-yil 27-sentabr kuni mavsumning birinchi janubiy london derbisi boʻlib oʻtadi. Unda Brighton & Hove Albion Kristal Pelasga qarshi maydonga tushadi. Oʻyinning 45+2-daqiqasida Trossardning Conor Gallagherga qarshi ishlatgan qoʻpolligidan keyin belgilangan penaltini Wilfried Zaha golga aylantirib birinchi boʻlimni 0-1 hisobida yakunlanishini taʼminlaydi. Biroq 90+5-daqiqada Neal Maupay hisobni tenglashtiruvchi golni urib, janubiy qirgʻoqqlik Chagʻalaylarga yana ochko olib keladi. Trossard 30-oktabr kuni safarda Liverpool darvozasini ishgʻol qiladi. Oʻsha oʻyinda Brighton & Hove Albion 2:0 hisobida gʻalaba qozona turib, 2:2 hisobidagi durrangni qayt etadi. 2022-yil aprel oyida Shimoliy Londoning Arsenali va Tottenhamiga qarshi oʻyinlarda ikkita gol uradi. 9-aprelda Arsenal 2:1 hisobida magʻlub etilgan bahsda hisobni ochuvchi golni oʻradi. Bir haftadan soʻng Tottenxem Hotspur stadionida 90-daqiqada gol kiritib „Tumanli Albion“ dagi 100-uchrashuvida gʻalaba qozonadi. Bu uning mavsumdagi oltinchi goli boʻldi va Chagʻalaylar safiga qoʻshilganidan keyin eng koʻp gol urgan mavsumiga aylandi. 7-may kuni Manchester Unitedga qarshi oʻyinda (4:0) Trossard ikkita golga assistentlik qiladi va koʻkragi bilan gol uradi, bu gol VAR tomonidan potentsial qoʻl bilan oʻyin deb topiladi.
2022—2023-yilgi mavsumdagi birinchi golini esa 4-sentyabrda Leicester City ustidan 5:2 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinida uradi. 21-avgust kuni West Hamga qarshi oʻyinning 66-daqiqasida hisobni 2:0 koʻrinishiga keltiruvchi golni uradi. Oʻyin Brighton & Hove Albionning gʻalabasi bilan yakunlandi va bu West Ham ustidan qozonilgan gʻalabalarning ketma-ket 11-siga aylanadi. 1-oktabr kuni esa navbatdagi oʻyinda Trossard Liverpoolga qarshi safarda (3:3) Premer-ligada xet-trik qayd etgan birinchi Brighton & Hove Albion futbolchisiga aylanadi. Uning birinchi boʻlimdagi dubli 2008-yil oktyabr oyida Wigan futbolchisi Amr Zakidan keyin Enfildda Liverpool darvozasiga birinchi boʻlimda ikkita gol urgan birinchi futbolchiga aylantiradi. Trossardning xet-triki, uning Enfilddagi ikkita oʻyinida toʻrtta gol urganini ham anglatardi. Trossard 22-oktabr kuni ikki karra amaldagi chempion Manchester Cityga safar oʻyinida klubdagi faoliyatida 100-golini urdi.
Milliy terma jamoa Trossard bir necha bor Belgiya terma jamoasiga chaqirilgan. Roberto Martinez uni birinchi marta 2018-yil sentyabrida Belgiya terma jamoasiga chaqiradi, bir oydan kiyin esa, Trossard jarohati tufayli safdan chiqadi, Trossard 2019-yil mart oyida yana zaxira oʻrindigʻida qoladi. 2020-yil 5-sentyabrda Millatlar ligasi doirasida Daniyaga qarshi safardagi oʻyinning 80-daqiqasida Dris Mertensni oʻrniga maydonga tushib terma jamoadagi debyutini amalga oshiradi debyut qilgan. Trossard oʻzining xalqaro maydondagi ilk golini 2021-yilning 30-martida boʻlib oʻtgan JCh-2022 saralashida Belarussiya termajamoasi 8:0 hisobida magʻlub etilgan oʻyinda oʻz mamlakati uchun birinchi golini kiritadi.
Trossard Belgiyaning Evro-2020 uchun 26 kishilik tarkibiga 2021-yil 17-may kuni kiritiladi. Turnir Koronavirus tufayli keyingi yilga qoldirilgani sababli 2021-yil yozida boʻlib oʻtadi. 21-iyun kuni Finlandiyaga qarshi Belgiya terma jamoasi bilan guruh bosqichidagi soʻnggi oʻyinida ilk bor maydonga tushadi. Sankt-Peterburgdagi Krestovskiy stadionida kechgan uchrashuvning 75-daqiqasida Trossard oʻrniga Tomas Meunier maydonga tushadi va B guruhida Belgiya terma jamoasi eng yuqori pogʻonadan joy oladi. Bu uning yagona oʻyini boʻlib qoldi, chunki Belgiya 2-iyul kuni Myunxendagi Allianz Arenada chorak finalda Italiyadan 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchradi.
2021-yil oktabr oyida Trossard Belgiya terma jamoasining Italiyada boʻlib oʻtadigan UEFA Millatlar Ligasi final bosqichida ishtirok etgandi. U ikkita oʻyinida maydonga zaxiradan tushadi. Belgiya yarim finalda Fransiyaga magʻlub boʻladi va uchinchi oʻrin uchun oʻyinda yana Italiyaga yutqazib, toʻrtinchi oʻrinni egallaydi.
2022-yil 29-mart kuni Burkina-Fasoga qarshi oʻz uyida oʻtkazilgan xalqaro oʻrtoqlik oʻyinida Trossard mamlakat milliy terma jamoasi libosidagi uchinchi golini uradi va Hans Vanaken va Kristian Bentekening gollariga assistentlik qiladi. 8-iyun kuni u UEFA Millatlar Ligasi doirasida Polshani 6:1 hisobida magʻlub etgan oʻyinda ikkinchi dublini qayt etadi.
Faoliyat statistikasi
Klub
+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha Oʻyinlar va gollarKlubMavsumLigalarXalqaro turnirLiga kubikYevropaBoshqaJamiDivisionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGoalsOʻyinGolOʻyinGolGenk2011—2012-yilgiBelgian Pro League1000—00—102012—2013-yilgiBelgian Pro League0010—00—102013—2014-yilgiBelgian Pro League0000—00—002014—2015-yilgiBelgian Pro League0000———002015—2016-yilgiBelgian Pro League0000———002016—2017-yilgiBelgian First Division A31650—163—5292017—2018-yilgiBelgian First Division A17721———1982018—2019-yilgiBelgian First Division A341420—118—4722Total8327101—27110012039Lommel United (ijarada)2012—2013-yilgiBelgian Second Division12700———127Westerlo (ijarada)2013—2014-yilgiBelgian Second Division17342———215Lommel United (ijarada)2014—2015-yilgiBelgian Second Division301630——613917OH Leuven (ijarada)2015—2016-yilgiBelgian Pro League30810———318Brighton & Hove Albion2019—2020-yilgiPremier League3150000——3152020—2021-yilgiPremier League3553010——3852021—2022-yilgiPremier League3481000——3582022—2023-yilgiPremier League1370000——137Total113254010000011725Career total3078421310271161355101
Xalqaro maydonda
+Terma jamoa va yil boʻyicha oʻyinlar va gollar Milliy terma jamoa Yil oʻyin gol Belgiya 2020-yil 3 0 2021-yil 11 2 2022-yil 7 3 Jami 21 5
2022-yil 25-sentabrda boʻlib oʻtgan oʻyin holatiga koʻra. Belgiya hisobi birinchi boʻlib koʻrsatilgan, hisoblar ustuni Trossardning har bir golidan keyin hisobni koʻrsatadi.
+Leandro Trossard tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati Yoʻq. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa Havolalar 1 2021-yil 30-mart Den Dreef, Leuven, Belgiya 3-0 8-0 FIFA 2022-yilgi Jahon chempionati saralashi 2 7-0 3 2022-yil 29-mart Constant Vanden Stock Stadium, Bryussel, Belgiya 2-0 3-0 Oʻrtoqlik Oʻyini 4 2022-yil 8-iyun King Boduin stadioni, Bryussel, Belgiya 3-1 6-1 UEFA 2022—2023-yilgi Millatlar ligasi A 5 4-1
Yutuqlar
Genk
2018—2019-yilgi mavsumda Belgiya birinchi divizioni A chempioni 2012—2013-yilgi mavsumda Belgiya kubogi sohibi; Westerlo
2013—2014-yilgi mavsumda Belgiya ikkinchi divizioni chempioni
Eslatmalar
Manbalar
Havolalar
T Belgium Stats Bilgiya futbol assotsatsiyasi rasmiy sahifasi
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Belgiyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari Turkum:Bocholt VV futbolchilari Turkum:KRC Genk futbolchilari Turkum:Lommel SK futbolchilari Turkum:KVC Westerlo futbolchilari Turkum:Oud-Heverlee Leuven futbolchilari Turkum:Brighton & Hove Albion F.C. futbolchilari Turkum:Arsenal F.C. futbolchilari Turkum:Beşiktaş J.K. futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Belgiya Pro-ligasi futbolchilari Turkum:Turkiya Super Ligasi futbolchilari