Andrew Heiskell (1915-yil 13-sentabr — 2003-yil 6-iyul) 1960—1980-yillarda Time Inc kompaniyasining raisi va bosh direktori, shuningdek, New York jamoat kutubxonasi kabi tashkilotlarga xayrixohligi bilan ham tanilgan.1961—1962-yillar mobaynida Inter American Press Association tashkiloti prezidenti lavozimida faoliyat koʻrsatgan.

Biografiyasi Heiskell Neapolda tugʻilgan, u asli amerikalik boʻlgan Ann Moore Hubbard va Morgan Ott Heiskellning ikkinchi farzandi hisoblanadi. Uilingda (Gʻarbiy Virjiniya) turmush qurgan va keyinchalik Kapriga koʻchib oʻtgan. Bolalik yillarini esa xorijda oʻtkazdi.

1946-yilda, endigina 30 yoshida, u Life jurnalining nashriyotichisi boʻldi, soʻngra,1972-yilda, bosh direktor sifatida baʼzi sabablarga koʻra uni yopishga majbur boʻldi. 1974-yilga kelib, People jurnalini yaratdi va bu tez orada unga katta muvaffaqiyatlar olib keldi.

Xalqaro taʼlim institutining Andrew Heiskell mukofoti uning nomi bilan ataladi. Heiskell Rimdagi Amerika akademiyasida sanʼat direktorigi lavozimini tashkil etish uchun katta miqdordagi homiylik mablagʻlarini ajratdi.

Shaxsiy hayoti U uch marotaba uylangan. Uning birinchi xotini Cornelia Scott ismli ayol boʻlib, ularning Diane va Peter ismli ikki farzandi bor edi. Uning ikkinchi xotini esa Hollywood aktrisasi ingliz Madeleine Carroll boʻlib, undan Anne Madeleine ismli bir qizi bor edi. 1965-yilga kelib, u uchinchi xotini, New York Times gazetasi nashriyotchisi Orvil Dryfoosning turmush oʻrtogʻi Marian Sulzberger Dryfoos bilan turmush qurdi.

Kitoblari Andrew Heiskell Ralph Graves bilan (1997), Autsayder, Insider: Muvaffaqiyatsiz Hikoya, Marian-Darien Press,

Manbalar

Havolalar 1987 Kolumbiya universiteti ogʻzaki tarix tadqiqot idorasi intervyusi 2003-yil NY Times nekrologi

Turkum:1915-yilda tugʻilganlar Turkum:2003-yilda vafot etganlar