Isaac Hutchinson () (2000-yil 10-aprelda tugʻilgan) – angliyalik professional futbolchi hisoblanadi. Isaac Hutchinson „Walsall“ futbol klubi safida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Yoshligi va shaxsiy hayoti Isaac Hutchinson Angliyaning Eastbourne shahrida tugʻilgan. Isaac Hutchinson yoshligida Cavendish maktabida oʻqigan.

Faoliyati

Southend United Isaac Hutchinson oʻzining futbolchilik faoliyatini „Ratton Rangers“ futbol klubida boshlagan. Keyinchalik Isaac Hutchinson „Brighton & Hove Albion“ futbol klubi safiga qoʻshildi. Isaac Hutchinson „Brighton & Hove Albion“ futbol klubi safida sakkiz yil oʻynagach, 2018-yilning yozida „Southend United“ futbol klubi safiga qoʻshildi. Bu vaqtdagi transfer davrida Isaac Hutchinson „Sparta Prague“ futbol klubiga qoʻshilish taklifini rad etgan edi. 2018-yil 4-sentyabrda Angliya kubugi doirasidagi uchrashuvda Isaac Hutchinson oʻzining klubdagi ilk oʻyinini oʻtkazishga muvaffaq boʻldi. 2018-yil 15-dekabrda Isaac Hutchinson Angliya ligasidagi ilk oʻyinini oʻtkazdi.

Derby County 2020-yil 2-oktyabr kuni Isaac Hutchinson „Derby County“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. 2021-yil 9-yanvarda Isaac Hutchinson yangi klubdagi ilk oʻyinini Angliya kubogi doirasidagi „Chorley“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazdi. Shundan soʻng, Isaac Hutchinson Angliya Ikkinchi ligasi vakili „Forest Green Rovers“ futbol klubi safiga 2020—2021-yilgi mavsum uchun ijara shartnomasi asosida qoʻshildi. Isaac Hutchinson „Forest Green Rovers“ futbol klubi safida 10 ta oʻyinda maydonga tushdi. Keyin oʻzining asosiy jamoasi „Derby County“ futbol klubi safiga qaytib keldi.

2021-yil 7-avgustda 2021—2022-yilgi mavsumning ochilish oʻyinida Isaac Hutchinson „Derby County“ futbol klubi safida „Huddersfield Town“ futbol klubiga qarshi kechgan uchrashuvda maydonga tushdi. 2021-yil 10-avgustda Isaac Hutchinson klubdagi oʻzining birinchi golini „Salford City“ futbol klubiga qarshi oʻyinda raqib darvozasiga kiritishga muvaffaq boʻldi.

2022-yil 31-yanvarda Isaac Hutchinson Angliya Ikkinchi ligasi vakili „Crawley Town“ futbol klubi safiga mavsum oxirigacha ijara shartnomasi asosida qoʻshildi.

Walsall 2022-yil iyun oyida Isaac Hutchinson 2022-yil 1-iyulidan „Walsall“ futbol klubining asosiy tarkibiga qoʻshilishini eʼlon qildi.

Faoliyat statistikasi +KlubMavsumLigaAngliya kubogiLiga kubogiBoshqaJamiDiviziyaOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarSouthend United2018—2019Angliya Birinchi ligasi800000411212019—2020Angliya Birinchi ligasi2211010102512020—2021Angliya Ikkinchi ligasi2000100030Jami321102051402Derby County2020—2021Angliya chempionati00100000102021—2022Angliya chempionati1000210031Jami1010210041Forest Green Rovers (ijara)2020—2021Angliya Ikkinchi ligasi100000000100Crawley Town (ijara)2021—2022Angliya Ikkinchi ligasi192000000192Jami613204151735

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari