Yaponiyaning Akita prefekturasida joylashgan shaharchadir. 2020-yil 31-yanvar holatiga koʻra, shaharchada 1354 xonadonda 3180 nafar aholi istiqomat qilgan, aholi zichligi esa har kvadrat kilometrga 11 kishidan kelganFujisatoTown official statistics . Shaharning umumiy maydoni 281,98 kvadrat kilometr (108,87 mi²) ni tashkil etadi.
Geografiyasi Fujisato Akita prefekturasining eng shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan hudud boʻlib, janubda Jahon merosi obyekti hisoblanmish Shirakami togʻlari bilan oʻralgan va shimolda Aomori prefekturasi bilan chegaradosh. Shaharchaning oʻzi Shirakami togʻlari etagidagi kichik vodiyda joylashgan. Togʻ yonbagʻirlari yozda yam-yashil, kuzda hayratlanarli tarzda toʻliq sargʻimtir olovrang tusga kiradi, qishda esa oq qor bilan qoplanadi. Togʻlarning oʻrtasida joylashganligi sababli, Fujisatoda harorat tunda sezilarli darajada sovuq boʻlishi mumkin, qor yogʻishi qoʻshni munitsipalitetlarga qaraganda bir oz koʻproq miqdorda boʻladi.
Qoʻshni munitsipalitetlar
Akita prefekturasi Noshiro Ōdate Kitaakita Happo Aomori prefekturasi Ajigasava Nishimeya
Tarixi Edo davrida hozirgi Fujisato hududi Tokugava syogunati ostida Kubota domenini boshqargan Satake urugʻi hukmronlik qilgan, hudud qadimgi Deva viloyatining bir qismi boʻlgan. Hudud 1884-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining tashkil etilishi bilan Yamamoto tumanidagi, Akitadagi qishloqlaridan biri sifatida tashkil etilgan. Fujisato qishlogʻi 1955-yil 31-martda Yamamoto tumanidagi Fujigoto va Kasuge qishloqlarining qoʻshilishi natijasida tashkil etilgan. 1963-yil 1-noyabrda u shaharcha maqomiga koʻtarildi.
Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraFujisato population statistics, Fujisato aholisi soni taxminan 1950-yilda eng yuqori choʻqqiga chiqqan va oʻshandan beri doimiy ravishda pasayib bormoqda.
Iqlimi Fujisato nam kontinental iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa) boʻlib, katta mavsumiy harorat farqlari kuzatiladi, issiq (va koʻpincha nam) yoz va sovuq (baʼzan qattiq sovuq) qish fasli bu hudud iqlimiga xosdir. Yogʻingarchilik yil davomida sezilarli boʻlsa-da, lekin avgustdan oktyabrgacha eng kuchli darajasi qayd etilgan. Fujisatoda oʻrtacha yillik harorat 10,3 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1471 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 24,3 °C, eng past harorat esa yanvarda, −2,1 °C atrofida boʻladiFujisato climate data.
Iqtisodiyoti Fujisato iqtisodiyoti qishloq xoʻjaligiga asoslangan.
Taʼlim tizimi Fujisatoda bitta davlat boshlangʻich maktabi va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Shaharda oʻrta maktab mavjud emas.
Transporti Fujisatoga na temir yoʻl aloqalari va na Yaponiya milliy avtomobil yoʻllari tizimi xizmat koʻrsatmaydi. Shaharchaga kirish asosan Akita prefekturasi yoʻli 200 yoki 317 orqali amalga oshiriladi.
Manbalar
Havolalar
Rasmiy veb -sayt
Turkum:Akita prefekturasidagi shaharchalar Turkum:Fujisato, Akita