Sirojiddin Sayfiyev (1982-yil 20-avgust – 2019-yil 20-fevral) – yarim himoyachi sifatida oʻynagan oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi. Faoliyatining asosiy qismini Samarqandning „Dinamo“ klubida oʻtkazgan.
Futbolchilik faoliyati Sirojiddin Sayfiyev professional faoliyatini 2001-yilda oʻzining tugʻilgan shahri „Dinamo“ jamoasida boshlagan. „Dinamo“ tarkibida Sayfiyev 2005-yilgacha toʻp surgan va shu vaqt ichida u 107ta oʻyinda maydonga tushib, 5ta gol urgan. 2006-yilda u Qozogʻistonning „Taraz“ klubi bilan shartnoma imzolagan, biroq bu jamoa tarkibida bor-yoʻgʻi uchta oʻyin oʻtkazgan. 2006-yil oxirida u „Taraz“ bilan shartnomani bekor qilib, Oʻzbekistonga qaytgan.
2007-yil boshida „Shoʻrtan Gʻuzor“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. „Shoʻrtan“ tarkibida Sayfiyev ikki mavsum toʻp surdi va shu vaqt ichida 47 ta oʻyinda maydonga tushib, 6 ta gol urgan. 2009-yilda u oʻzining tugʻilgan klubi „Dinamo“ga qaytgan. Sirojiddin Sayfiyev klubning sodiq futbolchilaridan biri boʻlib, u „Dinamo“ tarkibida 200 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 2008-yilda bitta oʻyin oʻtkazgan. 2014-yilda u „Dinamo“ tarkibida jiddiy jarohat oldi. Keyinchalik unga saraton tashxisi qoʻyilgan. 2019-yilning 20-fevralida uzoq davom etgan kasallikdan soʻng vafot etgan. Sirojiddin xotirasiga har yili „Sirojiddin Sayfiyev xotira turniri“ oʻtkazib kelinmoqda.
Manbalar
Havolalar
Sirojiddin Sayfiyev Footballfactsru saytida
Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Shoʻrtan klubi futbolchilari Turkum:Taraz klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Qozogʻistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Qozogʻiston Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari