Salim Mustafoev (1991-yil 7-mart, Samarqandda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi, Samarqandning „Dinamo“ klubida himoyachi ampulasida oʻynaydi. Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan.

Futbolchilik faoliyati

Klub Salim Mustafoyev Samarqandning „Dinamo“ futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Aynan shu klubda u 2009-yilda professional faoliyatini boshlagan. Mustafoyev „Dinamo“ tarkibida 2012-yilgacha toʻp surgan va shu vaqt ichida 67 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan. 2013-yilda Toshkentning „Lokomotiv“ klubi bilan shartnoma imzolagan va 2018-yilgacha oʻynagan. Bu davrda Salim temiryoʻlchilar jamoasi tarkibida 2 marta Oʻzbekiston chempioni, 3 marta Oʻzbekiston kubogi sohibi va 1 marta Oʻzbekiston Superkubogida gʻolib boʻlgan.

2018-yilgi mavsum yozgi transfer oynasida Navoining „Qizilqum“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. Navoiy klubi tarkibida 4,5 yil davomida oʻynagan va bu davrda 105 ta oʻyinda ishtirok etib 2 ta gol muallifi boʻlgan. 2023-yil Samarqandning „Dinamo“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

Terma jamoada Salim Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi tarkibida 2014-yilgi Osiyo oʻyinlarida ishtirok etgan. U 2011-yilning 28-iyul kuni Oʻzbekiston terma jamoasidagi debyut uchrashuvini Qirgʻizistonga qarshi oʻtkazgan.

Yutuqlar

Oʻzbekiston Superligasi chempioni: 2014, 2017 Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2014, 2016, 2017 Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2015-yil

Havolalar

Salim Mustafoyev Footballfactsru saytida Salim Mustafoyev Soccerway saytida Salim Mustafoyev Transfermarkt saytida

Turkum:1991-yilda tugʻilganlar Turkum:7-martda tugʻilganlar Turkum:Samarqandda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Qizilqum klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 2014 futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar