Abduvohid Neʼmatov (2001-yil 20-martda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional futbolchi, Nasaf klubi va futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni.
Futbolchilik faoliyati Qarshi shahrining „Nasaf“ klubi tarbiyalanuvchisi. 2017-yilgi mavsumda ilk bor oʻyinlarda „Nasaf“ jamoasi qaydnomasidan oʻrin olgan. 2019-yilning 26-aprel kuni Olmaliqning „OKMK“ jamoasiga qarshi professional debyut oʻyinini oʻtkazgan. Nasaf jamoasidagi faoliyati davomida Oʻzbekiston Superligasning bir necha bor oy murabbiyi tanlovida gʻolib boʻlgan. „Nasaf“ jamoasi bilan birgalikda uch marta Oʻzbekiston Kubogi sohibi, ikki marta Oʻzbekiston Superkubogida gʻolib boʻlgan. Abduvohid Qarshi jamoasi tarkibida klublar oʻrtasidagi Osiyo musoboqalarida 19 ta oʻyinda ishtirok etgan.
Xalqaro Oʻzbekiston U23 terma jamoasi aʼzosi sifatida 2020 (toʻrtinchi oʻrin), 2022 (ikkinchi oʻrin) va 2024-yillarda (ikkinchi oʻrin) yoshlar terma jamoalari oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etgan. 2024-yilgi turnir davomida Neʼmatov finalda Yaponiya jamoasiga qarshi oʻyinda bor-yoʻgʻi bitta gol oʻtkazib yuborgan va musobaqa natijalariga koʻra u eng yaxshi darvozabon deb topilgan.
Neʼmatov Oʻzbekiston milliy terma jamoasidagi debyutini 2020-yilning 3-sentyabr kuni Tojikistonga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida oʻtkazganUzbekistan 2-1 Tajikistan. 2023-yilgi CAFA Millatlar Kubogi ishtirokchisi. Abduvohid Oʻzbekiston terma jamoasining Qatarda boʻlib oʻtgan 2023-yilgi Osiyo Kubogi uchun qaydnomasiga kiritilgan, ammo turnirda birorta ham oʻyin oʻtkazmagan.
Futbol boʻyicha 2026-yilgi jahon chempionati uchun Oʻzbekiston terma jamoasi qaydnomasidan oʻrin olgan.
Yutuqlar Klub Nasaf Oʻzbekiston Superligasi gʻolibi: 2024 Oʻzbekiston Superligasi ikkinchi oʻrin sohibi: 2017, 2020, 2023 Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2021, 2022, 2023 Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2023, 2024, 2025
Shaxsiy Osiyo Kubogining eng yaxshi darvozaboni (23 yoshgacha): 2024
Mukofotlari 2025-yil 6-iyunda Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Manbalar
Havolalar
Abduvohid Nematov at Soccerway Abduvohid Nematov at FootballDatabase.eu
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2023 futbolchilari Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari Turkum:„Oʻzbekiston iftixori“ unvoni bilan taqdirlanganlar