Javlon Abdulhayevich Ibrohimov (1990-yil 10-dekabrda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi, yarim himoyachi ampulasida oʻynagan.

Futbolchilik faoliyati

Klub Javlon Ibrohimov professional faoliyatini 2007-yilda Toshkentning „Traktor“ jamoasida boshlagan. Oʻsha yilning oxirida „Traktor“ bankrot boʻlib, tarqalib ketganidan soʻng Qarshining „Nasaf“ jamoasiga koʻchib oʻtgan. Nasaf jamoasida bir mavsum davomida va 4 ta oʻyinda maydonga tushgan. 2009-yil boshida Toshkentning „Lokomotiv“ klubi bilan shartnoma tuzib, ikki mavsum davomida „temiryoʻlchilar“ safida toʻp surgan. Lokomotiv klubi tarkibida 25 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan. 2011-yilda Toshkentning boshqa bir klubi „Bunyodkor“ jamoasi safiga oʻtib, 2019-yilgi mavsumgacha faoliyat olib borgan.

2011-yil 24-fevral kuni „Bunyodkor“ sayti Jovlon Ibrohimovni „Bunyodkor“ jamoasi bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan. 2019-yil 18-fevral kuni „Bunyodkor“ Ibrohimovni Janubiy Koreyaning „Suvon“ jamoasiga oʻtganini eʼlon qilgan. U turli klublar safida Oʻzbekiston oliy ligasida 200 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan. Javlon 2020-yilgi mavsumda Navbahor jamoasi safida oʻynagan va mavsum soʻngida faoliyatini yakunlagan.

Xalqaro 2011-yil 25-mart Chernogoriya terma jamoasiga qarshi oʻyinda Oʻzbekiston terma jamoasidagi debyut oʻyinini oʻtkazgan. Ibrohimov Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida JCh-2014 saralash bosqichida ishtirok etgan. Soʻnggi marta 2018-yil6-sentyabrda Suriya terma jamoasiga qarshi oʻyinda ishtirok etgan.

Manbalar

Havolalar

Javlon Ibrohimov Soccerway saytida Javlon Ibrohimov FIFA saytida

Turkum:1990-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Traktor klubi futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Suwon FC futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:K liga 2 futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Janubiy Koreyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar