Aleksandr Kletskov (; 1985-yil 27-sentyabrda tugʻilgan) – Oʻzbekistonlik sobiq futbolchi, futbolchilik faoliyatini Shukura Kobuleti jamoasida yakunlagan.

Futbolchilik faoliyati Aleksandr Kletskov 1985-yil 27-sentyabrda Mari shahrida tugʻilgan. Kletskov faoliyati davomida markaziy himoyachi sifatida futbol oʻynagan. 2003—2004-yillarda Toshkentning „Paxtakor-2“ jamoasida oʻynagan. 2005-yilda „Paxtakor“ klubining asosiy tarkibida debyut qilgan. Ketma-ket toʻrt mavsum davomida toshkentliklar safida oʻtkazgan. Shu vaqt ichida u uch marta Oʻzbekiston chempioni (2005—2007) va bir marta kumush medal sohibi (2008) boʻlgan. Bundan tashqari, uch marta (2005—2007) Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritgan.

2009-yilda „Jiangsu Suning“ klubi bilan shartnoma imzolab, Xitoyga koʻchib oʻtgan. 2010-yilda Kletskov Xitoyning boshq bir klubi, „Tianjin Teda“ jamoasiga koʻchib oʻtgan. Tianjin jamoasi bilan milliy chempionatda kumush medalni qoʻlga kiritgan. Oʻsha yili u „Paxtakor“ klubiga qaytib, Oʻzbekiston chempionatida (2010-yilda kumush, 2011-yilda bronza, 2012-yilda oltin) medallar jamlanmasini qoʻlga kiritgan, shuningdek, mamlakat kubogini (2011) qoʻlga kiritgan. Osiyo Chempionlar ligasida qatnashgan, 7 ta oʻyin oʻtkazgan.

2013-yil 13-iyulda u Turkiyaning Orduspor klubiga oʻtgan va klub bilan bir yillik shartnoma imzolagan, ammo keyinchalik transfer bekor qilingan va futbolchi 6 oyga futboldan chetlatilgan. Kletskov 2014-yilda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasida oʻynagan.

Terma jamoadagi faoliyati 2006-yilning 6-sentyabr kuni Oʻzbekiston terma jamoasidagi faoliyatidagi yagona oʻyinni oʻtkazgan. Osiyo Kubogi saralash bahsida Oʻzbekiston terma jamoasi Gonkong terma jamoasi bilan mehmonda durang oʻynadi (0:0), Kletskov 90 daqiqa maydonda oʻtkazgan.

Yutuqlar

Paxtakor

Oʻzbekiston ligasi (3): 2005, 2006, 2007 Oʻzbekiston kubogi (4): 2005, 2006, 2007, 2009 MDH kubogi : 2007

Manbalar

Havolalar

Turkum:1985-yilda tugʻilganlar Turkum:27-sentyabrda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Jiangsu F.C. futbolchilari Turkum:Tianjin Jinmen Tiger F.C. futbolchilari Turkum:FC Shukura Kobuleti futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Xitoy Superligasi futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 2006 futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi sportchilari Turkum:Gruziyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Xitoydagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari