Noʻmon Ali Xon asli pokistonlik-amerikalikHussein Kesvani, Follow Me, Akhi: The Online World of British Muslims, Oxford University Press, 2019, p. 17 islomiy maʼruzachi va arab tili oʻqituvchisi boʻlib, Nassau jamoat kollejida arab tili oʻqituvchisi boʻlib ishlagandan soʻng Bayyinah arab va Qurʼon tadqiqotlari institutiga asos solgan. U Iordaniya Qirollik Islom strategik tadqiqotlar markazi tomonidan dunyoning eng nufuzli 500 musulmoni qatoriga kiritilgan.
Yoshligi Noʻmon Xon 1978-yilning 4-mayida Germaniyada pokistonlik oilada tug‘ilgan va maktabgacha taʼlim-yillarini sobiq Sharqiy Berlinda o‘tkazganhttp://www.timeskuwait.com/Times_Nouman-Ali-Khan---The-Man--The-Mission-and-The-Media „Nouman Ali Khan — The Man, The Mission and The Media“, The Times Kuwait, 17 February 2015.. Keyin uning otasi Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahridagi Pokiston elchixonasida ishlagan, Xon u yerda 2-sinfdan 8-sinfgacha Pokiston elchixonasi maktabida tahsil olgan. Noʻmon Xon oʻsmirligida otasi oilasini Nyu-Yorkka koʻchirdihttp://www.arabnews.com/news/445647 Sameen Tahir Khan, „Nouman Khan: The one-man Qur’an movement“, Arab News, 22 March 2013..
Noqonuniy xatti-harakatlarda ayblovlar 2017-yil sentabrida Noʻmon Xon Seksting mojarosida ishtirok etgan va ruhiy zo‘ravonlikda va „ayollarni yashirin nikoh niqobi ostida jinsiy aloqaga kirishganlikda“ ayblangan. Xon oshkor bo‘lgan yozishmalar „kattalar xayrixohligida“ amalga oshgani va u ayollar bilan turmush qurish maqsadida gaplashgani, qolaversa ikki yil avval ajrashganligini aytdi.
Imom Mohamed Magid boshchiligidagi olti nafar taniqli musulmon ulamolari va akademiklari ayblovlar bo‘yicha o‘z tekshiruvlarini boshladilar va qo‘shma bayonot eʼlon qilib, Noʻmon Xon „biron bir mo‘minga, hatto Qur’oni Karim haqida taʼlim beruvchiga ham yarashmaydigan xatti-harakatlar qilgan“ deb taʼkidladilar. Noʻmon Xon bayonotning eʼlon qilinishiga toʻsqinlik qilishga uringan.
Noʻmon Xonga qarshi gapirgan baʼzi ayollar jiddiy qarshiliklarga duch kelishdi.
Nashrlar +Noʻmon Ali Xonning nashrlari SarlavhaOʻzbekchasi Tavsif Sana TilDivine Speech: Exploring Quran As LiteratureIlohiy nutq: Qurʼonni adabiyot sifatida oʻrganish Bayyinah nashriyoti 2016-yil 2016-yil InglizRevive Your Heart: Putting Life in PerspectiveYuragingizni jonlantiring: hayotga nazar solish Kube nashriyoti 2017-yil InglizBondhonBondXon Guardian nashri; 1-nashr ASIN: B07KV37PVR 2010-yil bengalArabic With HusnaHusna bilan arabcha Bir nechta jildlar InglizDirilt KalbiniDirilt Kalbini Timash Yayınlari (2017) turkchaRevive Your HeartYuragingizni jonlantiring Guardian nashri 2019 bengal
Manbalar
Turkum:1978-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:4-mayda tugʻilganlar Turkum:YouTuberlar Turkum:Din arboblari