Xalqaro gimnastika federatsiyasi ( yoki — sport gimnastika turlari federasiyasi. Dunyodagi eng qadimgi sport federasiyasi sanaladi.
Tarixi Ushbu tashkilot 1881-yil 23-iyulda Belgiya gimnastika assosiasiyasi prezidenti Nikolas Kuperus tashabbusi bilan Lejadagi (Belgiya)kongressda uchta davlat - Belgiya, Niderlandiya va Fransiya vakillarini birlashtirgan Yevropa gimnastika assosiasiyasi tashkil etildi. Shunday qilib, FIG eng qadimgi xalqaro sport federasiyasi hisoblanadi. Bora-bora a’zo mamlakatlar hududi kengayib boradi va Yevropa gimnastika assosiasiyasi kengayib, Xalqaro gimnastika federasiyasi (FIG) qayta tashkil etilfdi.
Gimnastika 1896-yilgi birinchi Olimpiada o‘yinlaridan buyon Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan. FIG Xalqaro Olimpiya yozgi sport turlari federasiyalari assosiasiyasining a’zosi va Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) tomonidan tan olinganМеждународная федерация гимнастики // Большая олимпийская энциклопедия: В 2 т. / Автор-составитель В. Л. Штейнбах. — М.: Олимпия Пресс, 2006..
Mazkur federasiya gimnastikachilarning chiqishlarini baholash qoidalarini belgilaydigan reglamentini ishlab chiqadi. Xalqaro gimnastika federasiyasiga yettita gimnastika yo‘nalishi bo‘lgan: sport gimnastikasi (erkaklar va ayollar), badiiy gimnastika, sport aerobikasi, sport akrobatikasi, batutda sakrash, parkur kiradi.
Manbalar
Havolalar
Xalqaro gimnastika federatsiyasi Turkum:Gimnastika Turkum:Sport tashkilotlari