Zulayho Bahriddinovna Mahkamova

Tarjimai holi 1968-yil 29-avgustda Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan.

Taʼlimi 1975-yili Yangiqoʻrgʻon tumanidagi 1-sonli maktabga oʻqishga kirib, 1986-yilda aʼlo baholar bilan oʻqishni tamomlagan, shundan soʻng 1986-yili Namangan davlat pedagogika institutini, Prezident huzuridagi Davlat va Jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyati Mehnat faoliyatini 1989-yilda Yangiqoʻrgʻon tumanidagi 1-maktab oʻqituvchisi sifatida boshlagan, 1998-yilga qadar xalq taʼlimi sohasida turli lavozimlarda mehnat qilgan (oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, boʻlim mudirasi, katta oʻqituvchi), 1998—2011-yillarda Yangiqoʻrgʻon tumani hokimining oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish masalalari boʻyicha oʻrinbosari etib saylanadi va keyinchalik xotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimida, soʻngra Fermer va dehqon xoʻjaliklari uyushmasi Yangiqoʻrgʻon tuman vakilligi, Fermerlar uyushmasi Yangiqoʻrgʻon tumani fermer xoʻjaliklariga xizmat koʻrsatish markazi direktori, Yangiqoʻrgʻon tumani hokimining oʻrinbosari – xotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan. 2011—2017-yillarda Namangan viloyati kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi raisi, 2017—2018-yillarda viloyati hokimi oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimlarida ishlagan.

Zulayho Mahkamova 2018-yil 24-apreldan Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari boʻlib ishlab kelgan va 2020-yildan 4-martdan boshlab Toʻraqoʻrgʻon tumani hokimi vazifasiga oʻtgan. U Oʻzbekistondagi beshinchi ayol hokim boʻldi.

2022-yil 1-martdan 2026-yil 10-iyul sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi sifatida ishlagan.

Oilasi Oilali, 2 nafar farzandi bor.

Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni — 2021-yil 4-mart.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston ayollari siyosatda Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar