Baek Ye-rin (koreyscha: 백예린; 1997-yil 26-iyunda tugʻilgan), Yerin Baek nomi bilan taniqli, janubiy koreyalik qoʻshiqchi va qoʻshiq muallifi. Baek Oʻzining nozik va shirali ovozi bilan omma eʼtiborini tortgan. 15& guruhining sobiq aʼzosi Baek 2015-yilda Frank mini albomi bilan yakkaxon ijrochi sifatida debyut qilgan. U 2015-yildan buyon Gaon Digital Chartining top 10 talikka kiruvchi sakkizta singliga ega. Qoʻshiqchi va qoʻshiq muallifi boʻlgan Baek oʻzining aksariyat qoʻshiqlari soʻzlarini yozgan. U odatda qoʻshiqlarini shaxsiy mavzularga toʻxtalib, oʻzining hayot tajribasidan kelib chiqib yozadi. Yakkaxon faoliyati bilan bir qatorda u Koreyaning The Volunteers rok guruhining bosh aʼzosidir. 2018-yildan boshlab ular bilan birga sahnalarda chiqishlar qilib keladi.
Faoliyati 2007-yilda SBS estrada shousining Amazing Contest Star King epizodida Baek Beyoncening „Listen“ qoʻshigʻini ijro etgan va „Contemporary R& dahosi“ nomini olgan. „10 yoshli ballada dahosi“ sifatida sahnada ijro etgan Baek Ye-rin aktyorlar va tomoshabinlarni lol qoldirgan. Star Kingda namoyishli chiqish qilganidan soʻng, Baek JYP Entertainment bilan shartnoma imzolashga qaror qilgan. U tinglov kuni „Listen“ qoʻshigʻini ijro etgan, va ikkinchi oʻrinni egallagan. U besh yil davomida (2007-2012) Janubiy Koreya va AQShda malaka oshirgan hamda oʻzining vokal isteʼdodi, pianino chalish mahorati va ingliz tilida ravon soʻzlay olgani uchun „daho qiz“ deb nom olgan
2021-yil 16-fevralda Baek 6 ta musiqadan iborat raqamli mini albomi tellusboutyourself (remikslar)ni chiqargan.
Uning The Volunteers guruhi 2021-yil 27-mayda oʻzining musiqasini SoundCloud va YouTube orqali taqdim etganidan soʻng, Blue Vinyl ostida oʻzining debyut albomini chiqargan.. Albom Oasis, Red Hot Chili Peppers va The Beatles kabi rok-ijrochilardan ilhomlanib yozilgan.
2021-yil 10-sentyabrda Baek 6 ta turli qayta talqindagi qoʻshiqlardan iborat Love,Yerin muqova albomini chiqargan.
Diskografiyasi
Singllari SarlavhaYilPeak Chart SotuvlarAlblomKORKOR Hot"Across the Universe" ()20157 rowspan="2" KOR: 1,116,655Frank"Bye Bye My Blue"20163 KOR: 2,500,000Albomsiz singl"Love You on Christmas"2242 KOR: 114,795"Maybe Itʼs Not Our Fault" ()201913 rowspan="11" Our Love Is Great"Suddenly" ()——Albomsiz singl"Popo (How Deep Is Our Love?)"2425Every Letter I Sent You"0310"3728"Square (2017)"11"Hate You"20205653Tellusboutyourself"0415"10872"Why Me?" ()202178—Love, Yerin"A Walk" ()26—"The Other Side" () 2022148—Albomsiz singl"Pisces" ()91—
Kliplar SarlavhaYilRejissor(lar)Havl."Across the universe" 2015 "Thatʼs why"2016L5M."Bye bye my blue"Kyle"Maybe Itʼs Not Our Fault" 2019INSP (KOINRUSH)"Popo (How deep is our love?)"a HOBIN film"0310""0415"2020"Hate you""I’ll be your family!"Tezo Don Lee(Tjoff Koong Studios London)"I’m in love"a HOBIN film"You’re so lonely now, so you need me back by your side again"mareykrap"Pisces" 2022Ga (KEEPUSWEIRD)
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1997-yilda tugʻilganlar Turkum:Janubiy Koreyalik ayol qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar