Christian Dannemann Eriksen (1992-yil 14-fevralda tugʻilgan) – daniyalik professional futbolchi, Premer liganing „Manchester United“ klubi va Daniya terma jamoasida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Eriksen oʻzining professional futbol faoliyatini 18 yoshida 2010-yilda „Ayaks“ jamoasida boshladi. U bu yerda uchta Erediviziya chempionligini va KNVB kubogini qoʻlga kiritdi. 2013-yilda Eriksen „Tottenxem“ jamoasiga 11 million funt sterling (12,45 million yevro) evaziga oʻtdi. Bu jamoadayoq u ikki marta klubning eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi, 2017-18-yilgi mavsumda PFA tomonidan yilning ramziy jamoasiga kiritildi va keyinchalik 2019-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi finaliga chiqishga erishdi. 2020-yilda Eriksen 19,7 million yevro (16,9 million funt sterling) evaziga „Inter“ jamoasiga oʻtdi va A Seriya chempionligini qoʻlga kiritdi.
2021-yil 12-iyunda UEFA Yevro-2020 oʻyini davomida Eriksen yurak toʻxtashi natijasida maydon yuzasiga yiqilib tushdi. Unga yurak-oʻpka reanimatsiyasi oʻtkazildi va keyinchalik implantatsiya qilinadigan kardioverter-defibrilyator oʻrnatildi. Sakkiz oydan soʻng u futbolga qaytdi va Premer-liga jamoasi „Brentford“ga oʻtdi. Keyingi mavsumda esa „Manchester Yunayted“ safiga qoʻshildi.
Eriksen terma jamoa safidagi debyutini 2010-yil 18 yoshida qilgan. Shu kungacha u Daniya terma jamoasi safida 110 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan boʻlib, jumladan toʻrtta yirik turnirda ishtirok etgan, 2010-yilgi futbol boʻyicha Jahon chempionatida ham eng yosh futbolchi boʻlgan.
Klubdagi faoliyati
Middelfart va Odense Daniyaning Middelfart shahrida tug‘ilgan Eriksen, otasi Tomasning izidan borib, mahalliy jamoa Middelfart G&BK akademiyasida futbol o‘ynashni boshlagan. Oʻsha paytlarda Eriksenning otasi ham Middelfart G&BK akademiyasi murabbiylardan biri edi va 2004-yilda ular yoshlar jamoasiga to‘rt yillik davr ichida uchinchi marta mahalliy yoshlar chempionatini mag‘lubiyatsiz yakunlashiga ko‘maklashdilar. Keyingi yili u Daniya yoshlar chempionatida Odense Boldklub jamoasiga qoʻshildi va bir yil ichida klubga chempionlikka erishishida oʻz hissasini qoʻshdi. Aynan Odense Boldklubda Eriksen oʻzining texnik qobiliyatini koʻrsata boshladi, dribling va jarima zarbalari texnikasi oʻsha paytdagi murabbiy Tonni Hermansen tomonidan olqishlandi. Uning yoshlar chempionatidagi harakatlari Yevropaning bir qator yirik klublari, jumladan, "Chelsea" va "Barselona"ning eʼtiborini tortdi. Oxir-oqibat Eriksen ikkala klubga ashadiy raqib boʻlgan, "Real Madrid", "Manchester United" va "Milan" bilan muzokaralar olib bordi, lekin „Ajax“ga oʻtishga qaror qildi va u shunday dedi: „Mening birinchi qadamim juda katta boʻlmasligi kerak. Gollandiyada oʻynash mening rivojlanishim uchun juda foydali boʻlishini bilardim. Men Ajaxga keldim va bu ajoyib variant edi“.
Ajax
2008-2010-yil yoshlar va asosiy jamoada 2008-yilning 17-oktyabrida Eriksen Amsterdamning „Ajax“ klubi bilan ikki yarim yillik shartnoma imzoladi. U „Ajax“da yoshlar jamoalarida oʻynadi va 2010-yilning yanvarida asosiy jamoa tarkibiga qoʻshildi, u yerda unga 51-raqamli futbolka berildi. Oʻsha oyning oxirida u Erediviziyada NAC Breda bilan (1:1) oʻtgan oʻyinda oʻzining debyutini oʻtkazdi.
Tottenham Hotspur
2013-2016-yil Premer ligaga kelish va Liga kubogida 2-oʻrin 2013-yilning 30-avgustida Premer liga klubi „Tottenham“ Eriksenni „Ajax“dan 11 million funt sterlingga (12,45 million yevro) transfer qilganini eʼlon qildi. Eriksen klubga „Roma“dan kelib qoʻshilgan Erik Lamela va „Steaua București“dan kelib qoʻshilgan Vlad Chiricheș bilan bir kunda jamoaga kelib qoʻshildi. U 14-sentabr kuni „Norwich City“ga qarshi ligadagi debyutini oʻtkazdi va 2:0 hisobidagi gʻalabada Gylfi Sigurðssonga assistentlik qildi. Oʻyindan soʻng „shporlar“ bosh murabbiyi André Villas-Boas shunday dedi: „Bu Christian uchun ajoyib debyut boʻldi, u jamoadagi munosib 10-raqam egasi, kreativ oʻyinchi va uning individual mahorati hamma narsani oʻzgartirdi“.
Besh kundan soʻng, Eriksen darvozabon ustidan oshirib ajoyib zarba yoʻlladi va oʻzining birinchi „Tottenham“ safidagi golini urdi va Yevropa ligasida Tromsø IL ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Inter Milan 2020-yilning 28-yanvarida „Tottenham“ bilan shartnomasi olti oydan soʻng nihoyasiga yetadigan Eriksen A Seriyaning „Inter“ klubi bilan toʻrt yarim yillik shartnoma imzoladi, klub unga mavsum uchun 10 million yevro toʻlashga kelishildi. Ertasi kuni u klubdagi debyutini oʻtkazdi va Italiya kubogi chorak finalida „Fiorentina“ ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda Aleksis Sanchesning oʻrniga ikkinchi boʻlimda maydonga tushdi. 20-fevral kuni Eriksen Yevropa ligasi doirasidagi „Ludogorets Razgrad“ ustidan mehmonda 2:0 hisobida gʻalaba qozonib, klub safidagi ilk golini kiritdi. U A Seriyadagi ilk golini 1-iyul kuni Brescia qarshi oʻyinda (6:0) kiritdi. 21-avgust kuni Eriksen 2020-yilgi Yevropa ligasi finalida „Inter“ning „Sevilya“ga qarshi oʻyinida (2:3) maydonga tushdi va UEFAning joriy ikki yirik musobaqalarida ketma-ket ikki finalda magʻlub boʻlgan birinchi futbolchiga aylandi. Bir yil avval „Tottenham“ bilan 2019-yilgi Chempionlar ligasi finalida magʻlub boʻlgan edi.
Brentford 2022-yil 31-yanvarda Eriksen Premer liga klubi Brentford bilan olti oylik shartnoma imzoladi.
Manchester United 2022-yilning 15-iyulida „Manchester United“ Eriksen bilan 3 yillik shartnoma imzolash boʻyicha kelishuvga erishganini eʼlon qildi. 2022-yil 28-iyulda uning 14-raqamda toʻp surishi tasdiqlandi. 7-avgust kuni Eriksen Premer ligada „Brighton & Hove Albion“ga qarshi oʻz uyida 2:1 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda klubdagi debyutini oʻtkazdi. U klubda oʻzining birinchi golli uzatmasini ligada raqibi „Arsenal“ ustidan 3:1 hisobida amalga oshirgan va Marcus Rashfordning ikkinchi goliga assistentlik qildi.
Terma jamoadagi faoliyati Eriksen birinchi marta Daniya terma jamoasiga chaqiruvini 2010-yil fevral oyida oldi, mart oyida Daniyaning Avstriyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qildi, Daniyaning toʻrtinchi eng yosh terma jamoadagi Maykl Laudrupdan keyingi eng yosh debyutanti boʻldi.
2010-yil 28-may kuni Daniya terma jamoasi bosh murabbiyi Morten Olsen Eriksen 2010-yilda Janubiy Afrikada boʻlib oʻtgan futbol boʻyicha Jahon chempionatida ishtirok etuvchi 23 kishidan iborat yakuniy tarkibga kirishini eʼlon qildi. U turnirda qatnashgan eng yosh futbolchi edi. Jahon chempionatida Eriksen Gollandiya va Yaponiyaga qarshi ikkita oʻyin oʻtkazdi, ammo Daniya guruh bosqichidan chiqa olmadi.
2018-yilgi Jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayonida Daniya Polsha va Ruminiya bilan bir qatorda UEFA E guruhidan joy oldi. Eriksen milliy terma jamoa saralashida muhim rol oʻynadi va shu vaqt ichida u sakkizta gol urib, Daniyani Irlandiya Respublikasiga qarshi pley-offga olib chiqdi.
UEFA Yevro-2020 turnirida yurak xuruji Eriksen Daniya terma jamoasining 2021-yil 25-may kuni Yevro-2020 uchun terma jamoasiga kiritildi. 12-iyun kuni Kopengagendagi „Parken“ stadionida Daniya va Finlandiyaga qarshi guruh bosqichining dastlabki oʻyinida Eriksen 42-daqiqada toʻpni yon chiziqdan maydonga kiritmoqchi boʻlganida yiqilib tushdi. Shoshilinch tibbiy yordam zudlik bilan yetib keldi va Eriksen zambilda maydondan chiqarildi, oʻyin toʻxtatilishidan oldin, maydonda yurak-oʻpka reanimatsiyasi va defibrilatsiyasi amalga oshirildi. Hodisadan taxminan bir soat oʻtgach, UEFA va Daniya futbol assotsiatsiyasi (DBU) rasmiylari Rigshospitalet kasalxonasidan Eriksenning ahvoli barqarorlashganini tasdiqlashdi. Oʻsha oqshom oʻyin davom etdi va natijada Finlandiya 1:0 hisobida gʻalaba qozondi. Eriksen UEFA tomonidan oʻyinning eng yaxshi futbolchisi sifatida tanlandi. Daniya terma jamoasi bosh murabbiyi Kasper Hjulmand va jamoa shifokori Morten Boesen oʻyin davom etganidan afsusda ekanliklarini bildirishdi.
Ertasi kuni Boesen Eriksenning yurak xurujiga uchraganini tasdiqladi. 15-iyun kuni Eriksen oʻzining ijtimoiy tarmoqlariga kasalxonada tushgan suratini qisqacha bayonot bilan joylashtirdi va u ayni vaqtda yaxshi ekanini taʼkidladiInstagram post from 15 June 2021. 18-iyun kuni DBU Eriksen muvaffaqiyatli operatsiya qilinganligini va Rigshospitaletdan chiqarilganini eʼlon qildi.
2022-yilda xalqaro futbolga qaytish Eriksen 2022-yil 26-mart kuni Gollandiyaga qarshi oʻyinda 4:2 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda tanaffusdan maydonga tushdi va qaytishi bilanoq 2 daqiqa oʻtib gol urdi.
Oʻyin uslubi Jahon futbolida Christian Eriksen asosan „klassik oʻninchi raqam egasi“ deb taʼkidlanadi. Eriksenning maydondagi pozitsiyasi – maydon markazida hujumchilar orqasida hujumkor yarim himoyachi sifatida erkin oʻynash. Ammo, u taktik jihatdan koʻp qirrali oʻyinchi, u markaziy yarim himoyachi yoki 4-3-3 tizimida ham oʻynashga qodir (xuddi „Ajax“dagi birinchi yillarida boʻlgani kabi)va 4-2-3-1 sxemasida oʻng qanot yarimhimoyachisi sifatida., u baʼzida chap qanotda yoki ikkinchi hujumchi sifatida ham oʻynatilgan.
Koʻrish qobiliyati, uzoq masofani bosib oʻtishi, himoyani kesib oʻtishning aniqligi, toʻplarni yetkazib berish, ijodkorlik, texnik koʻnikmalar, harakat va oʻyinni oʻqish qobiliyati, shuningdek, yaxshi muvozanat va maydonga moslashish qobiliyatiga ega boʻlgan kamyob futbolchi. Eriksen oʻz qobiliyati bilan ekspertlar tomonidan yuqori baholanadi. U oʻz isteʼdodidan tashqari, maydondagi mehnatkashligi va aql-zakovati bilan ham tanilgan. U, shuningdek, jarima zarbalaridan gol urishga, tabiiy ravishda oʻng oyoqli futbolchi boʻlishiga qaramay, ayniqsa, uzoq masofadan turib toʻpni ikki oyogʻi bilan kuchli va aniq zarba berish qobiliyati bilan mashhur.
Oʻyin uslubi, millati tufayli ekspertlar uni yoshligida vatandoshlari Maykl va Brayan Laudrup, shuningdek, Wesley Sneijder va Rafael van der Vaartga oʻxshatishadi. Eriksen ham oʻzining kumiri sifatida Francesco Tottini tilga oladi.
Shaxsiy hayoti Eriksen yoshligidan sevgan qizi Sabrina Kvist Jensen bilan turmush qurdi. Ularning ikki farzandi, bir oʻgʻli va bir qizi bor. Eriksenning singlisi Luiza Eriksen ham futbolchi boʻlib, Elitedivisionenda KoldingQ jamoasida toʻp suradi va uning sardori hisoblanadi.
Yutuqlari
Ajax
Eredivisie: 2010-11, 2011-12, 2012-13 KNVB kubogi: 2009-10 Johan Cruyff Shield: 2013
Tottenham Hotspur
Football League Cup 2-oʻrin: 2014-15 UEFA Chempionlar ligasi 2-oʻrin: 2018-19
Inter Milan
Serie A: 2020-21 UEFA Yevropa ligasi 2-oʻrin: 2019-20
Individual sovrinlari
Ajax „Kelajak isteʼdodi“ (Sjaak Swart mukofoti): 2010 Ajax yilning eng yaxshi iqtidori (Marko van Basten mukofoti): 2011 Daniya U-17 yilning eng yaxshi iqtidori: 2008 Daniyada yilning eng yaxshi iqtidori: 2010, 2011 Johan Cruyff kubogi: 2011 Gollandiyalik yilning eng yaxshi futbolchisi bronza butsasi: 2012 Daniyada yilning eng yaxshi futbolchisi: 2013, 2014, 2015, 2017, 2018 TV2 va DBU tomonidan Daniyadagi yilning eng yaxshi futbolchisi: 2011, 2013, 2014, 2017 Yilning PFA jamoasi aʼzosi: 2017-18-yil Premer liga „Tottenham“ning eng yaxshi futbolchisi: 2013-14, 2016-17 UEFA Chempionlar ligasining mavsumdagi eng yaxshi yarim himoyachisi 2-oʻrin: 2018-19 Premer-ligada oyning eng chiroyli goli: 2018-yil aprel FIFA FIFPro World11 nomzodi: 2019 (14-yarim himoyachi orasida)
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Daniyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Middelfart Boldklub futbolchilari Turkum:AFC Ajax futbolchilari Turkum:Tottenham Hotspur F.C. futbolchilari Turkum:Inter Milan futbolchilari Turkum:Brentford F.C. futbolchilari Turkum:Manchester United F.C. oʻyinchilari Turkum:Eredivisie futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2010 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2012 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari Turkum:FIFA erkaklar markaziy klubi Turkum:Daniyalik muhojir erkak futbolchilar