Kurt Roland „Kurre“ Hamrin (1934-yil 19-noyabrda tugʻilgan) — Shvetsiyalik sobiq professional futbolchi, qanot himoyachisi. Faoliyatini oʻz mamlakatida AIKda boshlagan, biroq keyinchalik Italiyaning bir qancha klublarida, xususan, „Fiorentina“ da oʻynagan, ular bilan toʻqqiz yil davomida ikki marta Italiya kubogi, Kubok egalari kubogi va Mitropa kubogini qoʻlga kiritgan. U jamoada 350dan ortiq oʻyinda maydonga tushgan. Klub uchun va barcha musobaqalarda 200 dan ortiq gol urgan. Koʻp gol urgan futbolchi hozir 190 ta gol bilan Italiya A seriyasida eng koʻp gol urish boʻyicha sakkizinchi oʻrinni egallab turibdi.

Klub darajasidagi muvaffaqiyatidan tashqari, Hamrin xalqaro miqyosda ham muvaffaqiyatli faoliyat olib borgan va 1958-yilda oʻz maydonida FIFA Jahon chempionati finaliga chiqqan Shvetsiya terma jamoasi aʼzosi boʻlgan. U odatda barcha zamonlarning eng buyuk shved futbolchilaridan biri, shuningdek, Fiorentinaning eng buyuk oʻyinchilaridan biri sifatida qabul qilinadi.

Klubdagi faoliyati Hamrin dastlab 1952-53-yilgi mavsumda qoʻshilgan Shvetsiyaning AIK jamoasida oʻynagan. Keyin u 1956-yilda Italiyaning „Yuventus“ jamoasiga qoʻshilgan va u yerdagi bir mavsumda 23 oʻyin oʻtkazib, sakkizta gol urgan. Oʻsha bir mavsumdan soʻng u Padovaga ijaraga oʻgani va u yerda 30 oʻyinda 20ta gol urgan. U yerda yana bir mavsum qolgan, ammo 1958-yilda „Fiorentina“ga sotib yuborilgan, u yerda 1967-yilgacha qolib, A Seriyada 289 ta oʻyin oʻtkazib, 150 ta gol urgan. „Fiorentina“da boʻlganida u 1961 va 1966-yillarda Italiya kubogini, shuningdek, 1960-61-yillarda Yevropa kubogi gʻoliblari kubogini qoʻlga kiritgan (oltita gol bilan musobaqani eng yaxshi toʻpurar sifatida yakunlagan, shu jumladan, finalning javob oʻyinida bitta gol urgan). Hamrin „Fiorentina“ tarixidagi eng zoʻr oʻyinchilaridan biri sifatida qabul qilinadi va 208 ta gol bilan jamoaning barcha vaqtlardagi eng koʻp gol urgan futbolchisi hisoblanadi. U 1967-yilda "Milan" ga kelib qoʻshilgan va u yerda ikki mavsum oʻynagan. 1968-yilda liga chempionligini qoʻlga kiritgan. 1968-yilgi Yevropa kubogi gʻoliblari kubogi finalida Gamburgni 2:0 hisobida magʻlub etgan. Milan uchun ikkala golni ham urgan. Keyingi mavsumda jamoa yevrokuboklarni qoʻlga kiritgan . Uning soʻnggi Italiya klubi " Napoli " boʻlib, u 1969-yilda „Milan“dan borib Neapolliklarga qoʻshilgan. 1971-yilda u Shvetsiyaga qaytib, 1972-yilda nafaqaga chiqishdan oldin Stokgolm IFK uchun bir mavsum oʻynagan.

Xalqaro faoliyati Hamrin 1953—1965-yillarda Shvetsiya terma jamoasi safida 32 marta maydonga tushib, 17 ta gol urgan. Koʻpchilik shvedlar uni 1958-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionati yarim finalida Gʻarbiy Germaniya darvozasiga oʻz maydonida urgan goli bilan yaxshi eslashadi. Ushbu gol Shvetsiyaga 3:1 hisobida gʻalaba qozondi va Braziliyaga qarshi final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi, ammo finalda 5:2 hisobida magʻlub boʻlgan.

Nafaqaga chiqqandan keyin Futbolchi sifatida nafaqaga chiqqandan soʻng, Hamrin oilasi bilan Florensiyaga koʻchib oʻtgan va u hozir ham u yerda yashaydi. U 1998-yildan 2008-yilgacha „Milan“da skaut sifatida ham ishlagan. thumb|200x200px| Hamrin 2015-yil iyul oyida C More Sweden tomonidan olingan intervyuda.

Faoliyat statistikasi

Xalqaro +Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar Milliy terma jamoa YilOʻyinGol Shvetsiya 1953 3 1 1954 8 5 1955 9 4 1956 0 0 1957 0 0 1958 5 4 1959 0 0 1960 0 0 1961 0 0 1962 1 0 1963 1 0 1964 3 3 1965 2 0 Jami 32 17 +№SanaJoyRaqibNatijaHisobMusobaqaMan115.11.1953Nepstadion, Budapesht, Vengriya2-22-2Oʻrtoqlik204.06.1954Gamla Ullevi, Gothenburg, Shvetsiya5-06-0Oʻrtoqlik307.06.1954Råsunda Stadium, Solna, Shvetsiya3-03-0Oʻrtoqlik415.08.1954Helsinki Olympic Stadium, Helsinki, Finlandiya1-010-11952-55 Nordic Football Championship59-1610-1715.06.1955Gamla Ullevi, Gothenburg, Shvetsiya2-04-1Oʻrtoqlik84-0916.10.1955Parken Stadium, Copenhagen, Daniya3-33-31952-55 Nordic Football Championship1020.11.1955Estadio Nacional, Lisbon, Portugaliya1-06-2Oʻrtoqlik1112.06.1958Råsunda Stadium, Solna, Shvetsiya1-02-11958 FIFA Jahon kubogi122-01319.06.1958Råsunda Stadium, Solna, Shvetsiya1-02-01958 FIFA Jahon kubogi1424.06.1958Ullevi, Gothenburg, Shvetsiya3-13-11513.05.1964Råsunda Stadium, Solna, Shvetsiya1-11-11964 Yevropa mamlakatlar kubogi chorak final1627.05.1964Lenin Stadium, Moscow, SSSR2-13-11964 Yevropa mamlakatlar kubogi chorak final1704.11.1964Olympiastadion, Munich, Germaniya1-11-11966 FIFA Jahon kubogi Saralash

Yutuqlar Fiorentina

UEFA kubogi egalari kubogi : 1960-61 Mitropa kubogi : 1966-yil Italiya kubogi : 1960-61, 1965-66

AC Milan

Yevropa kubogi : 1968-69 UEFA Kubogi egalari kubogi: 1967-68 A seriya : 1967-68

Shvetsiya

FIFA Jahon kubogi gʻolibi: 1958-yil

Shaxsiy yutuqlar

Allsvenskan toʻpurari : 1954-55 UEFA Kubogi egalari kubogi toʻpurari : 1960-61 (6 gol) FIFA XI : 1967 UEFA prezidenti mukofoti : 2014 ACF Fiorentina shon-sharaf zali : 2012 Fiorentina barcha vaqtlar XI „Fiorentina“ tarixidagi eng yaxshi toʻpurar

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Shvetsiyalik erkak futbolchilar Turkum:AIK Fotboll futbolchilari Turkum:Juventus FC futbolchilari Turkum:Calcio Padova futbolchilari Turkum:ACF Fiorentina futbolchilari Turkum:AC Milan futbolchilari Turkum:SSC Napoli futbolchilari Turkum:IFK Stockholm futbolchilari Turkum:Allsvenskan futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Shvetsiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:1958-yilgi FIFA Jahon chempionati oʻyinchilari