Universitetlar xalqaro assotsiatsiyasi (IAU) oliy taʼlim sohasida faoliyat yurituvchi nodavlat tashkilotdir. U 130 ga yaqin davlatdagi 650 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari va tashkilotlarini oʻz ichiga oladi. IAU YUNESKOning rasmiy hamkori hisoblanadi. IAU kotibiyati Parijda, YUNESKO shtab-kvartirasida joylashgan.
Tarixi Universitetlar xalqaro assotsiatsiyasi1950-yil 9-dekabrda Nitssa shahrida boʻlib oʻtgan Xalqaro universitetlar konferensiyasida YUNESKO shafeligida tashkil etilgan. Uning maqsadi butun dunyo boʻylab oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi hamkorlikni ragʻbatlantirish edi va shunday boʻlib qoladi.
Boshqaruv Universitetlar xalqaro assotsiatsiyasning boshqaruv organlari Bosh assambleya va boshqaruv kengashi hisoblanadi. Kotibiyat boshqaruv organlari tomonidan qabul qilingan strategiyani amalga oshiradi.
Aʼzolar 2022-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Xalqaro Universitetlar Assotsiatsiyasi dunyoning 130 ga yaqin davlatida 600 dan ortiq aʼzolarni (muassasalar, tashkilotlar, filiallar va assotsiatsiyalar) oʻz ichiga oladi.
Manbalar
Havolalar
Veb-sayt Jahon oliy taʼlim maʼlumotlar bazasi Oliy taʼlim boʻyicha xalqaro bibliografik maʼlumotlar bazasi Barqaror rivojlanish uchun oliy taʼlim va tadqiqotlarni ilgari surish uchun IAU Global portali Afrikada doktorlik taʼlimiga innovatsion yondashuvlarni targʻib qilish uchun IAU portali